Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Download 83.59 Kb. Pdf ko'rish
|
517-сон 26.08.2020. Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2020-yil 26-avgust, 517-son Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26- avgustdagi 517-son qaroriga ILOVA Respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom respublika oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarini budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: professor-o‘qituvchilar — oliy ta’lim muassasasida kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, assistent, o‘qituvchi, tajriba orttiruvchi o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadigan shaxslar; boshqa toifadagi xodimlar — oliy ta’lim muassasasida boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlar lavozimlarida faoliyat yuritadigan shaxslar. 3. Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini va boshqa toifadagi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish pul mukofotlari ko‘rinishida, shuningdek, mehnat faoliyatida yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi erishgan yutuqlari uchun oliy ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan asosiy ish haqiga ustama va qo‘shimcha haqlar belgilash orqali budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi. 4. Pul mukofotlari, ustamalar va qo‘shimcha haqlar miqdori har bir xodimning oliy ta’lim muassasasi faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirishga qo‘shgan shaxsiy hissasiga qarab belgilanadi. 5. Oliy ta’lim muassasasi rahbarlariga (rektor, prorektor, filial direktori va o‘rinbosarlari) mehnat faoliyatida erishgan yuqori ijodiy va ishlab chiqarishdagi yutuqlari uchun ustama va qo‘shimcha haqlar hamda pul mukofotlari yuqori turuvchi tashkilotlarning tegishli qarorlari bilan belgilanadi. 6. Mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-intellektual salohiyati va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida oliy ta’lim muassasasi har yili professor-o‘qituvchi va xodimlar tomonidan bajarilgan ishlarning samaradorligi va sifatiga qarab moddiy rag‘batlantirish tartibi va hajmlarini belgilashi shart. 7. Moddiy rag‘batlantirish nafaqat bir xodim uchun, balki oliy ta’lim muassasasi rahbariyati yoki boshqa boshqaruv organlari tomonidan jamoatchilik ishlarini bajargan butun bir jamoa, kafedra, fakultet, ilmiy laboratoriya va boshqa bo‘linmalar xodimlariga ham berilishi mumkin. Bunda, moddiy rag‘batlantiriladigan xodimlarning ro‘yxati bajarilgan ishlarning aniq ko‘rsatkichlari, erishilgan natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanishi lozim. 8. Oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan xodimlar moddiy rag‘batlantirilmaydi. 9. Oliy ta’lim muassasasining o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot va iqtisodiy faoliyati samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida xodimlarni rag‘batlantirish o‘quv yili davomida amalga oshirilishi mumkin. 10. Rag‘batlantirish ko‘rsatkichlari bajarilgan ishlarning xususiyati, o‘ziga xosligi va oliy ta’lim muassasasi (uning tarkibiy bo‘linmalari)ning yo‘nalishidan kelib chiqib aniqlashtirilgan bo‘lishi lozim. Jamoa (aniq bir xodim) moddiy rag‘batlantirilishida haqiqatan ham erishishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlardan ikki yoki uchtadan ko‘p bo‘lmagan mukofotlash mezonlari belgilanadi. 11. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risidagi buyruq har bir xodim uchun oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan imzolanib, kasaba uyushma tashkiloti bilan kelishiladi, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari uchun esa yuqori turuvchi tashkilotning qarori tegishli boshqarma va bo‘limlarining tavsiyasiga binoan tayyorlanadi. 12. Mehnat intizomining buzilishi belgilangan (yoki belgilanadigan) rag‘batlantirishni bekor qilishga asos bo‘lishi mumkin. 13. Oliy ta’lim muassasasi rahbari ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ishlab chiqarish intizomi buzilganda ustamalarni bekor qilish yoki kamaytirishga haqli. 14. Quyidagi hollarda oliy ta’lim muassasalari xodimlariga ularning murojaatiga asosan kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bilan oliy ta’lim muassasasining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan moddiy yordam to‘lanadi: yaqin qarindoshlari (ota-ona, aka-uka, opa-singil, er-xotin) vafot etganda; xodimning to‘yi yoki yubiley tantanasi munosabati bilan; xodimning o‘z sog‘lig‘ini tiklashi munosabati bilan; tabiiy ofatlar oqibatlari va boshqa shunga o‘xshash hollarda ularga zarar yetkazilganda. 15. Ish sifati yomonlashganda, topshiriqlar o‘z vaqtida bajarilmaganda, mehnat va ishlab chiqarish intizomi buzilganda ustamalarni bekor qilish yoki kamaytirish intizomiy jazo chorasi hisoblanmaydi. Download 83.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling