Amaldagi versiyaga o‘tish
Download 83.59 Kb. Pdf ko'rish
|
517-сон 26.08.2020. Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- RAG‘BATLANTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjat 26.10.2021 00 sanasi holatiga Amaldagi versiyaga o‘tish O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI RESPUBLIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARINING PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA BOSHQA TOIFADAGI XODIMLARINI BUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LAR HISOBIDAN MODDIY RAG‘BATLANTIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida ” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son, “ Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida ” 2018-yil avgustdagi PF-5505-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda professor- o‘qituvchilar va xodimlar mehnatini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan munosib rag‘batlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika oliy ta’lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2008-yil 1-avgustdagi 164-son qarorining (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 40-modda) 4-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralarning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qarab bir o‘qituvchiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining cheklangan normativlarini: 2009/2010 o‘quv yilidan boshlab — 1:10,5; 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab — 1:12,0; 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab — 1:14,0; 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab — 1:16,0 nisbatida belgilash; oliy ta’lim muassasasi kengashlariga, zarur hollarda, mazkur nisbatlarni 50 foizgacha o‘zgartirish vakolatini berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin. Belgilansinki, ta’lim sohalari bloklari va shakllari bo‘yicha bir nafar o‘qituvchi hisobiga to‘g‘ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi”. 3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin. Download 83.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling