“Камолот” ёшлар ижтимоий ҳаракатининг ўрта махсус, касб-ҳунар таълими муассасаларидаги бошланғич ташкилотлари сардорлари ўртасида
Download 189.79 Kb. Pdf ko'rish
|
Yil sardori (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bosqich (hududiy)
1-bosqich (maktab): barcha maktablar miqiyosida mart oyining ikkinchi o‘n
kunligida o‘tkaziladi. 2-bosqich (mahalliy): barcha tuman (shahar)lar miqyosida mart oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi. 3-bosqich (hududiy): Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida aprel oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi. 4-bosqich (respublika): hududiy bosqichlarda g‘olib bo‘lgan sardorlar o‘rtasida har yili may oyida an’anaviy “Kamalak” bolalar tashkilotining Anjumani doirasida o‘tkaziladi. 3.4. Tanlovni o‘tkazishda mas’ul hamkor tashkilotlarning tegishli mahalliy va hududiy boshqarmalari bilan barcha bosqichlarni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy guruhlar tuziladi. 3.5.Hakamlar hay’ati tarkibi hamkor vazirlik va idoralarning 5 nafar tajribali mutaxassislaridan shakllantiriladi, ulardan 1 nafari hakamlar hay’ati raisi etib tayinlanadi. 3.6. Tanlovning 1-bosqichi yakuniy natijalari va 2-bosqichda ishtirok etish uchun yuboriladigan g‘oliblar haqidagi ma’lumotlar maktab direktori kuzatuv xati, hakamlar hay’ati qarori nusxasi, tasdiqlangan ishtirokchilar ro‘yxati tanlov o‘tgandan so‘ng bir kun muddatda tuman (shahar)da tashkil etilgan tashkiliy guruhga taqdim etadi. 3.7. Tanlovning 2-bosqichi yakuniy natijalari va 3-bosqichda ishtirok etish uchun yuboriladigan g‘oliblar haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi (tuman (shahar) Kengashi xati, hakamlar hay’ati qarori nusxasi, tasdiqlangan ishtirokchilar ro‘yxati tanlov o‘tgandan so‘ng uch kun muddatda hududiy tashkiliy guruhga taqdim etiladi. 3.8. Tanlovning 3-bosqichi yakuniy natijalari va 4-bosqichda ishtirok etish uchun yuboriladigan g‘oliblar haqidagi ma’lumotlar (O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Hududiy Kengashining xati, hakamlar hay’ati qarori nusxasi, tasdiqlangan ishtirokchilar ro‘yxati tanlov o‘tgandan so‘ng uch kun muddatda Respublika tashkiliy guruhiga taqdim etiladi. 3.9. Qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan hollarda tavsiya etilgan ishtirokchi ko‘rik-tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish huquqidan mahrum etiladi. 3.10. Tanlovning respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan sardorlarning keyingi yillarda mazkur tanlovda qayta ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi. Download 189.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling