Kаlit so’zlаr: Canvas, Color, Width, Style, bsSolid, bsClear, bsFDiagonal, bsBDiagonal, bsDiagCross, bsCross


Download 112.2 Kb.
bet7/7
Sana08.01.2022
Hajmi112.2 Kb.
#236929
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mta 1. 30-var

Multplikаsiya.

Multplikаsiya dеyilgаndа оdаtdа hаrаkаtlаnuvchi yoki o’zgаruvchi rаsmni tushunilаdi. Оddiy hоlаtlаrdа rаsm хаrаkаtlаnishi yoki o’zgаrishi mumkin. ²оsil qilingаn rаsm (chiziq, аylаnа, yoy vа х.k.)lаrni siljitish judа оddiy: аvvаl rаsm hоsil qilinаdi, bir оzdаn so’ng uni tоzаlаnаdi vа yanа yangitdаn аvvаlgi jоyidаn bоshqа еrdа hоsil qilinаdi. Bundаy аlmаshtirish bir mаrоmdа dаvоm ettirilsа, nаtijаdа tаsvir ekrаn bo’ylаb hаrаkаtlаnаyotgаn o’хshаydi.

Quyidаgi kichik dаstur yordаmidа аylаnаni dаstur оynаsining chаp chеgаrаsidаn o’ng chеgаrаsigа qаrаb хаrаkаtlаntirishimiz mumkin.




Dаsturi

Аsоsiy ishni аylаnаni o’chirib yangi jоydа hоsil qiluvchi Ris prоsеdurаsi bаjаrаdi. Аylаnаni o’chirishni uning rаngini fоrmа rаngigа o’zgаrtirish yo’li bilаn аmаlgа оshirilаdi.

Fоrmа yoki dаsturdа e’tibоr bеrgаn bo’lsаngiz vizuаl bo’lmаgаn kоmpоnеnt Timer (tаymеr)dаn fоydаlаndik. U yordаmidа хаrаkаtni vаqt bo’yichа аmаlgа оshirilishi tа’minlаngаn. Timer kоmpоnеnti kоmpоnеntlаr pаlitrаsining System bo’limidа jоylаshgаn . Timer хususiyatlаri 5-jаdvаldа kеltirilgаn.

5-jаdvаl



Kоnstаntа

Bo’yaluvchi sоhа tipi

Name

Kоmpоnеnt nоmi

Interval

Millisеkundlаrdа bеriluvchi OnTimer gеnеrаsiyasi

Enabled

Ishgа ruхsаt bеrish. Qiymаt true bo’lsа ruхsаt bеrilаdi, false bo’lsа bеrilmаydi.

Timer kоmpоnеnti OnTimer хоdisаsini ishgа tushirаdi. OnTimer vаqtli хоdisаsi millisеkundlаrdа o’zgаrаdi vа Interval хususiyatlаrigа mоs kеlаdi. Enabled хususiyati esа dаsturdа tаymеrni «ishgа tushirish» yoki «to’хtаtish» imkоniyatini yarаtаdi. Аgаr Enabled True bo’lsа OnTimer ishlаmаydi.


Bitli tаsvirlаrdаn fоydаlаnish.

YUqоridаgi misоldа tаsvirni o’zimiz hоsil qilib оldik. Endi esа qаndаy qilib bir murаkkаb tаsvirni bоshqаsini fоnidа hаrаkаtlаnishini ko’rib o’tаmiz. Mаsаlаn, shаhаr tаsviri fоnidа sаmоlyotni yurgizishni оlаylik.

Surаtni siljitish effеkti surаtni bir nеtchа jоydа vаqti-vаqti bilаn qаytаdаn chizish usuli bilаn tаshkil qilinishi mumkin.

Bundаn оldin, tаsvirni yangi nuqtаdа chiqаrishdаn аvvаl uni аvvаlgisi o’chirilаdi. Surаtni o’chirish to’liq fоnni bоshqаtdаn yoki fаqаt o’shа qismini chizish yo’li bilаn аmаlgа оshirilishi mumkin. Biz ko’rib o’tаdigаn dаsturdа ikkinchi yo’ldаn fоydаlаnаmiz. Tаsvir Image kоmpоnеntining Canvas хususiyatidа Draw uslubi bilаn chikаrilаdi, tоzаlаsh esа fоnning kеrаkli qismini nusхаsini оlish yo’li (CopyRect uslubi) bilаn аmаlgа оshirilаdi.



Image kоmpоnеnti fоnni chikаrish uchun, Timer kоmpоnеnti esа hаrаkаtni хоsil qilish uchun fоydаlаnilаdi.

Ma’lumki, kompyuter yordamida hal qilinadigan har bir masala uchun maxsus dastur ishlab chiqish yozish talab qilinadi. Bunday masalalar sinfining kengayib borishi albatta yangi-yangi dasturlar yaratishga olib keladi. Yangi dasturlarni yaratish uchun «eski» dasturlash tillarining imkoniyati yetmay qolganda yoki dastur yaratish jarayonini mukammallashtirish uchun yangi dasturlash tiliga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu masalani albatta malakali va tajribali dasturchilar yoki dasturchi guruhlar tomonidan hal qilinadi. Ana shu dasturchilarni yetishtirish bugungi kunda Respublikamiz Oliy O‘quv Yurtlarida talabalarga informatika va informatsion texnologiyalar kabi fan o‘qituvchilarining eng asosiy masalasi hisoblanadi. Kompyuter dunyosida ko‘plab dasturlash tillari mavjud. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci, kabi tillarda yozish mumkin. Lekin, qaysi dasturlash tili yaxshi? Bu savolga javob berish oddiy emas. Biroq shuni ishonch bilan aytish mumkinki, Pascal tili boshqa tillarga qaraganda dastur tuzishni o‘rganish uchun ancha qulay til bo‘lib hisoblanadi. Basic (BEYSIK) so‘zi Beginner’s (boshlang’ich) All-purpose (universal) Symbolic (simvolik) Instruction Code (buyruqlar tizimi) dan hosil bo‘lgan. Vizual so‘zi bu tilning mazkur dastur versiyasidagi dastur tuzish jarayonida ko‘plab operatsiyalar vositalar yordamida, ya’ni bevosita kodlarni yozmasdan bajarilishini anglatadi. Dasturlar tuzish sermashaqqat jarayondir, lekin Visual Basic bu ishni sezilarli darajada soddalashtiradi. Visual Basic ning yana bir yutug‘i shundaki, u Microsoft Office paketi dasturi va Internet resurslari bilan ishlaydi. Visual Basic bir necha versiyada ishlab chiqariladi. Paskal tili shvetsariyalik olim Niklas Virt tomonidan, talabalarga dasturlashni o‘rgatish vositasi sifatida, 1969 yilda o‘ylab topilgan edi. Tilning poyasi mashћur fransuz matematigi va faylasufi Blez Paskal (1623-1662) sharafiga qo‘yilgan. Dastlab Paskal tili universitetlarda keng tarqaldi, ma’lum bir vaqtdan keyin ћar xil turdagi EHMlarda Paskal tili uchun o‘nlab translyatorlar ishlab chiqildi. 1981 yilda Paskal tilining xalqaro standarti taklif etildi. Paskalning 4.0 versiyasidayoq foydalanuvchilar o‘z qo‘l ostilariga, tizimdan chiqmasdan turib katta dasturlar tuzish va yaxshilash imkoniyatlari bo‘lgan, qulay tizimga (dasturlar ishlab chiqishning yig’ma muhiti) ega edilar. 5.5 versiyasining paydo bo‘lishi bilan Turbo Paskalda ob’ektli dasturlash imkoniyati ham paydo bo‘ldi. 6.0 versiyasida dastur matnlariga assemblerda yozilgan bo‘laklarni kiritish mumkin bo‘ldi. Bundan tashqari yig’ma muhit bir muncha o‘zgardi. Bu versiyaga, shuningdek, boshlang’ich matnlar paketi (Turbo Vision) taklif etildi. Undan foydalanish natijasida tashќi jihatdan Borland firmasining dasturlar ishlab chiqarish yig’ma muhitiga o‘xshash muloqot tizimlarini tez yaratish mumkin bo‘lib qoldi. IBM RS turidagi shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan Borland firmasining mahsuloti – Turbo Paskal dasturlash tizimi hozirgi kunga kelib eng keng tarqalgan dasturlash tizimlaridan biriga aylandi. Bunga, bir tomondan, Paskal dasturlash tili asosining soddaligi sabab bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, tilni mukammallashtirishga ko‘p kuch sarflagan, Turbo Paskalning yaratuvchisi Anders Xeylsberg rahbarligidagi Borland xodimlarining mehnati va mahorati sabab bo‘ldi. Til murakkab bo‘lmagan hisoblash masalalarini yechishga mo‘ljallangan oddiy dasturlar tuzishdan tortib ma’lumotlar bazasini boshqaruvchi murakkab relyasion tizimlarni ishlab chiqarishgacha bo‘lgan har qanday masalani yecha oladigan qudratli zamonaviy professional dasturlash tizimiga aylandi. Windowsning va Windows muhitida dasturlar ishlab chiqish uchun Borland Pascal with Objects va Delphi instrumental vositalarining paydo bo‘lishi yana bir marta Turbo Paskalning bitmas-tuganmas imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi: Borland Pascal ham, Delphida ishlatiluvchi Objects Pascal ham Turbo Paskalga asoslanishadi va uning g’oyalarini rivojlantirishadi.

Delphi dasturlash tili boshqa dasturlash tillaridan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turuvchi dasturlash tili hisoblanadi. Delphi - dasturiy vostasi: Bu windows uchun mo‘ljallangan dasturlash muxiti bo‘lib, 1995 yilda BORLAND kompaniyasi guruhi dastur tuzuvchilari CHak (Chuck) va Denni (Danny) tomonidan yaratilgan. Bu til o‘zining keng qamrovli imkoniyatlariga egaligi bilan birga, boshqa dasturlash tillaridan o‘zining ba’zi bir xususiyatlari bilan ajralib turadi. Borland Delphi ning paydo bo‘lishi dasturlashni rivojlantirish tarixida yorqin ko‘rinish bo‘ldi. Delphi ning vujudga kelishiga quyidagilar sabab bo‘ldi;  Windows uchun dasturlash va komponentalar texnologiyasi.  Masalalarni echish uchun ob’ektga yo‘naltirilgan usul.  Komponentalar texnologiyasiga asoslangan ilovalarni tez yaratishning vizual muhitlari.  Interpritatsiyadan emas, kompilyasiyadan foydalanish. Bu shundan iboratki, interpretator bilan ishlashga qaraganda kompilyator bilan ishlash tezligi o‘n martalab ustunlikka ega bo‘ladi.  Universal usullar yordamida ma’lumotlar bazasi bilan ishlash imkoniyatlarining mavjudligi.  2.1 delphi dasturlash tilini o`zgartirish Borland Delphi yuqorida bayon etilgan fikrlarni joriy etish maqsadida yaratilgan. Ammo, uning eng asosiy elementi Paskal tili bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi tilining bir necha xil variantlari mavjud (Delphi 2, Delphi 3... , Delphi 7 va h.k.). Delphi dasturlash tili uchun Paskal dasturlash tili asos qilib olingan. Bu ikki tilning qanday o‘xshashlik va farqli tomonlari bor? Bilamizki, Paskalda biror kattaroq dastur, masalan amaliy dasturlar majmuini tuzmoqchi bo‘lsak, albatta biz modulli dasturlashdan foydalanamiz. YA’ni qo‘yilgan masalani kichikroq bo‘laklarga bo‘lib olamiz va shular bilan ishlaymiz. Natijani olish uchun esa, bu bo‘laklarni birlashtiruvchi bitta asosiy dastur qilinadi. 13 Aynan shu narsa Delphi dasturlash tilining asosi hisoblanadi. Agar biz Delphi da biror forma hosil qilsak, u holda Delphi bizga o‘zi avtomatik tarzda shu formaga mos bo‘lgan modullarni va bu modullarni boshqaruvchi dasturni tuzib beradi. Boshqaruvchi dasturni Delphi da, agar unga o‘zimiz nom bermasak, Project1.dpr deb nomlaydi. Bunda .dpr fayl kengaytmasi. Avtomatik tarzda tashkil qilingan modulga biz nom bermasak, u holda Delphi uni Unit1.pas deb nomlaydi. O‘zimiz esa *.pas kengaytmasini saqlagan holda hohlagan nomimizni berishimiz mumkin. Delphi – dasturlashtirishda, dasturni tez ishlatishda foydalaniladigan dasturlash tili. Delphi tili Object Pascal tiliga asoslangan dasturlash tili hisoblanadi. Hozirgi kunda Delphi ning yangi loyihasi Borland Delphi 7 dasturchilarga ma’qul tushdi. Borland Delphi bilan katta bazali dasturlarni yaratish mumkin. Bu paketga turli xil ma’lumotlar, XML – hujjatlari, axborotlashtirish sistemalari va boshqalar kiritilgan. Delphi 7 ning asosiy xususiyati NET texnologiyasini qo‘llab quvvatlaydi. Borland Delphi 7 bilan Windows 98 dan Windows XP gacha ishlash mumkin. Xozirgi zamon talabiga asosan bu dasturlash tili uchun Pentium va Celeron protsessorlari bo‘lishi kerak va ularning chastotasi 400 MGs, operativ xotirasi 128 Mbayt, o‘rnatish uchun diskda 475 Mbayt bo‘sh joy bo‘lishi kerak.

Delphi dasturlash muhiti bilan tanishishni davom ettirar ekanmiz, komponentlar to’plami haqida gapirishga to’g’ri keladi. Komponentlar to’plamining birinchi sahifasida 14ta ob`ektlar joylashgan bo’lib, hamma dasturchilar albatta ushbu ob`ektlardan foydalanishgan. Chunki, juda ham kamchilik tugma, ro’yxat, kiritish oynalari va ho kazolardan foydalanmasdan dastur tuza oladi. Bu ob`ektlarning barchasi Windowsdagi sichqoncha va muloqot oynasi kabi muhimdir. Standart Komponentlar to’plami 14 Har bir sahifadagi komponentlar to’plami va joylashishini o’zgartirish mumkin. Demak, siz mavjud komponentlarni o’rnini o’zgartirish bilan birgalikda ularning tarkibiga yangilarini qo’shishingiz mumkin. Delphining standart komponentlari va ularni ishlatish haqidagi qisqacha izoh quyida keltirilgan. Bu komponentlarni o’rganayotgan vaqtda qo’l ostingizda kompyuter bo’lgani ma`qul, chunki birvarakayiga ularning ishlash printsipi bilan ham tanishishingiz mumkin.  TMainMenu – o’z dasturingizga bosh menyu qo’shish imkonini beradi. TmainMenuni formaga qo’ygan vaqtda u kichkina belgi ko’rinishini oladi; bunday belgilarni "ko’rinmas komponent" deb ataydilar, chunki, dastur bajarilash vaqtida ular ekranda ko’rinmaydi. Menyuni yaratish uch qadamdan iborat: (1) TMainMenu formaga o’rnatish, (2) ob`ektlar inspektorining Items xususiyati yordamida Menyu dizaynerini chaqirish, (3) Menyu Dizaynerida menyu qismlarini kiritish.  TPopupMenu yordamchi menyuni yaratish. Bu menyu sichqonchaning o’ng tugmasi bosilganda ko’rinadi.  TLabel matnlarni ekranda namoyish qilish uchun qo’llanadi. Agar siz ob`ektlar inspektorining Font xususiyatiga sichkonchani ikki marta bossangiz, Labelning shrifti, rangi, harflar rangi va o’lchamlarini o’zgartishingiz mukin.  TEdit – Windowsdagi standart ma`lumot kiritish oynasi. U qisqa matnlarni namoyish qilishi va dastur bajarilish vaqtida foydalanuvchiga o’z ma`lumotlarini kiritish imkonini beradi.  TMemo – TEditning boshqacha ko’rinishi. Katta mantlar bilan ishlashni ko’zda tutadi. TMemo matn qismlarini qatordan qatorga ko’chirishi, buferda saqlashi, oxirgi amallardan voz kechishi, umuman olganda oddiy muxarrir amallarini bajara oladi. TMemo 32Kb matn hajmi bilan chegaralanadi, bu taxminan 10-20 sahifa matnga tengdir. 15  TButton dastur bajarilash vaqtida tugma bosilishi bilan biror amal bajarilishini ko’zda tutadi. Delphida hamma narsa oddiy. TButtonni formga ko’yib, unga ikki marta sichqon tugmasini bossak, biz dastur matni muharririda tugma bosilish holatiga dastur tuzishimiz mumkin bo’lgan oynaga o’tamiz. Endi dastur matnini bajariladigan buyruqlar kodi bilan to’ldirish kerak. Masalan: procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); begin MessageDlg('Ishlaringiz yaxshimi?',mtsonfirmation,mbYesNoCancel,0); end;  TSheckBox chap tomonida kichkina darchasi bo’lgan matn satrini akslantiradi. Darchaga uning belgilanganligini bildiruvchi belgi quyish mumkin. Masalan, Worddagi Pechat muloqot oynasining Pechat v fayl bo’limida aynan shu ob`ekt ishlatilgan.  TRadioButton bir nechta holatlardan birini tanlash imkonini beradi. Masalan, Worddagi Pechat muloqot oynasining chop qilinishi kerak bo’lgan sahifalar oralag’ini tanlash bo’limida aynan shu ob`ekt ishlatilgan.  TListBox ro’yxatli ma`lumotlarni namoyish qilishga mo’ljallangan masalan Worddagi Otkrыt buyrug’i yordamida ochiladigan muloqot oynasidagi fayllar va kataloglar ro’yxati aynan shu ob`ektga joylashtirilgan.  TSomboBox tashqi ko’rinishidan ListBoxga o’xshab ketadi, ular orasidagi farq ComboBoxning yuqorisida ma`lumot kiritish mumkin bo’lgan maydoni ham bor. ComboBoxning ko’plab turlari mavjud, ko’p ishlatiladigani esa, ro’yxati pastga ochiladigan (drop-down combo box)dir.  TScrollbar – o’tkazish yo’lakchasi. Ko’pincha tahrirlanadigan yoki ko’rinadigan ma`lumotlar ekran chegaralaridan chiqib ketganda paydo bo’ladi. 16  TGroupBox Windowsga formadagi ob`ektlarning qanday joylashganligini bildirish uchun qullash mumkin.  TPanel – TGroupBoxga o’xshash ob`ekt bo’lib, bezash uchun ishlatiladi. Agar sizga bundan ko’ra to’liqroq ma`lumotlar kerak bo’lsa, Delphining yordam tizimidan foydalaning Ob`ektlar Inspektori haqida. Oldinroq biz Ob`ektlar Inspektori (Object Inspector) bilan bir oz tanishib o’tdik. Endi u bilan yaqinroq tanishish vaqti etdi. Ob`ektlar Inspektorining asosiy vazifasi formaga tashlangan ixtiyoriy ob`ektning xususiyatlarini tahrirlash hisoblanadi. Bundan tashqari u yordamida formaning xususiyatlarini ham o’zgartirish mumkin. Ob`ektlar Inspektorini o’rganishning eng qulay usuli – u bilan ishlashdir.

Xususiyatlar bilan ishlashni boshlashda Ctl3D xususiyatidan boshlaymiz (jimlik qoidasi bo’yicha faol). Formaga sichqon tugmasini bosing, Ob`ektlar Inspektoriga o’ting va Ctl3D xususiyati qiymatini sichqoncha yordamida bir necha marta o’zgartirib ko’ring. Bu amal formaning tashqi ko’rinishini o’zgartirayotganligiga e`tibor qarating. Formaning Ctl3D xususiyati qiymatini o’zgartirish shu formaga tashlangan hamma ob`ektlarning shu xususiyati qiymatini o’zgartiradi. Formaga dastlabki holatini qaytaring va undagi TMemo ob`ektini belgilang, so’ngra tugmasini bosib turib, TListBox ob`ektini belgilang. Endi siz formadagi bir nechta ob`ektlarni belgilay olasiz. Ob`ektlar guruhini belgilaganda Ob`ektlar Inspektorida faqat shu guruh ob`ektlari uchun umumiy bo’lgan xususiyatlar ko’rinadi va ularning qiymati o’zgartirilishi belgilangan ob`ektlarning barchasi uchun amal qiladi. Agar bu guruhda umumiy xususiyatlarga ega bo’lgan ob`ektlar bo’lmasa, Ob`ektlar Inspektorida hech qanday xususiyat ko’rinmaydi. 3.2Delphi loihasi. Delphining ixtiyoriy loihasi kamida oltita fayl yaratadi. Ulardan uchtasi loiha tomonidan yaratiladi va dasturchilar ularning tarkibini ko’pincha o’zgartirmaydilar. Ular quyidagilar:  Loihaning bosh fayli, dastlab PROJECT1.DPR deb nomlanadi.  Dasturning dastlabki moduli /unit/, u ishning boshida avtomatik ravishda yaratiladi. Fayl UNIT1.PAS deb nomlanadi va uning nomini ixtiyoriy nom bilan almashtirish mumkin. Masalan, MAIN.PAS.  Bosh forma fayli jimlik qoidasiga binoan UNIT1.DFM deb nomlanadi, u bosh formaning tashqi ko’rinishi haqidagi ma`lumotlarni saqlaydi.  PROJECT1.RES fayli avtomatik holda yaratiladi va loiha uchun belgini saqlaydi.  PROJECT1.OPT fayli matnli fayl hisoblanib, siz kompilyatorda qo’llagan o’rnatmalaringizni saqlaydi.  PROJECT1.DSK fayli ishchi sohaning holati haqidagi ma`lumotlarni saqlaydi. Albatta loiha nomini o’zgartiriganda RES, OPT va DSK kengaytmali fayllarning nomlari ham o’zgaradi. Dastur kompilyatsiyasidan keyin quyidagi kengaytmali fayllar hosil bo’ladi: DCU – tayyor modullar. EXE – ishchi fayl. 18 DSM – dasturning muhitda ishga tushishi uchun xizmat qiluvchi fayl, uning hajmi juda katta va ish yakunlangach uni o’chirish tavsiya qilinadi. ~PA, ~DP - backup. – muharrirning vaqtinchalik fayllari.



Xulosa

Xozirgi vaqtda kompter texnologiyalari rivojlanib borayotgan vaqtda asosiy e`tibor foydalanuvchilarga emas, dasturchilarga qaratilmokda. Shuni hisobga olib, talabalarda dasturlar tuzish ko’nikmalarini hosil qilish va ularda kerakli amaliy dasturlarni yarata olish imkoniyati shakllantirishga katta e`tibor qaratilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar Tayyorlash Milliy dasturida ham yosh avlodni yangi kompyuter texnologiyalarini egallashi, ularning bilimlarini chet el talabalari saviyasiga etkazish dolzarb masala qilib ko’yilgan. “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasida “Ob`ektga yo’naltirilgan dasturlash” fani kiritildi. Delphi amaliy dasturlar yaratishning kuchli muhiti hisoblanib, hozirgi vaqtda dunyodagi dasturchilarning 35%idan ko’prog’i shu dasturlash tilidan foydalanadi. Ushbu ma`ruzalar matnida yuqori saviyali dasturlash tillaridan biri hisoblangan Delphi da amaliy dasturlarni yaratish usullari keltirilgan. Insoniyatning rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bizni o‘rab turuvchi moddiy olamning asosiy tashkil etuvchilari bo‘lgan, modda va energiyaning inson hayotida muhim rol o‘ynaganligiga va keskin burilishlarga sabab bo‘lganligiga amin bo‘lamiz. Haqiqatan ham, modda va energiya inson va jamiyat rivojlanishida keskin burilish yasagan jahonshumul kashfiyotlardir. Ular o‘z zamonasining ilg‘or texnologayasi sifatida, hattoki jamiyatning muhim rivojlanish bosqichlarini xarakterlovchi davr nomlarida ham o‘z aksini topgan. Shu o‘rinda «tosh asri», «bronza asri», «elektrlashtirish asri», «atom-yadro energiyasi asri» kabi jamiyat rivojida beqiyos o‘rin tutgan davrlarni eslash mumkin. 8 Hozirgi davr esa, shak-shubhasiz, «Informatsiya» bilan va uni avtomatik ravishda qayta ishlash imkonini beruvchi informatsion va kompyuter texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishida xarakterlanadi. Bu davrni bejiz informatsion shov-shuvlar asri deb atashmayapti. Bu fikrning tasdig‘i sifatida Internetni yodga olishning o‘zi kifoya bo‘lsa kerak. Adabiyotlarda «Modda», «Energiya» va «Informatsiya» moddiy olamning asosiy tashkil etuvchisi deb e’tirof etilmoqda. Sivilizatsiyaning hozirgi kundagi rivoji, insoniyatning industrial jamiyatdan Informatsion jamiyat sari intilmoqda deyishga asos bo‘la oladi. Elektron hisoblash mashinasining yaratilishi ham insoniyatning rivojlanish tarixida erishilgan eng yuksak kashfiyotlar sirasiga kiradi. Hozirgi kunga kelib kompyuter va global tarmoq, butun dunyo bo‘yicha yig‘ilgan misli ko‘rilmagan katta hajmdagi informatsiyalarni insoniyat tomonidan foydalanilishiga imkon beradigan va uning intellektual imkoniyatlarini yuqori darajalarga ko‘taruvchi juda ham kuchli vositaga aylandi. Dastur mahsulotlarining va texnika vositalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, kompyuterni apparat va dastur ta’minotining tez ma’naviy eskirishga olib kelmoqda. Hali foydalanuvchi yangi dastur imkoniyatlarini to‘liq o‘zlashtirmasdan turib, sotuvga bu dasturning yanada mukammal variantlari taklif etilmoqda. Lekin shunga qaramasdan, kompyuterlar yaratishning va dasturlash texnologiyalarining asosiy tamoyil va g‘oyalari o‘z kuchida qolmoqda. Mukammal dastur yaratish esa o’z navbatida dasturlash tillarini o’rganishga ehtiyoj tug’dirmoqda. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari – dasturiy ta’minotning inqiroziga javob sifatida yuzaga kelgan dasturlash texnologiyalari hisoblanadi. Bu inqirozning sababi shunda ediki, strukturali dasturlash metodlari murakkablik darajasi borgan sari ortib borayotgan masalalar uchun dasturiy ta’minot yaratish imkonini bera olmay qoldi. Buning natijasida turli loyihalarni bajarish rejalari buzildi, qilinayotgan harajatlar belgilangan byudjetdan ortib ketdi, dasturiy ta’minotning funksionalligi buzildi, hatoliklari ortdi. 9 Dasturiy ta’minotning eng muhim tomonlaridan biri – uning murakkablik darajasidir. Biror dasturchi sistemaning barcha hususiyatlarini to‘liq hisobga ola olmaydi. SHuning uchun uni ishlab chiqishda dasturchi va boshqa mutaxassislarning yirik jamoasi qatnashadi. Demak, qo‘yilgan masalaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan murakkabliklarga ana shu jamoaning ishini bir maqsadga qaratilgan boshqarish ham qo‘shiladi. An’naviy dasturlash tillarida bunday murakkabliklarni hal qilishda “ajrat va boshqar” prinsipidan foydalanilgan. Ya’ni, masala kichik-kichik masalalarga ajratib, keyin har bir masala uchun alohida dastur ishlab chiqilgan va birlashtirilgan. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash texnologiyalari esa masalaga boshqacha usulda yondoshadi. Unda masalalarning yechish uchun kerak bo‘ladigan elementlarni muammoli sohaning turli abstraksiyalariga taaluqli ekanligi asosiy o‘rinda turadi. Bu abstraksiyalarni dasturchilar ishlab chiqishgan. Dasturchilar tomonidan ma’lum bir soha o‘rganilib, uning alohida ob’ektlari ajratib olingan. Bu ob’ektlar uchun masalalarni yechishda qo‘llash mumkin bo‘lgan xususiyatlar aniqlangan. Ehtiyojga qarab har bir xususiyat ustida bajarish mumkin bo‘lgan amallar aniqlangan. So‘ngra o‘rganilayotgan sohaning har bir real ob’ektiga mos dasturiy ob’ekt ishlab chiqilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Культин Н.Б. Программирование в Turbo Pascal 7.0 и Delphi. СПб.: БХВ-Петербург, 2001.293-324с.

  2. www. Delphikingdom.com/luseum/seminar/

  3. http://www.computerbooks.ru/books/Programming/Book-Delphi-7/index.htm

  4. www.ziyonet.uz



1



Download 112.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling