Kaliyni bitta namunada k. Ginzburg sheglova va vilfuis usulida aniqlash
Download 321.76 Kb. Pdf ko'rish
|
TUPROQSHUNOS LABARATORIYA 1-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Azotni aniqlash uchun
- Fosforni aniqlash uchun
MAVZU-2: O’SIMLIK TARKIBIDAGI YALPI AZOT, FOSFOR VA KALIYNI BITTA NAMUNADA K.GINZBURG SHEGLOVA VA VILFUIS USULIDA ANIQLASH. Mashg’ulotning maqsadi: K. Ginzburg , Shyeglova Vilfius usulida O’simlik kuli hosil qilish va undan azot, fosfor, kaliyni aniqlashdan iborat Kerakli jihoz, reaktiv va asbob uskunalar: Kul hosil qilish uchun: 1. Konsentrlangan sulfat kislota sol. massa 1,84 va 57% li HClO 4 1:10 nisbatdagi aralashmasi tajriba oldidan tayyorlanadi. Azotni aniqlash uchun: 1. 50% li o’yuvchi ishqor eritmasi 500 g NaOH 1l suvda eritiladi 2. 0,02n sulfat kislota 3. 0,02n o’yuvchi ishqor, fiksanaldan tayyorlanadi. 4. metil qizil indikatori 5. fenolftalein yoki lakmus qog’ozi. Fosforni aniqlash uchun: 1. Suyultirilgan sulfat kislota, zichligi 1,84 bo’lgan konsentrlangan sulfat 10 ml kislota 700 ml suvda 150 ml hisobida eritilib 1l hajmga yetkaziladi. 2. Kislotali muhitdagi ammoniy molibdati 20 g ammoniy molibdat tuzi distillangan suvda eritilib, hajmi 1l ga yetkaziladi 3. Qalay xlorid eritmasi 2 g qalay xlorid 30-40 ml konsentrlangan vodorid xloridda suv hammomida quriguncha qizdiriladi. Qoldiq 10 ml suyultirilgan sulfat kislota bilan eritiladi. Bu 20%li qalay xlorid eritmasi 1-2 oy saqlanadi. 1%li eritma tayyorlash uchun 1 ml 20% kalay xlorid eritmasi 5 ml suyultirilgan sulfat kislota bilan qo’shilib, 20 ml hajmga distillangan suv bilan yetkaziladi. 4. 0.1%li beta-dinitrofenolning suvdagi eritmasi 5. 0,1%li fenolftaleinning spirtli eritmasi 6. 10%li NaOH 7. 10% li HCl O’simliklar oziqlanishida eng muhim ahamiyat kasb etuvchi elementlarga azot, fosfor va kaliy kiradi. Ularning o’simlikdagi miqdorini aniqlash, o’simliklar tomonidan olib chiqilishini o’rganish, fazalar bo’yicha ularga bo’lgan talabni hisobga olgan holda mineral o’g’itlar qullash tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu maqsadda o’simlik namunalari ho’l usulda kuydiriladi. Ho’l usulda kuydirishning afzalligi shundaki, bunda ayrim elementlar, jumladan fosfor, kaliy, oltingugurt yo’qolishini oldi olinadi. Download 321.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling