Kambag‘allikni aniqlash bo‘yicha metodologiya va nazariyalar mavjudmi? O‘zbekiston tanlagan yo‘l qanday?
Download 21.31 Kb.
|
O`zb.da kambag`allikni aniqlash
19-MODDA
Har bir inson e’tiqod erkinligi va uni erkin ifoda qilish huquqiga ega; bu huquq hech bir tusqsiz o’z e’tiqodiga amal qilish erkinligini hamda axborot va g’oyalarni har qanday vosita bilan, davlat chegaralaridan qat’i nazar, izlash, olish va tarqatish erkinligini o’z ichiga oladi. 20-MODDA 1. Har bir inson tinch yig’inlar o’tkazish va uyushmalar tuzish huquqiga ega. 2. Hech kim biror bir uyushmaga kirishga majbur qilinishi mumkin emas. 21-MODDA 1. Har bir inson bevosita yoki erkin saylangan vakillar vositasi orqali o’z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqiga ega. 2. Har bir inson o’z mamlakatida davlat xizmatiga kirishda teng huquqqa ega. 3. Xalq irodasi hukumat hokimiyatining asosi bo’lishi lozim; bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan, yalpi va teng saylov huquqidan, yashirin ovoz berish yo’li bilan yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o’tkaziladigan saylovlarda o’z aksini topishi lozim. 22-MODDA Har bir inson jamiyat a’zosi sifatida milliy kuch-harakatlar hamda xalqaro hamkorlik vositasida va har bir davlatning tuzilishi, shuningdek, resurslariga muvofiq ijtimoiy ta’minotga va o’zining qadr-qimmatini saqlash, shaxsining erkin rivojlanishi uchun zarur bo’lgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqini amalga oshirishga haqli. 23-MODDA 1. Har bir inson mehnat qilish, ishni erkin tanlash, adolatli va qulay ish sharoitiga ega bo’lish va ishsizlikdan himoya qilinish huquqiga ega. 2. Har bir inson hech bir kamsitishsiz teng mehnat uchun teng haq olish huquqiga ega. 3. Har bir ishlovchi kishi o’zi va oilasi uchun insonga munosib yashashni ta’minlaydigan adolatli va qoniqarli daromad olishga, zarur bo’lganda ijtimoiy ta’minotning boshqa vositalari bilan to’ldiriluvchi daromad olish huquqiga ega. 4. Har bir inson kasaba uyushmalari tuzish va o’z manfaatlarini himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga kirish huquqiga ega. Download 21.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling