Kameral soliq nazorati, uni tashkil qilish va o’tkazish


Download 99.37 Kb.
bet1/4
Sana25.10.2023
Hajmi99.37 Kb.
#1719603
  1   2   3   4
Bog'liq
Nigmatova Nargiza


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MOLIYA INSTITUTI


Fan nomi: Soliqlar va soliqqa tortish
MUSTAQIL ISH

Kameral soliq nazorati, uni tashkil qilish va o’tkazish


mexanizmi
mavzusida

Guruh: Smmt-95/21


Bajardi: Nigmatova Nargiza


Toshkent – 2023
Reja:

  1. Soliq nazorati va uning turlari.

  2. Kameral soliq nazorati va uni tashkil qilish tartibi.

  3. Kameral soliq nazorati va o`tkazish mexanizmi.

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar






Soliq nazorati va uning turlari.


O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan soliq tekshiruvi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, prokuratura organlari tomonidan amalga oshiriladigan soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirishdir.
Soliq tekshiruvi soliq to’lovchining moliya-xo’jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) va qisqa muddatli tekshiruv shaklida amalga oshiriladi.
Amaldagi Soliq kodeksiga muvofiq;

  • soliq to’lovchilarni hisobga olish;

  • soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarni hisobga olish;

  • byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish;

  • kameral nazorat;

  • naqd pul tushumlari kelib tushishining xronometraji;

  • soliq tekshiruvlari;

  • fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo’llash;

  • aktsiz to’lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish;

  • davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablag’lari davlat daromadiga o’z vaqtida va to’liq tushishini nazorat qilish

















boshqa majburiy to’lovlarni undirish vazifasini amalga oshiradigan davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish.


Soliq nazorati amalga oshirilayotganda qonun hujjatlarining qoidalarini buzgan holda soliq to’lovchi to’g’risida axborot to’plash, saqlash, undan foydalanish va uni tarqatishga, shuningdek soliq sirini oshkor qilishga yo’l qo’yilmaydi.
Qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda olingan soliq to’lovchi to’g’risidagi hujjatlar yoki boshqa axborot soliq to’lovchini soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo’la olmaydi.
Soliq solish ob’ektlarini va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlarni hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq to’lovchi bo’yicha hamda u to’layotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha, soliq solish ob’ektlari hamda soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi.
Soliq solish ob’ektlari va soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasi soliq to’lovchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarining ma’lumotlari, ushbu Soliq kodeksining 84-moddasida nazarda tutilgan organlar, tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar, shuningdek davlat soliq xizmati organlari boshqa manbalardan to’plagan, shu jumladan soliq tekshiruvlari vaqtida to’plagan axborotlar asosida shakllantiriladi.
Soliq solish ob’ektlari hamda soliq solish bilan bog’liq ob’ektlar to’g’risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan belgilanadi.

Download 99.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling