3-shart. “Intellektual ring”. Ushbu shartda ishtirokchilar 5 daqiqa vaqt mobaynida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda tegishli yo‘nalish sardorlik faoliyatiga oid 5 ta savolga javob berishlari lozim.
Bunda har bir savolga 1 daqiqa vaqt ajratiladi.
Ishtirokchilarning ushbu shartni bajarish darajasi va saviyasiga qarab har bir savolga berilgan to‘g‘ri javob uchun 2 ball, jami 5 ta savolga berilgan to‘g‘ri javob uchun 10 ballgacha baholanadi.
Savollar tanlovning respublika bosqichini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan tuzilib, yopiq konvertlarda olib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |