Kalit so`zlar


Download 16.1 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi16.1 Kb.
#1757158
Bog'liq
Annotatsiya


Annotatsiya
Ushbu maqolada insoniyatning eng buyuk va eng birinchi vazifasi bo`lmish farzand tarbiyasiga yondashuvning eng go`zal usullari haqida so`z yuritiladi. Insonni hech bir narsa yaxshi axloqchalik aziz va mukarram qila olmaydi. Axloq insonning e'tiqodi bilan bevosita bog'liqdir. Shuning uchun ham xalq orasida, axloqsizning dini yo'q deyiladi. Husni xulq qadimdan insonlarning eng muhim bezagi bo'lib kelgan. Algebra fanining asoschisi, buyuk mutafakkir bobomiz Al-Xorazmiy "Komil insonni 1000 bilan baholaymiz, insonning yaxshi xulqi uchun unga "1" ni beramiz, kelib chiqishi, nasli tozaligi uchun "1" ning ortiga bitta "0" yozamiz, "10" hosil bo'ladi, agar inson chiroyli husnga ega bo'lsa "10"ning ortiga yana bitta "0" yozamiz, "100" hosil bo'ladi, agar inson ilmli va boy bo'lsa, "100"ning orqasiga yana bitta "0" yozamiz, "1000" ya'ni komil inson hosil bòladi. Lekin "1000" sonidan "1"ni , ya'ni yaxshi axloqni olib tashlasak, "0"lar qanday ahamiyatga ega bo'ladi. Hech qanday ahamiyatga ega bo'lmaydi" deya fikr bildirib, yaxshi xulqsiz insonning boshqa yutuqlarini nolga tenglashtiradi. Yaxshi xulq esa insonning hayo, iffat, or-nomus kabi eng muhim fazilatlarga egaligi bilan baholanadi. Shu boisdan ham ushbu maqola orqali dunyoning eng go`zal xulqli millatlaridan biri bo`lmish Yapon millatida bolalarga tarbiya berish usullari yoritiladi.


Kalit so`zlar

amae”, Oilaning yuqori ahamiyati, Shaxsiy misol, Hissiyotlarga munosabat, “Ikudzi” tizimi: xudo, xizmatkor va teng, “Ikudzi” tizimi: xudo, xizmatkor va teng


Download 16.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling