IV bob. Tanlov shartlari va baholash mezoni.
4.1. Tanlovda har bir yo‘nalishdan kelib chiqib ishtirokchi o‘zining erishgan yutuqlari, ishtirok etgan tanlov va festival diplom va faxriy yorliqlarini ilova qiladi.
4.2. Tanlov ishtirokchilari 50 ballik tizimda hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi.
4.3. Tanlov shartlari va baholash mezonlari.
1-shart. Men – sardorman! Ushbu shartda ishtirokchi o‘zi tahsil olayotgan ta’lim muassasasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, boshlang‘ich tashkilot va o‘zining o‘tkan o‘quv yilidagi sardorlik faoliyatini badiiy chiqish orqali tanishtiradi. Chiqishda video va ko‘rgazmali vositalardan foydalanishga ruxsat etiladi. Shart uchun 5 daqiqagacha vaqt beriladi.
Ishtirokchilarning 1-shartni bajarish mahorati, imidji, notiqlik maxorati, sahnada o‘zini tutish madaniyati kabi va chiqishning mazmuniga qarab jami 10 ballgacha baho qo‘yiladi. Bunda, shartni a’lo darajada bajargan ishtirokchiga 10 ball, yaxshi bajargan ishtirokchiga 7 ball, qoniqarli bajargan ishtirokchiga 4 ball beriladi.
Ishtirokchilarning shartni bajarish mahoratidan kelib chiqqan holda hay’at a’zolari tomonidan oraliq ballar (1, 2, 3, 5, 6, 8, 9,10) belgilanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |