Kalendar ish rejasining bajarilishi 2022-2023 o’quv yili uchun yarim yillik hisobot O’zlashtirish darajasi


Sentabr oyida qilingan ilmiy tadqiqot ishlari –


Download 67 Kb.
bet2/4
Sana11.03.2023
Hajmi67 Kb.
#1258446
1   2   3   4
Bog'liq
2-kurs. Yarim yillik hisobot

3.2. Sentabr oyida qilingan ilmiy tadqiqot ishlari – 2022 - 2023 o‘quv yilining sentyabr oyida ilmiy – tadqiqot ishi doirasida “Sovet hukumatining O’zbekistondagi 1925-1929 yillardagi yer-suv siyosati masalalarining tarixshunosligi” mavzusidagi magistrlik dissertatasiyasi doirasida yangi kerakli materiallar doirasini kengaytirish va chuqurroq o’rganish maqsadida Toshkent O’zbekiston Milliy Kutubxonasida faoliyat olib borildi.
3.3. Oktabr oyida qilingan ilmiy pedagogik ishlar – Oktabr oyida kafedra professor o’qituvchilari tomonidan talablar bilan ishlash va interfaol o’qitishning asosiy yo’nalishlari borasida menga atroflicha malumotlar berildi. Olingan bilim va ko’nikmalarni yanada rivojlantirish maqsadida fakultetning yetakchi professor o’qituvchilarning ma’ruza va seminarlarida ishtirk etildi.
3.4. Oktabr oyida qilingan ilmiy tadqiqot ishlari
2022 - 2023 o‘quv yilining oktabr oyida ilmiy – tadqiqot ishi doirasida “Sovet hukumatining O’zbekistondagi 1925-1929 yillardagi yer-suv siyosati masalalarining tarixshunosligi” mavzusidagi magistrlik dissertatasiyasi doirasida ilmiy maqola tayyorlash maqsadida kerakli ilmiy adabiyotlarni to’plash va maqolaning asosiy mazmun mohioyati borasida ilmiy rahbar bilan maslahatlashuvlar o’tkazildi. Magistrlik dissertatsiyasining uchinchi bobini boshlash uchun ilmiy rahbar bilan kelishildi.


3.5. Noyabr oyida bajarilgan Ilmiy-tadqiqot ishlari
Noyabr oyida Ilmiy rahbar t.f.n.prof. Z.A.Saidboboyev bilan 3-bobning reʻjasining birinchi va ikkinchi paragrflari qayta tekshirilib, kelishib olindi. Magistrlik dissertatsiyasi doirasida kelasi noyabr oyida “Talqin va tadqiqotlar” ilmiy jurnalining 12-sonida “O’zbekistonda amalga oshirilgan yer-suv islohoti (1925-1929 yillar) tarixshunosligi sovet tarixchilari nigohida” nomli ilmiy maqola e’lon qildim. Maskur maqolada Sovet hukumatining O’zbekiston SSRda amalga oshrilgan yer-suv islohotining ikkinchi bosqischining sovet davri tarixchilari tomonidan o’rganilishi borasida qarashlarimni ilmiy asosda e’lon qildim.
Magistrlik dissertatsiyasining uchinchi bobini ishlab chiqish yuzasidan kerakli maslahatlar qilindi. Kafedra oʻqituvchilari va ilmiy rahbar bilan kelishilgan holda “1925-1929-yillarida oʻzbek qishloqlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar” deb nomlash haqida qaror qabul qilindi. Kafedra oʻqituvchilaridan dars mashgʻulotlarini oʻtish boʻyicha konsultatsiyalar olindi. Arxivshunoslik yoʻnalishi talabalarining seminar mashgʻulotlariga kirildi. Ustozlarning dars jarayonlarida bevosita qatnashildi. Ularning dars oʻtish uslublari bilan tanishib, kerakli jihatlarini qayd etib qoʻyildi.
2022 - 2023 – oʻquv yilining noyabrbr oyida ilmiy –tadqiqot ishi doirasida “Sovet hukumatining Oʻzbekistondagi 1925-1929 yillardagi yer-suv siyosati masalalarining tarixshunosligi” mavzusidagi magistrlik dissertatasiyasi doirasida kerakli materiallarni chuqurroq oʻrganish maqsadida Toshkent Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasida faoliyat olib borildi.

Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling