V bob. G‘oliblarni taqdirlash.
5.1. Tanlovning tuman (shahar) bosqichi g‘oliblariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining mahalliy Kengashlari, Xalq ta’limi bo‘limi va Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan diplom va esdalik sovg‘a (badiiy kitoblar jamlanmasi)lari topshiriladi.
5.2. Tanlovning hududiy bosqichi g‘oliblariga O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlari, Xalq ta’limi boshqarmalari va Yoshlar ishlari agentligi hududiy boshqarmalari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshiriladi.
5.4. Tanlovning respublika bosqichida ishtirokchilar quyidagi tartibda taqdirlanadi:
Har bir yosh toifasidan kelib chiqib yo‘nalishlar kesimida “Yil sardori” deb e’lon qilinadi.
5.5. Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari diplom, statuetka va badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi. Shuningdek g‘oliblar “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoniga tavsiya etilishi mumkin.
VI bob. Yakuniy qoidalar.
6.1. Tanlovning Respublika bosqichi sardorlar forumi tarzida tashkil etiladi. Mazkur forum doirasida har bir hududdan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan) yil davomida namunali faoliyat yuritib kelgan 10 nafardan jami 140 nafar sardorlar Kengashi a’zolari ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |