Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti


Download 166.98 Kb.
bet3/3
Sana09.06.2023
Hajmi166.98 Kb.
#1468817
1   2   3
Bog'liq
Quron suralari va oyatlari manosi esse

Izoh: Alloh taolo kecha va kunduzning har bir daqiqa va soniyasida biror ishni qilib turgan boʻladi. Masalan, birovni kechiradi, birovning hojatini chiqaradi, kimningdir darajasini koʻtaradi, kimnidir pastlatadi, nimanidir yaratadi, kimlarnidir dunyoga keltiradi, kimlarnidir vafot ettiradi. Bu oyati karima Alloh shanba kuni yoki yakshanba kuni dam oladi deydigan qavmlarning aqidasi qanchalik puch ekanligiga dalildir. Zero, Alloh taolo mabodo bir lahza dunyoni tasarruf etishdan toʻxtasa, yeru osmon vayron boʻlib ketgan boʻlur edi.
30. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
31. Yaqinda (Qiyomatda) sizlar(ni hisob-kitob qilish) uchun foriq boʻlajakmiz, ey, insu jinlar!
32. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
33. Ey, jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va Yer hududlaridan oʻtib ketishga qodir boʻlsangizlar, oʻtib ketaveringizlar! Sizlar kuch-qudratsiz sira oʻtib keta olmassizlar!
34. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
35. (U Kunda) ustingizga olovdan iborat bir alanga va tutun yuborilurki, sizlar (unga qarshi) yordam topa olmassizlar.
36. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
37. Bas, qachonki, (Qiyomat qoyim boʻlgach,) osmon yorilib, (jahannam haroratidan) yogʻ kabi qizarib qolganida,
38. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
39. Ana oʻsha Kunda na ins va na jindan (qilib oʻtgan) gunohi toʻgʻrisida soʻrab oʻtirilmas.
40. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
41. (Balki) jinoyatchi (osiy) kimsalar oʻz belgilaridan tanilib, peshona sochi va oyoqlaridan tutilurlar (va jahannamga tashlanular).
42. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
43. Jinoyatchi (osiy)lar yolgʻon deydigan jahannam mana shudir.
44. Ular oʻsha (jahannam) bilan oʻta qaynoq suv oʻrtasida aylanib tururlar.
45. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
46. Parvardigori (huzurida) turishdan (soʻralishdan) qoʻrqqan kishi uchun ikki jannat (bogʻli) bordir.
46. Parvardigori (huzurida) turishdan (soʻralishdan) qoʻrqqan kishi uchun ikki jannat (bogʻli) bordir.
47. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
48. (U ikki jannat bogʻli qalin) shox-novdalarga egadir.
49. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
50. U ikkisida ikki oqin chashma bordir.
51. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
52. U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir.
53. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
54. (Ahli jannat) astarlari shoyidan boʻlgan koʻrpachalar uzra yastangan hollarida (oʻtirurlar). U ikki jannat mevasi yaqindir.
55. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
56. U (jannat)larda shunday koʻzlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (qiz)lar borki, ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.
57. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
58. Ular (ning badanlari) goʻyoki yoqut va marjondirlar.
59. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
60. Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ehson (ezgulik)dir.
61. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
62. U ikkisidan quyiroqda yana ikki bogʻ bordir.
63. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
64. Ikkisi (sersuv va sersoyalikdan) toʻq yashildirlar.
65. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
66. U ikkisida (suvi) tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir.
67. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
68. U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir.
69. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
70. U (jannat)larda xushxulq va husndor (ayol)lar bordir.
71. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
72. (Ular) chodirlarda asraluvchi hurlardir.
73. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
74. Ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.
75. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
76. (Jannat ahli) yashil yostiqlar va goʻzal gilamlar uzra yastangan hollarida (oʻltirurlar).
77. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi neʼmatlarini inkor etasizlar?!
78. Ulugʻlik va ikrom sohibi boʻlmish Rabbingizning ismi barakotlidir.
Download 166.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling