«Ibrohim va Muso sahifalarida (ham) bordir» (A’lo, 19) deyilgan. Bir hadisda «Abu Zarr: Ey Allohning Rasuli, Ibrohimning sahifalarida nima bo‘lgan?» deb savol berganda, Payg‘ambar (alayhis-salom): «Barchasi zarbulmasal bo‘lgan...» dedilar. Bu hadisdan uning mavzusi qanday bo‘lganini bilish mumkin. Olimlar uni ma’lum varaqlardan iborat ekani va kitob holiga yetmaganini aytganlar. Keyingisi «Tavrot» bo‘lib, u Muso payg‘ambarga, «Zabur» Dovud payg‘ambarga berilgan. Iso payg‘ambarga «Injil» nozil qilingan. Islom ta’limotiga ko‘ra Muhammad payg‘ambarga (alayhis-salom) «Qur’on» nozil qilingan. Shuningdek, biror payg‘ambarga kitob nozil qilinsa, u o‘zidan avvalgi shariatni o‘zgartirgan yoki butunlay yangi qarashlarni olib kelgan deb hisoblangan.
Payg‘ambarlarga imon keltirish. Islom dini ta’limotiga ko‘ra Allohning insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun yuborgan payg‘ambarlariga imon keltirish vojib hisoblanadi. «...
Do'stlaringiz bilan baham: |