Amaldagi versiyaga o‘tish
-bob. Moddiy rag‘batlantirish miqdori va manbalari
Download 83.59 Kb. Pdf ko'rish
|
517-сон 26.08.2020. Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
2-bob. Moddiy rag‘batlantirish miqdori va manbalari
Oldingi tahrirga qarang. 16. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilariga ish haqi uchun ustama haq va qo‘shimcha haqlar bir oylik maoshgacha bo‘lgan miqdorda tabaqalashgan holda, boshqa toifadagi xodimlariga esa – oliy ta’lim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tavsiyasiga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan belgilanadigan miqdorlarda to‘lanadi. (16-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25- oktabrdagi 656-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996- son) O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida professor- o‘qituvchi va xodimlarga ustamalar hamda moddiy rag‘batlantirish turlari va miqdorlari moliyaviy imkoniyatdan kelib chiqib, mustaqil belgilanadi. 17. To‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larning 30 foizdan ko‘p bo‘lmagan qismi ta’lim muassasasining professor-o‘qituvchilar tarkibi va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga sarflanishi mumkin. Bunda, moddiy rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar oliy ta’lim muassasasining moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, birlamchi xarajatlari qoplanganidan so‘ng amalga oshiriladi. Oldingi tahrirga qarang. 17 Oliy ta’lim muassasalaridagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlariga oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mazkur nizomda belgilangan tartibda “Katta o‘qituvchi (ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega bo‘lgan)” bazaviy lavozim maoshining ellik foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi. (17 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son) Oldingi tahrirga qarang. 17 . “Mehribonlik” uylari va Bolalar shaharchalarining tarbiyalanuvchilariga axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, aniq, tabiiy va boshqa fanlarga o‘qitish bo‘yicha fakultativ va to‘garak mashg‘ulotlarini, “davra suxbatlarini” va fan musobaqalarini tashkil etgan oliy ta’lim muassasalari yetakchi professor-o‘qituvchilariga oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan mazkur nizomda belgilangan tartibda ularning bazaviy lavozim maoshiga qo‘shimcha haq to‘lanadi. (17 -band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-oktabrdagi 656-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son) Download 83.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling