«Yoki ular hech narsadan (ya’ni, Yaratuvchisiz) yaralib qolganmilar?! Yoki ular o‘zlari yaratuvchimilar?! Yoki osmonlar va Yerni ham ular yaratganmi?! Yo‘q! Ular (baribir) imon keltirmaslar» (Tur, 35-36), deyilgan va Xudoning borligiga ishonmaydiganlarga dunyo o‘zidan-o‘zi yaralib qolishi mumkin emasligi aytilgan. Aqida ilmida Allohning yagonaligi masalasi alohida ahamiyatga molik mavzulardan biridir. Buni «tavhid» deyiladi. Tavhid lug‘atda biror narsaga birlik va yagonalikni nisbat berishdir. Istilohiy ma’noda Allohga shirk keltirishning turli shakllaridan voz kechish, Allohning zotida, sifatida, ishlarida, ismlarida, hukmlarida ham sherigi yo‘q deb, e’tiqod qilishga aytiladi. Allohning sherigi yo‘qligi borasida Qur’on oyatlari va hadislarda ko‘plab misollar mavjud. Bu oyatlarda Allohning sherigi bo‘lganida koinotdagi tartib buzilib ketishi ko‘rsatilgan. Jumladan: «Agar ikkisi (Yer va osmon)da Allohdan o‘zga ilohlar bo‘lganida, har ikkisi buzilib ketgan bo‘lur edi. Bas, Arsh egasi bo‘lmish Alloh ular sifatlayotgan (sheriklardan) pokdir» (Anbiyo, 22), «Alloh farzand tutgan emas va U bilan birga biror iloh ham bo‘lgan emasdir. Aks holda, har bir iloh o‘zi yaratgan narsa bilan (kibrga) ketib, bir-biridan ustun bo‘lib olur edi (natijada Yeru osmon buzilib ketgan bo‘lur edi). Alloh ular vasf etayotgan narsadan pokdir» (Mu’minun, 91) oyatlarini keltirish mumkin.
Islom dinida Allohga ishongan kishi uning ismi va sifatlariga ham imon keltirish shart qilib qo‘yiladi. Qur’onda:
Do'stlaringiz bilan baham: |