4-bob. Yakuniy qoidalar
21. Oliy ta’lim muassasasining shtatdagi xodimlariga mehnatga haq to‘lashning
amaldagi
tizimida nazarda tutilgan rag‘batlantirish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan boshqa to‘lovlar
ham qo‘llanilishi mumkin.
Keyingi
tahrirga qarang.
22. Ustama haqlarini qat’iy mezonlarga muvofiq belgilash va to‘lash
uchun javobgarlik oliy
ta’lim muassasasi rahbari zimmasiga yuklanadi.
23. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonun
hujjatlarida belgilangan
tartibda hal etiladi.
Keyingi
tahrirga qarang.
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan
shaxslar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi
tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2020-y., 09/20/517/1226-son; 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2021-y., 09/21/656/0996-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)