Kamolova nigina


Download 415.31 Kb.
bet1/3
Sana09.04.2023
Hajmi415.31 Kb.
#1346395
  1   2   3
Bog'liq
Kamolova nigina TAYYOR 4

Kamolova nigina

Byudjetlar munosabatlari hamda qarzlar hisobi


Byudjet ssudalari-belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan byudjet ssudasi oluvchi moliya organi bilan byudjet ssudasi beruvchi moliya organi o’rtasida tuzilgan “Byudjet ssudasini berish to’g’risidagi shartnoma” asosida beriladi va qaytariladi. Byudjet ssudasi tegishli byudjetdan to’lov topshiriqnomasini tuzib byudjet ssudasi olayotgan byudjetni ijro etayotgan moliya organining bank muassasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari deposit hisobvarag’i”ga o’tkazib berish yo’li bilan amalga oshiriladi. Byudjet ssudasini qaytarish- “Byudjet ssudasini berish to’g’risidagi shartnoma”da ko’rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi. Byudjet ssudasini qaytarish: mablag’larni byudjet ssudasi olgan mahalliy byudjetga kelib tushadigan mablag’lar hisobidan to’lov topshiriqnomasini tuzib o’tkazib berish; yuqori byudjetlardan mahalliy byudjetlarga o’tkazilishi lozim bo’lgan rejalashtirilgan dotatsiyalar yoki subvensiyalar hisobiga o’zaro qoplash; yuqori byudjet bilan quyi byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha ularning qarzlari hisobiga o’zaro qoplash hamda mablag’larni byudjet ssudasi olgan quyi mahalliy byudjetni ijro etayotgan moliya organining bank muassasidagi “Mahalliy byudjet mablag’lari deposit hisobvaragi” yuqori moliya orgaani tomonidan inkasso topshiriqnomasi berish yo’li bilan ham amalga oshiriladi.
Byudjet -(ing. budget — hamyon, mablagʻ) — belgilangan muddat (yil, kvartal) uchun ishlab chiqilgan, meʼyorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va harajatlar yigʻindisi. B. davlat darajasida (qarang Davlat byudjeti), shuningdek viloyat, tuman (mahalliy hokimiyat), xoʻjalik subʼyektlari, oila yoki shaxs darajasida tuzilishi mumkin. B.ni tuzish va belgilangan tartibda tasdiqlash oʻz navbatida uning amal qilishi hamda bajarilishi ustidan nazorat yuritishni talab qiladi. B.da harajatlarning daromadlardan ortib ketishi B. taqchilligi muammosini keltirib chiqaradi (qarang Byudjet taqchilligi), shu bois doimiy ravishda ularning muvofiqligi taʼminlab boriladi

Download 415.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling