Kameral soliq nazorati, uni tashkil qilish va o’tkazish


Kameral soliq nazorati va o`tkazish mexanizmi


Download 99.37 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi99.37 Kb.
#1719603
1   2   3   4
Bog'liq
Nigmatova Nargiza

Kameral soliq nazorati va o`tkazish mexanizmi.


Kameral nazorat soliq to’lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to’lovchining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir. Kameral nazorat soliq to’lovchining huzuriga bormasdan davlat soliq xizmati organi joylashgan yerda amalga oshiriladi. Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan kameral nazorat jarayonida soliq hisobotini to’ldirishda xatoliklarga yo’l qo’yilganligi yoki taqdim etilgan soliq hisobotidagi va davlat soliq xizmati organlaridagi ma’lumotlar o’rtasida ziddiyatlar borligi aniqlansa, bu haqda soliq to’lovchiga tegishli tuzatishlar kiritish talab qilingan holda yozma shaklda xabar qilinadi. Soliq to’lovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etish uchun nazarda tutilgan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha tuzatilgan soliq hisobotini yoxud aniqlangan tafovutlarning asosini talabnoma olingan kundan e’tiboran o’n kunlik muddatda taqdim etishi shart.


Xulosa
Soliq kodeksi 70-moddasining birinchi qismiga muvofiq, kameral nazorat soliq to’lovchi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, shuningdek soliq to’lovchining faoliyati to’g’risida davlat soliq xizmati organidagi mavjud boshqa hujjatlarni o’rganish hamda tahlil etish asosida amalga oshiriladigan nazoratdir, soliq Kodeksi 71-moddasining sakkizinchi qismiga muvofiq naqd pul tushumi kelib tushishining xronometraji natijalaridan faqat taqdim etilayotgan soliq hisoboti to’g’riligini tahlil etish uchun, shuningdek soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini yuritish uchun foydalaniladi. Kameral nazorat yoki xronometraj natijasi soliq to’lovchini javobgarlikka tortish uchun asos bo’la olmaydi.
Lekin O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 96-moddasiga asosan, soliq to’lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo’yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmaganda davlat soliq xizmati organi soliq to'lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Download 99.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling