Kalandarova Munojatning "Dastlabki hujjatlashtirish"
Xo'jalikni tashkil etish hujjatlari
Download 0.74 Mb.
|
JASIRIN BUNKER Dastlabki hujjatlashtirish
Xo'jalikni tashkil etish hujjatlari. Fermer xo'jaligini yuritish istagini bildirgan fuqarolar, birinchi navbatda, «Fermer xo'jaligi to'g'risida»gi Qonunda belgilab berilgan tartibda uzoq muddatli ijaraga yer uchastkasi ajratishni so'rab qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) boshqaruvi nomiga ariza beradilar. Bunda arizalarni berish va ko'rib chiqish qishloq xo'jaligi ekinlarini yig'ib olish tugagan vaqtga to'g'ri kelishi maqsadga muvofiqdir.
Fuqaroning arizasi va umumiy majlis qarori fermer xo'jaligining biznes-rejasi bilan birga tuman hokimiga yuboriladi. Ushbu hujjatlar tuman hokimi tomonidan besh kun muddatda yer uchastkalarini berish masalalarini ko'rib chiquvchi tuman komissiyasiga xulosa berish uchun topshiriladi. Komissiya o'n besh kun muddatda hujjatlar bilan tanishib chiqadi va bo'lajak fermer bilan suhbat o'tkazadi hamda ijaraga yer berish muvofiqligi yoki muvofiq emasligi haqida xulosa tayyorlaydi. Xulosani yuqoridagi hujjatlar bilan birga tuman hokimiga taqdim etadi. Tuman hokimi o'n besh kun muddatda taqdim qilingan hujjatlarni ko'rib chiqib, fermer xo'jaligi yuritish uchun fuqaroga yer uchastkasi berish to'g'risida qaror tayyorlaydi. Tuman hokimining tavsiyasi bilan viloyat hokimiyatida tuzilgan komissiyaga yuboriladi. Komissiya xulosasiga asosan, tuman hokimi qaror chiqaradi. Tuman hokimi qaror qabul qilgandan so'ng, o'n kun muddat ichida hokimiyatning yer tuzish va yerdan foydalanish xizmati bilan fermer xo'jaligi boshlig'i o'rtasida yer ijarasi shartnomasi tayyorlanib, imzolanishi lozim. Shartnoma imzolangandan so'ng, o'n kun muddatda tuman bosh yer tuzuvchisi va shirkat xo'jaligi vakili fermer uchun ajratilgan yerni ko'rsatadi va uch nushadagi dalolatnoma bilan tasdiqlaydi. Fermer xo'jaligi tuman hokimligida davlat ro'yxatidan o'tadi. Buning uchun Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi Qaroriga muvofiq, ushbu toifadagi xo'jaliklar tuman hokimligiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim: 1. Ariza. 2. Qishloq xo'jaligi kooperativi (shirkat xo'jaligi) umumiy yig'ilishining yoki boshqa qishloq xo'jaligi korxonasi oliy boshqaruv organi yoki ish beruvchi (ma'muriyati) ning fermer xo'jaligini tashkil etish to'g'risidagi qarori. 3. Notarial tasdiqlangan Nizomning ikkita asl nushasi. 4. Davlat boji yoki ro'yxatdan o'tish to'lovi to'langanligi to'g'risida bank to'lov hujjati (eng kam ish haqining besh barobari miqdorida). 5. Vakolatli shahar (tuman) hokimiyati organlari tomonidan berilgan xo'jalik nomini tasdiqlovchi hujjat. 6. Hokimiyat qarori bilan tashkil etilgan tanlov komissiyasining yer uchastkasi berish haqidagi qarori, ishlab chiqarishni tashkil etishning biznes-rejasi nushalari. 7. Muhr va shtampning uch nushadagi eskizi. Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling