Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasi va tamoyillari
Download 8.84 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-mavzu
Xitoy Xalq Respublikasi
Har bir rahbar yoki partiya xodimi xalqqa g‘amxo‘rlik qilishi va to‘rt-beshta oilani o‘z homiyligiga olishi kerak. Kam ta'minlanganlarga ijtimoiy nafaqalar o‘rniga urug‘lar, ko‘chatlar, mikrokreditlar, axborot xizmatlari, texnologik yordam, mukofot va boshqa turdagi rag‘batlantirishlar ajratiladi. Aholiga bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlash va moliyaviy savodxonlik asoslari o‘rgatiladi. Joylarda mahalliy chorvachilik, dehqonchilik va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kurslar olib boriladi. Har bir oila a'zosi kamida bitta kasbni egallashi shart. Muhtoj oilalarga yashash sharoitlarini yaxshilash uchun 100 ming yuan (14 ming AQSh dollari atrofida) miqdorida mablag‘ ajratiladi Mahalliy hokimiyat ko‘magi bilan kam ta'minlangan oilalarda ta'mirlash ustaxonasi, fermer xo‘jaligi yoki kichik ishlab chiqarish sexi tashkil etiladi. Aholining kam ta'minlangan qismiga ijtimoiy kafolatlar - ta'lim, tibbiy xizmat va uy-joy beriladi. Hukumat xalq bilan o‘zaro ishonchli munosabat o‘rnatdi 2022 yili 1 million nafar, 2023 yil birinchi chorakda 210 ming aholi kambag‘allikdan chiqarildi. Har yili oilaviy tadbirkorlikka 13 trillion so‘m kredit va 1 trillion 500 milliard so‘m subsidiyalar ajratilayapti. “Ijtimoiy himoya reyestri” orqali 2 million 300 ming muhtoj oila, xotin-qizlar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan vatandoshlarimiz moddiy yordam bilan qamrab olindi. Oxirgi besh yilda yurtimizda tadbirkorlar soni 285 mingdan 590 mingtaga ko‘paydi. Bitta tumanda 2,5 mingdan ortiq yoki bir mahallada 50 nafardan tadbirkorlar sinfi shakllandi Aholini kasb-hunarga o‘qitish uchun har yili davlat tomonidan 200 milliard so‘m ajratilyapti. 1 iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshirildi. Dasturga 2023-2024-yilda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Bu mablag‘lar hisobidan tadbirkorga kambag‘al oilalar a’zosini kasbga o‘qitib, ishli qilishiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi. 1 iyundan boshlab “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi amalga oshirilishi ma’lum qilindi Unda ishtirok etish ixtiyoriy bo‘ladi. Dasturga 2023-2024-yilda jami 1 milliard dollar ajratiladi. Bu mablag‘lar hisobidan tadbirkorga kambag‘al oilalar a’zosini kasbga o‘qitib, ishli qilishiga qarab, amaldagidan past foizlarda va uzoqroq muddatga kredit beriladi. 5 million so‘mgacha ish haqi to‘layotgan tadbirkorlarga ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravar kamaytiriladi. Kambag‘al oila a’zosi ham daromad solig‘idan ozod qilinadi. Barcha soliqlardan qarzdorlikni bir yilgacha kechiktirib to‘lash imkoni beriladi. Bojxona rasmiylashtiruvida “yashil yo‘lak” tartibi qo‘llaniladi. Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga soliqlardan alohida imtiyozlar beriladi. Jumladan, kamida 20 foiz kambag‘al oila a’zosini bir yil davomida ish bilan ta’minlasa, mol-mulk va yer soliqlaridan ozod qilinadi. Qiymati 50 milliard so‘mdan yuqori loyihalar bo‘yicha infratuzilma xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Ushbu yangi tizim asosida joriy yilda 550 ming aholini o‘qitib, kambag‘allikdan chiqarishga erishiladi Vazirlik yil yakuniga qadar kambag‘allik darajasi 14,1 foizdan (1 mln 307 ming oila) 12 foizga (1 mln 180 ming oila) tushirilib, 130 mingga yaqin oila, ya’ni 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish belgilanganini qayd etgan. Download 8.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling