O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkilotining
“Yil sardori” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar.
1.1. Mazkur Nizom O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar
tashkilotining “Kamalak” va “Ittifoq” sardorlari (yo‘nalishidan qat’iy nazar, sinf,
maktab, tuman (shahar), hududiy hamda Respublika sardorlari ham ishtirok etishi
mumkin) o‘rtasida “Yil sardori” ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda tanlov) o‘tkazish
tartibini belgilaydi.
1.2. Tanlov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq ta’limi vazirligi va Yoshlar ishlari
agentligi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.
1.3. Tanlovda Respublikada istiqomat qilayotgan millati va tilidan qat’iy nazar sinf,
maktab, tuman, shahar va hududiy sardorlar ishtirok etadi. Ishtirokchilar talabidan kelib
chiqib, ularning Tanlov jarayonida rus va qoraqalpoq tillaridan foydalanishiga ruxsat
beriladi.
1.4. Tashkiliy qo‘mita Tanlov Nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish
vakolatiga ega.