2-shart. “Mening bo‘sh vaqtim”. Ushbu shartda ishtirokchi bo‘sh vaqtini aniq bir yo‘nalishga qaratgan holda sohaga oid qiziqishi va qobiliyati (kitob o‘qish, sport bilan shug‘illanish, madaniyat, san’at, ta’lim, IT yo‘nalishi, volontyorlik harakati va boshqalar)ni namoyish etadi. Shart uchun 5 daqiqagacha vaqt beriladi.
Shartni bajarish darajasi, saviyasiga qarab jami 10 ballgacha baho qo‘yiladi. Bunda, shartni a’lo darajada bajargan ishtirokchiga 10 ball, yaxshi bajargan ishtirokchiga 7 ball, qoniqarli bajargan ishtirokchiga 4 ball beriladi.
Ishtirokchilarning shartni bajarish mahoratidan kelib chiqqan holda hay’at a’zolari tomonidan oraliq ballar (1, 2, 3, 5, 6, 8, 9, 10) belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |