Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini


Download 83.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.01.2023
Hajmi83.59 Kb.
#1098635
1   2   3   4   5
Bog'liq
517-сон 26.08.2020. Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida

3-bob. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini
moddiy rag‘batlantirishning asosiy mezonlari
18. Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchi va boshqa toifadagi xodimlarini
rag‘batlantirishning asosiy mezonlari sifatida quyidagilar hisobga olinadi:
o‘quv jarayonini tashkil etishdagi salmoqli yutuqlari, ularni jahon standartlari darajasida
doimiy ravishda yangilab borish, fan, texnika, yangi texnologiyalar va madaniyatni rivojlantirishdagi
yutuqlari hamda istiqbollari, ilmiy-texnik va ijtimoiy taraqqiyotni belgilaydigan sohalarda maxsus
kurslar tashkil etish;
1.
1
2
2


o‘quv va o‘quv-uslubiy ishlarning samaradorligi va sifatini ta’minlovchi yuqori pedagogik
mahoratga, talabaning ijodiy hamda idrok qilish qobiliyatini oshirishni ta’minlovchi o‘qitishning
ilmiy-metodik darajasiga ega bo‘lish;
o‘qitishning faol usullaridan foydalanish va bilimlarni nazorat qilish, ta’lim va tarbiyaning
uyg‘unligini ta’minlash, o‘sib kelayotgan yosh avlodning yuksak axloqiy jihatlarini shakllantirish,
besh tashabbus yo‘nalishlari bo‘yicha yutuqlarga erishish;
yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini yaratish va ishlab chiqish;
barcha turdagi ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish va o‘tkazishni takomillashtirish,
talabalar konstruktorlik to‘garaklarini, yoshlar ijodiy markazlarini hamda talabalarning ilmiy-
tadqiqot ishlarini boshqarish, shuningdek talabalar orasidan iqtidorlilarini saralab olish, tanlovlarda,
konferensiyalar va simpoziumlarda faol qatnashish;
o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnikalaridan foydalangan holda o‘qitishning yangi
shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish, talabalarning mustaqil ta’lim olishini shakllantirish;
tayyorlanayotgan mutaxassislar sifatini oshirish maqsadida oliy ta’limning dolzarb masalalari
bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashish va ularni o‘quv-tarbiyaviy jarayoniga tatbiq etish;
ilmiy-uslubiy kengashlar va o‘quv-uslubiy birlashmalarda samarali ish olib borish, o‘quv reja va
dasturlarini hamda iqtisodiyot tarmoqlarining real ehtiyojlarini hisobga olgan holda mutaxassislar
tayyorlash bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;
fan va texnika hamda iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadigan
maqolalar, monografiyalar va kitoblarni nashr etish;
O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini ko‘zlab turli xildagi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy
tadbirlarda faol ishtirok etish;
ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlashda, doktorantlar, jumladan xorij davlatlaridagi
doktorantlarga ilmiy rahbarlik qilishda ijobiy natijalarga erishish;
fan doktori diplomini olgandan so‘ng talabgor (agar oliy ta’lim muassasasida faoliyat
yuritayotgan bo‘lsa) va uning ilmiy rahbari;
hisobot yili davomida amaliyotga tatbiq qilinadigan diplom loyihalariga rahbarlik qilish;
chet tillaridan (ingliz, fransuz, nemis va boshqa) biri yordamida o‘quv jarayonini tashkil etish;
budjetdan tashqari mablag‘larni ko‘paytirishda, shuningdek oliy ta’lim muassasasi moddiy-
texnika bazasini homiylik asosida mustahkamlash borasida shaxsiy tashabbus ko‘rsatish;
har bir xodimning ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga
qo‘shgan shaxsiy hissasi, berilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi hamda jamoat ishlarida
faol qatnashishi.
19. Oliy ta’lim muassasasi rahbarlarini rag‘batlantirishda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
oliy ta’lim muassasasida tayyorlangan mutaxassislarning sifat ko‘rsatkichlari;
professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati bo‘yicha tarkibi va ularning malakasini oshirganlik
darajasi, oliy ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan xorijdan jalb qilingan malakali professor-
o‘qituvchilarning (mutaxassis) salmog‘i;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga qo‘shgan ilmiy salohiyati;
oliy ta’lim muassasasidagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish darajasi va budjetdan tashqari
mablag‘larni jalb qilish usullari;
ta’lim muassasasining daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi natijalari (oxiri yillar o‘sish
dinamikasi tahlili asosida);
hukumat va boshqa boshqaruv organlariga oliy ta’limni isloh qilish hamda milliy iqtisodiyot
va madaniyatni rivojlantirish muammolari bo‘yicha takliflar kiritish;
oliy ta’lim muassasasida jamoaning ma’naviy, axloqiy va psixologik muhitining holatiga
ko‘rsatayotgan ijobiy ta’siri.
20. Rag‘batlantirish chora-tadbirlarining samaradorligini oshirish maqsadida oliy ta’lim
muassasasi professor-o‘qituvchilari va boshqa toifa xodimlarining ilg‘or tajribasini va faoliyati


samaradorligini ommaviy axborot vositalarida yoritish hamda oliy ta’lim muassasasi veb-saytiga
joylashtiriladi.

Download 83.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling