Kamchiliklari


Download 84.13 Kb.
bet8/16
Sana03.02.2023
Hajmi84.13 Kb.
#1156974
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Kamchiliklari

Fonematik tahlil. Sintez va fonematik tasavvurlarni tekshirish.
Bu foaliyatni tekshirish bola nutqining barcha tomonlari - lug’at, fonetik ukuv, grammatik to`zilishni rivojlantirish rejasida olib boriladigan logopedik ish uchun zarurdir.

Fonematik tahlilni tekshirish


Bunda bolalarning quyidagi kobiliyatlarini aniqlash zarur:

  • so`z boshidagi tovushni aniqlash;

  • so`z ichidan kerakli tovushlarni aniqlash;

  • juft tovushlarni bir-biridan ajratish: b-p, t-d, s-z, sh-j;

  • tovushning so`zdagi urnini aniqlash: masalan, so`zda uchinchi bo`lib qanday tovush kelyapti;

  • tovushning so`zdagi ketma-ketligini aniqlash;

  • so`zdagi tovushlar sonini aniqlash: masalan, so`zda nechta tovush bor?

Fonematik sintezni tekshirish


Bunda bolalarning quyidagi kobiliyatini aniqlash zarur:

  • ketma-ket tovushlardan bo`g’inlar tuzish.

Fonematik tasavvurni tekshirish


Bunda bolalarga quyidagi topshiriqlar beriladi:

  • berilgan tovush ishtirokida so`z uylab topish;

  • nomlari oppozision tovushlar bilan boshlanadigan narsalarga oid

rasmlarni ikki qatorga ajratish. Masalan, s-sh, ch-s, r-ya va boshqalar.

Nutq prosodik komponentlarining holati


    • sur’at: me’yorda, sekinlashgan, tez;

    • oxang: me’yorda yoki aritmiya;

    • ovoz: me’yorda, bo`g’iq, xiqildoq, zaif, past;

    • ovoz yo`g’on-ingichkalilik: yumshoq, qattiq;

    • ovozning tez va qattiqligi: qattiq, yumshoq, yo`q;

    • nafas: me’yorda, tezlashgan, sekinlashgan;

    • nafas olish chuqurligi: me’yorda, yuzaki.

Lug’at boyligi holatini o`rganish


Suhbat vaqtida bolalar nutqini kuzatish bola lug’ati boyligi haqida ma’lum tasavvurlarni beradi. Lekin nutq kamchiliklarini mufassal aniqlash uchun bolaning maqsadga qaratilgan lug’at boyligi darajasini belgilab olish zarur.
Lug’at boyligini tekshirish uchun maxsus usullar qo`llaniladi: narsalarni nomlash, narsalarni tasvirlanishiga ko`ra nomlash, narsalar nomini umumlashtirish va boshqalar.
Bolaga narsalar yoki narsalar tasvirlangan rasmlar, ularning harakati, sifati va belgilarini taklif etiladi. Narsa va rasmlar mavzular bo`yicha tanlanadi: o`yinchoqlar, idish-tovoqlar, uy jihozlari, kiyimlar, oyoq kiyimlari, odamning tana qismlari, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, o`simliklar, odamlar kasbi, yil fasllari.
Bolaga yana quyidagi vazifalar taklif etiladi:

    • rasmlar bo`yicha va ko`rsatilgan ish harakatini nomlash;

    • «Bola nima qilyapti?» - bola ish harakatini nomlash bilan savolga javob berishi kerak. «Men nima kilyapman?» - ish harakati amalda namoyish etiladi;

    • narsalarni nomlash. Bola nomlashi kerak bo`lgan narsalar yoki ularning harakati, sifat belgilari tasvirlangan narsalar rasmi ko`rsatiladi. Bunda logoped bolaga savollar orqali murojaat etadi: «Bu nima?», «Bu kim?», «Nima qilyapti?», «Qanday?», «Kimniki?»;

    • tasvirlanganiga ko`ra narsalarni nomlash: «Qaysi hayvon sut beradi?»,

«Nima bilan yozamiz?» va boshqalar;

    • umumlashtiruvchi so`zlarni ajratish: bir qator narsalarni yoki narsalarga oid rasmlarni bitta umumiy so`z bilan nomlash. Masalan: olma, anor, uzum, bexi, shaftoli, anjir, limon, yoki ularning rasmlari ko`rsatiladi va savol beriladi: «Bu ko`rsatilgan narsalarni bir so`z bilan qanday nomlaymiz?» bunda imkoni boricha turli bo`g’inli so`zlar talaffuzi tekshiriladi: parafaziya, perseverasiya, eliziya, kontaminasiyaning bor yoki yo`qligi belgilanadi.

    • rasmlardan foydalangan holda ularni harakati bilan nomlash taklif etiladi. Bolaga rasmlarni ko`rish taklif etiladi, bunda bola ramsdagi narsa qanday

harakat kila olishini aytib berishi lozim (tayyora uchayapti, kaldirgoch uchayapti, qo`g’irchoq o`tiribdi, bola yuguryapti, Qiz so`zyapti). Quyidagi savol bilan bolaga murojaat etish mumkin: «Bola nima kilayapti?» va hokazo.

    • Narsaning belgisini aniqlash. Osmon qanday? - (havo rang), palto kimniki? - (onamniki).

    • Ma’nodosh so`zlar va antonimlarni tanlash: issik-sovuk, shirin- achchik, baland-past, yo`g’on-ingichka.

    • Bir o`zakli so`zlarni bilish (bog’cha, bog, bogbon).

    • Otlardan sifat hosil qilish: «Stol yogochdan qilingan». Qanday stol? (yogochli); «Mashina temirdan qilingan. Qanday mashina? (temirli); «Guruchli taom». Qanday taom? (guruchli).




Download 84.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling