Tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari bilan o‘lchanadi


Download 15.5 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi15.5 Kb.
#1157042
Bog'liq
3а-mavzu тестлар (товар) — талабага (1)


3а-MAVZU: TOVAR-PUL MUNOSABATLARI
Qaysi nazariyada “tovarning qiymati unga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlari bilan o‘lchanadi”, deyiladi?

      1. marjinal nazariyada;

b) klassik nazariyada;
c) ratsionalistik nazariyasida;
d) institutsional nazariyada;
2. Mehnat intensivligi nima?
a) mehnatning aniq turining mahsuldorligi;
b) mehnatning sarflanish tezligi va jadalligi;
c) qo‘llaniladigan mehnat hajmining ortishi;
d) qo‘llaniladigan mehnat hajmining qisqarishi;
3. Pulning qaysi vazifasi narxning shakllanishi bilan bog‘liq?
a) muomala vositasi;
b) to‘lov vositasi;
c) qiymat o‘lchovi;
d) jamg‘arma vositasi;
4. Natural xo‘jaligi nima?
a) jamiyat uchun mahsulotni natural holda ishlab chiqaruvchi xo‘jalik;
b) ishlab chiqarishni tashkil etish mashina va texnikalarga emas, qo‘l mehnatiga asoslangan xo‘jalik;
c) bozorda sotish uchun emas, balki xo‘jalikning o‘z xodimlari va ishlab chiqaruvchilarning iste’moli uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan xo‘jalik;
d) aholi va tashkilotlarga sotish uchun iste’mol buyumlari ishlab chiqaruvchi xo‘jalik;
5. Mahsulotning bozor uchun, ayriboshlash orqali bosh­qa­lar­ning ehtiyojini qondirish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarilishi ij­ti­moiy xo‘jalikning qanday shaklini tashkil qiladi?
a) natural xo‘jalik;
b) tovar xo‘jaligi;
c) davlat xo‘jaligi;
d) jamoa xo‘jaligi;
6. Bozor uchun ishlab chiqarilgan, qiymatga va ma’lum bir naflilikka ega bo‘lgan iqtisodiy faoliyat mahsuli – bu:
a) mahsulot;
b) tovar;
c) ne’mat;
d) boylik;
7. Ishlab chiqarilgan mahsulotning qaysi qismi tovarga aylan­may­di?
a) zaxirada turgan qismi;
b) ichki iste’mol uchun foydalaniladigan qismi;
c) qaytadan ishlab chiqarishga jalb qilinadigan qismi;
d) zaxirada turgan, o‘z iste’moli uchun foydalaniladigan va qayta ishlab chiqarishga jalb qilingan qismi;
8. Tovarlarning kishilarning biror bir ehtiyojini qondirish layoqati – bu:
a) ijtimoiy naflilik;
b) keyingi naflilik;
c) naflilik;
d) qiyosiy naflilik;
9. Shaxsiy iste’mol tovarlari nafliligi qanday ehtiyojni qon­di­rish­ga layoqatli?
a) ijtimoiy ehtiyojni;
b) shaxsiy ehtiyojni;
c) unumli ehtiyojni;
d) ishlab chiqarish ehtiyojini;
10. Tovar (xizmat)larning almashuv qiymati pul vositasida hisoblanganda va baholanganda qanday vazifani bajaradi?
a) qiymat o‘lchovi;
b) muomala o‘lchovi;
c) to‘lov vositasi;
d) jamg‘arish;
Download 15.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling