Kambag‘allikni aniqlash bo‘yicha metodologiya va nazariyalar mavjudmi? O‘zbekiston tanlagan yo‘l qanday?


Download 21.31 Kb.
bet1/7
Sana18.06.2023
Hajmi21.31 Kb.
#1565905
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zb.da kambag`allikni aniqlash


Kambag‘allikni aniqlash bo‘yicha metodologiya va nazariyalar mavjudmi? O‘zbekiston tanlagan yo‘l qanday?
Kambag‘allikni aniqlash uslubiyoti haqida so‘z borganda, avvalo, mazkur uslubiyot nima uchun kerak, degan savolga javob berish lozim bo‘ladi. Kambag‘allikni aniqlash uslubiyoti davlat tomonidan umumiy aholi tarkibidagi kambag‘al aholi qatlami ulushini aniqlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur hisoblanadi. Bundan tashqari, aholi ijtimoiy himoya tizimidagi asosiy ijtimoiy standartlarni belgilashda kambag‘allik chegarasi zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Jahon amaliyotida kambag‘allik chegarasini aniqlashning asosiy 4 ta: mutlaq, nisbiy, moddiy deprivatsiya va ko‘p o‘lchamli usullari mavjud. Mazkur usullar mamlakat ijtimoiy siyosatining ustuvorligi, iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi hamda ichki imkoniyatlardan kelib chiqib belgilanadi. Qator mamlakatlar milliy kambag‘allik chegarasi sifatida mutlaq yoki nisbiy usuldan foydalanadi.
Mutlaq kambag‘allik chegarasi kishi hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar qiymati orqali aniqlanadi. Jahon tajribasida mutlaq kambag‘allik chegarasining o‘rtacha yillik miqdorini aniqlash uchun aholi jon boshiga YaIMning 25 foizi qabul qilingan bo‘lib, aksar rivojlangan mamlakatlarda (AQSh, Kanada, Niderlandiya) mazkur ko‘rsatkich nisbatan yuqoridir.
Kambag‘allik chegarasini aniqlashning nisbiy usuli esa kishining daromadini jamiyatning qolgan a'zolariga nisbatan taqqoslash orqali aniqlanadi (masalan: aholi daromadlari o‘rtalamasining 50 foizi, 60 foizi va h.k.).
Biroq nisbiy usul jamiyatdagi tengsizlik darajasini inobatga olsa-da, aholining barcha qatlami daromadi hamda kambag‘allik darajasining o‘zgarishini to‘liq ifodalamaydi. Ammo shunga qaramay, bir qator davlatlar kambag‘allik chegarasini belgilashda nisbiy usuldan foydalanadi. Misol uchun, Vengriya, Estoniya, Belarus, Chernogoriya, Rossiya kabi davlatlarda aholi daromadlari mediana qiymatining 60 foizi kambag‘allik chegarasi sifatida qabul qilingan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich mos ravishda Polshada 50, Ukrainada 75 foizni tashkil etadi.
Yuqoridagi usullardan tashqari, amaliyotda monetar usullarning to‘ldiruvchisi sifatida aholining moddiy va ijtimoiy imkoniyatlardan qoniqishlarini baholash (deprivatsiya) usulidan foydalaniladi.
Bunda, kambag‘allik chegarasi insonning ma'lum bir tovar va xizmatlardan foydalana olish imkoniyatini baholash orqali aniqlanadi. Masalan, Yevropa Ittifoqida 9 turdagi tovar va xizmatlarning 4 tasidan foydalana olmaydigan inson kambag‘al hisoblanadi.
Sanab o‘tilgan usullarda kishining ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarda hech qanday to‘siqlarsiz ishtirok eta olishini miqdoriy baholash cheklangan. Shuning uchun jahon tajribasida kambag‘allikni ko‘p o‘lchamli baholash usulidan ham foydalaniladi. Mazkur usuldan Armaniston, Honduras, Dominikan Respublikasi, Kolumbiya, Kosta-Rika, Mozambik, Butan, Pokiston, Panama, Salvador, Chili, Ekvador, ba'zi YeI mamlakatlari hamda BMT Inson taraqqiyoti indeksini hisoblashda foydalaniladi.
Ko‘p o‘lchamli usulda uy xo‘jaligi yoki kishining ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishini ifodalovchi qator indikatorlarga vazn berish orqali binar usulda («ha» javobiga-1, «yo‘q» javobiga-«0») hisoblanadi.
BMT Yevropa Iqtisodiy komissiyasi tomonidan ko‘p o‘lchamli kambag‘allik darajasini hisoblashda aholi turmush darajasi, xizmatlar, sog‘liqni saqlash, ta'lim, bandlik va atrof-muhit ko‘rsatkichlarini hisobga olish tavsiya etiladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda olib borilgan o‘rganishlar natijasida mamlakatimizda kambag‘allik darajasini aniqlash uchun oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlardan iborat bo‘lgan hamda bir kishi uchun zarur bo‘lgan minimal iste'mol xarajatlari qiymati tushunchasi kiritilmoqda. Mazkur usulning o‘ziga xosligi aholi real iste'moli tarkibi va xarakteridan (consumption behavior) kelib chiqadi.

Download 21.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling