«Kambagʼallik ayb emas, biroq yoʼqchilik – illat. Birinchisida inson tugʼma olijanob fazilatlarni saqlab qola oladi, ammo yoʼqchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi», Universitetning sobiq talabasi boʼlgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara olmaydi. Natijada, yoʼqchilikdan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori mavqeiga ega boʼlish maqsadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir qiladi. Fojiali jihati – qahramon oʼz jinoyatini oqlaydi. Аmmo hayot qonunlari adolatli – jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo jinoyatchini oʼz aybiga iqror boʼlishga majbur etadi.
Romanda shu mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga goʼzal muhabbat tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbushga keltiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |