Kalit so'zlar


Download 324.53 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi324.53 Kb.
#1479053
Bog'liq
Annotatsiya


Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy elektronikaning rivojlanish jarayonlari, registrlar tavsifi va tasnifi, EWB dasturidan foydalanib, registrlar sxematexnikasining ishlash prinsipi loyihalash, ularni hisoblashni o'rganish va tahlil qilish, EHM apparutaralarida ularni qo'llash bosqichlari va kamchiliklari xususida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: elektronika, registr, registrlar sxematexnikasi, EHM apparaturalari, elektromexanik asboblar.
Hozirgi vaqtda o'quv muassasalarida o'qitishning zamonaviy metodlari elektron vositalar yordamida o'qitish avj olib bormoqda. Elektron vositalarni yaratishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Laboratoriya amaliyotlarini ishlab chiqishdagi ilmiy va texnik tartibot ishlari vertual qurilmalar texnologiyasida keng qo'llaniladi.
Elektronikada registrlar sxematexnikasi tushunchasi.
Registrlar deb, raqamli axborotni qabul qilish, xotirada saqlash, uni uzatish va shu axborotni kodini o'zgartiradigan qurilmaga aytiladi. Registr inglizcha so'zdan olingan bo'lib, yozuv jurnali (Jurnal registratsiy) degan ma'noni anglatadi. Registrda axborot 0 va 1 raqamlarining kombinatsiyasidan iborat sonlar ko'rinishida saqlanadi. Registrlar triger deb, ataluvchi mantiqiy elementlar to'plamidan tashkil topgan va ularning soni mashina so'zining razryadlar soniga teng bo'ladi.
Axborotdagi ikkilik kodning har bir razryadiga registrning bitta mos razryadi to'g'ri keladi.
Registrlar axborotni yozish usuliga qarab ketma-ket va paralel registrlarga bo'linadi. Registrda axborotni qabul qilish, siljitish va uzatish boshqaruvchi impulslar yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruvchi impulsli signallar konyuktorlar orqali registrlarga tushadi. Registrlar axborotni uzatish usuliga qarab 2 turga bo'linadi: xotira (siljitmaydigan) registr; siljituvchi registr. Siljituvchi registrlarni ko'ramiz. Siljituvchi registr deb, boshqaruvchi taktli impuls ta'sirida ikkilik soni kodini bir yoki bir necha razryad o'ngga yoki chapga siljitadigan registrga aytiladi. Razryad setkasidan chiqib ketgan son yo'qoladi. Siljituvchi registrlar arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish uchun ham qo'llaniladi. Qo'shni razryadli triggerlar orasiga kechiktiruvchi elementlar ulanadi. Katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga ulangan. Son registrga 2 usulda yozilishi mumkin. Parallel kodlarda; Ketma - ket kodlarda. Ketma - ket kodlar bilan sonni yozishda katta razryadli trigerni hisobchining kirishiga soni kichik razryaddan boshlab ketma - ket kodli signal impulsi ko'rinishida beriladi. Har bir razryad yozilgandan keyin siljituvchi impuls beriladi. Ko'pincha EHM larda zahira siljituvchi registrlar ham ko'p qo'llaniladi. Hozirgi paytda registrlar integral mikrosxema ko'rinishda ishlab chiqarilmokda. Trigerlar, xotira va arifmetik qurilmaning asosiy elementi hisoblanadi. U 2 ta turg'un holatga ega bo'lgan elektron qurilmadir. U ikki kaskadli simmetrik qarshilikli kuchaytirgichdan iborat bo'lib kaskadlar orasida 100 % li musbat teskari bog'lanishi amalga oshirilgan. Hisoblash texnikasida trigerlar xotira qurilmasi sifatida qo'llaniladi. Trigger kirishiga beriladigan boshqaruvchi signal ta'sirida u bir turg'un holidan ikkinchi turg'un holatga o'tadi. Uning bitta turg'un holati mantiqiy 1 deb, ikkinchisi 0 deb qabul qilinadi.
Parallel va ketma-ketli registrlar. Oldin keltirib o'tkanimizdek, registr kombinatsion turdagi raqamli qurilma bo'lib, ko'p razryadli ikkilik sonlar ko'rinishidagi ma'lumotlarni eslab qolish va vaqtincha xotirada saqlash uchun ishlatiladi. Registr ikkilik razryad sonlarga teng miqdordagi triggerlar majmuasidan iborat. Chapga va o'nga siljituvchi registrlar mavjud. Siljitish registrlari ma'lumotni ketma-ket qabul qiladi. Agar bit ko'rinishidagi ma'lumotlar guruhi ketma-ketligini takt impulslari komandasiga ko'ra siljitish registrlari kirishlariga berilsa, u holda registrni bir-nechta siljitish amallari bilan yuklash mumkin. Xuddi shunday usulda registrdagi ma'lumotlarni undan chiqarib yuborish mumkin.
Parallel registr ma'lumotlar ustidan quyidagi mikroamallarni bajarishga mo'ljallangan: parallel shaklda kirishdagi ma'lumotlarni yozish, saqlash va uzatish.
Sodda ikki razryadli parallel registr funktsional sxemasi 2.1.1-rasmda keltirilgan.


2.1.1-rasm. Parallel registr shartli belgisi va uning sxemasi.

Ketma-ketli registr kirishdagi ma'lumotlarni ketma-ket tartibda yozish, saqlash va uzatish uchun mo'ljallangan. Ma'lumot yozishdan avval registr dastlabki holatga (0) o'rnatiladi.


Siljituvchi registrlarda faqat ikki pog'onali yoki dinamik boshqaruvli triggerlar qo'llaniladi. Bu esa sinxrosingnal berilishi bilan ma'lumotni faqat bitta razryadga siljitishni kafolatlaydi. Ko'p hollarda arifmetik qurilmalarni tuzishda ma'lumotni chapga surish talab etiladi. Ma'lumotlarni ikkala yo'nalishda siljitish imkoniga ega bo'lgan ketma-ketli registrlar reversiv registrlar deb ataladi.
JK-triggerlar asosidagi to'rt razryadli ketma-ketli siljitish registri funktsional sxemasi 2.1.2-rasmda keltirilgan. Registr tarkibiga kiruvchi razryadli triggerlar o'zaro ulanganligi sababli, bunday registr yuqorida aytib o'tilgan mikroamallardan tashqari saqlanayotgan ma'lumotni o'nga siljitish amalini ham bajaradi.


2.1.2-rasm. To'rt razryadli ketma-ketli siljitish registri funktsional sxemasi

Registrlar sxematexnikasini hisoblash jarayonlari. EWB dasturidan foydalanib, registrlar sxematexnikasining ishlash prinsipi loyihalash


Electronics WorkBench (National Instruments) Multisim dasturi real vaqt masshtabida ishlovchi, o'lchash asboblari bilan jihozlangan tadqiqotchining real ish joyi-radioelektron laboratoriyani imitatsiya qiladi. Dastur yordamida har qanday murakkablikdagi analog va raqamli radioelektron qurilmalarni tuzish, modellash va tadqiq qilish mumkin. Electronics Workbench (National Instruments) dasturi elektr va elektron sxemalarni modellash uchun ishlatiladi. Foydalanuvchining interfeysi menyu, asboblar paneli va ishchi sohadan iborat (2.1.3-rasm).


2.1.3-rasm. Electronics WorkBench bosh oynasi.

Menyu quyidagi komponentlarga ega: fayllar bilan ishlash menyusi (Файл), tahrirlash menyusi (Редактор), zanjirlar bilan ishlash menyusi (Вид), sxemalarni tahlil qilish menyusi (Моделирование), oynalar bilan ishlash menyusi (Okho), yordam fayllari bilan ishlash menyusi (Справка). Asboblar panelida radioelektron sxemalar elementlarining tasvirlari bo'lgan knopkalar mavjud. Knopkalar bosilganda ularga mos bo=limlar ochiladi, masalan, diodning tasviri bosilsa diodlar bo'limi ochiladi. Dasturning bosh oynasi 2.1.3-rasmda keltirilgan.


Yuqori qatordagi belgilar menyu komandalarini qaytaradi. Keyingi, ya'ni sxema oynasining yuqorisida joylashgan belgilardan zanjirga ulanuvchi elementlar va o'lchash asboblarini tanlash uchun foydalaniladi. Diodlarni (Diods) va o'lchash asboblarini (Inctrumentary) tanlash oynalari ko'rsatilgan. Sxemani hisoblashni aktivlashtirish va to'xtatish (Pusk/Stop) hamda pauza (pause) knopkalari dastur oynasining yuqori o'ng burchagida joylashgan. Pusk/Stop knopkasi ega. Ulardan birini bosish yo'li bilan sxemani hisoblashni aktivlashtirish yoki toxtatish mumkin.
Hisoblagichning dastlabki holatini ko'rstaishi nolga teng deb olinadi. Jadvaldan ko'rinib turibdiki, nchi impuls uchrazryadli hisoblagichning holatini dastlabki nolinchi holatga qaytaradi. Keltirilgan chiqish qiymatlarini analiz qilishdan hisoblagich, chastota bo'luvchi sifatida marta ishlatilishi mumkinligi kelib chiqadi. Ko'p hollarda hisoblagichlarda qo'shimcha va kirishlarga ega triggerlar qo'llaniladi. Ushbu qo'shimcha kirishlarni va kombinasion sxemalarni qo'llab, birorta dastlabki berilgan kodni boshlang'ich kod qilib o'rnatish va shu bilan birga hisoblagichning ko'rsatishini boshqa berilgan ma'lum ikkilik kodga erishilgandan so'ng qaytarish, ya'ni nollash mumkin.


2.1.4-rasm. Registr sxemasining EWB tahlili.

Modul 6 bo'yicha uchrazryadli hisoblagich asosida qurilgan yig'uvchi hisoblagichning oddiy sxemasi 2.1.4-rasmda keltirilgan. Ushbu hisoblagichning chiqishida 6 sonining kodi paydo bo'lishi bilan "VA" element qaytarish (sbros) signalini chiqarib beradi va hisoblagich ko'rschatkichi bir onda nollanadi. Hisoblagichlar, manzilini buyruqlar ketma - ketligini olish uchun, kvarsli generatorning hosil qilgan chastotasini bo'lish uchun , deshifrator bilan birga mantiqli signallarning boshqa vazifalarda kompyuterlarda keng qo'llaniladi. Registr deb, ikkilik so'zlarni saqlash uchun mo'ljallangan triggerlarning majmuasiga aytiladi. Odatda registrlarda ikkilik sonni yozish, uni o'qish, razryadli siljitish, registrni nol holatga qaytarish va boshqalar uchun qo'shimcha operasiyalar ko'zda tutiladi. Uchta D - triggerlar asosida yig'ilgan oddiy registning sxemasi 4 - rasmda keltirilgan. D - triggerning kirishlari yozilayotgan ikkilik so'zni berish uchun ishlatiladi. Yozuv sinxroimpuls paydo bo'lishi bilan amalga oshiriladi. Ma'lumotni registrdan uning chiqishlaridan o'qish mumkin. Ushbu registrda signallarni kiritish va chiqarish operasiyalari paralellel ro'y berayotgani uchun uni parallel registr deb nomlanadi.




2.1.5-rasm. Registrning elektronik tadbig'i.

Quyidagi 2.1.5-rasmda ketma - ket registrning funksional sxemasi keltirilgan. Ushbu ketma - ket registr siljitish registri deb ham aytiladi, chunki kiritish kodi oldin birinchi triggerga beriladi, so'ngra keyingi triggerlarga razryadli bo'yicha yuqori razryaddan boshlab uzatiladi. Sinxronizasiyalovchi impuls esa barcha triggerlarga bir vaqtda beriladi. Bu operasiyalarda har bir keyingi triggerlarda chiqish signali tufayli saqlanib qoladi. Agar registr ta triggerlardan iborat bo'lsa, uni to'ldirish uchun ta-sinxroimpuls berish kerak bo'ladi.


Shu nuqtai nazardan yuqorida registrlar atamsi, ularning turlari, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarda qo'llash, registrlarning ishlash prinsipi, registrlar sxematexnikasi tahlili va hisoblash jarayonlari haqida yetarlicha ma'lumot berib o'tildi. Albatta, fizikaviy, elektrotexnik, elektronik va sxemotexnik darslarini o'zlashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda zamonaviy kompyuterlarning o'rni beqiyos. Lekin ular rivojlanib, o'ta ixcham shaklga aylanib bormoqda. Buning samarasida insnlr hayoti yengillashib ketmoqda. Bu narsaning ham o'ziga xos talablari ham mavjud. Multisim (EWB) dasturi tajribasini umumlashtirish, umumiy ta'lim ko'nikmalarini egallash, fanni bilish va sxemalarni yaratishga qiziqish uyg'otish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Bunday sxemalarni yaratish virtaul dastur va laboratoriyalarda shuningdek, virtual asbob-uskunalarni tanlash, tajribaga oid vertual stendlar yaratish, fizik jarayondagi berilgan parametrlar uchun qidirishli modellashtirish, hisob-kitob va grafiklar qurishlar ham amalga oshiriladi.
Registrlar sxematexnikasini yaratishda, uni hisoblash jarayonlarini amalga oshirishda hozirgi kundagi eng yaxshi dasturiyb vosita bu Miltisim (EWB) dasturi hisoblanadi. Ushbu dastur yordamida virtual va kompyuterli labaratoriya mashg'ulotlarini o'tkazishda yuksak samaradorlikka va jihozlar tejamkorligiga erishish mumkin deb hisoblaymiz.
Ishimiz davomidagi hisoblashlar va sxemalardan olingan natijalarni ushbu dasturdan foydalangan holda amalga oshirilgan. Bu esa o'rganuvchilar uchun tahlil etilayotgan jarayonni chuqur tasavvur qila olishiga va jarayonning qanday kechayotganini tezda o'rganib olishiga sabab bo'ladi. Shu sababli ham virtual laboratoriya yaratish samaraliroq va foydali bo'ladi.
Foydalanilgan asosiy adabiyotlar:

  1. X.K.Aripov, A.M.Abdullaev, N.B.Alimova, X.X.Bustanov, E.V.Ob'edkov, Sh.T. Toshmatov. Sxemotexnika. T.: ALOQACHI, 2010g.

  2. Имамназаров, Э.Д. (2019). Как среда проектирования и моделирования при подготовке виртуальных лабораторий. Теория и практика современной науки, (11), 135-141.

  3. Кодиров З.З., & Имамназаров Э.Д. (2017). Применение интерактивного метода обучения для повышения познавательных способностей учащихся. Молодой ученый, (15), 583-585.

  4. Imamnazarov, E. D., & Orifjonov, U. (2019). Farewell to educational institutions and educational practices. Экономика и социум, (6), 36-38.









Download 324.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling