Kampyuter injeniring


Download 121.8 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2023
Hajmi121.8 Kb.
#1629567
Bog'liq
amaliy ish akademik 2



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI 
 
 
 


 

“KAMPYUTER INJENIRING “ FAKULTETI
KI-14-22 GURUH TALABASINING 
AKADEMIK YOZUV FANIDAN 

AMALIY ISH-2 
 
TOPSHIRDI:
ABRAYEV . SH
 

TEKSHIRDI: 
YULDOSHEVA. R 


MUZEYLAR O’TMISH VA KELAJAGIMIZ O’RTASIDA KO’PRIK 
REJA.
1.O‘tmish va kelajak o‘rtasidagi ko‘prik. 
2. O’zbekistondagi muzeyar.
3. Sohaviy terminlar. 
Yurtimiz tarixi, xalqimizning boy ma’naviy merosi haqida tushunchaga ega bo‘lish, 
undan bugungi avlodni xabardor etishda muzeylarning o‘rni katta. Shu bois, 
mamlakatimizda mazkur muassasalar faoliyatini takomillashtirish, ularning zamon 
talablari darajasida ish olib borishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonuni hamda 
Prezidentimizning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va 
takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni bu boradamuhim dasturilamal bo‘lib xizmat 
qilayotir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11- iyuldagi 
“Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘tgan yil 2-8-sentabr kunlari viloyatda 
“Muzeylar haftaligi” yuqori saviyada tashkil etilib, ellikdan ortiq ko‘rgazma va 
ekspozitsiyalar namoyish qilindi. Bu sa’y-harakatlar natijasida bugungi kunda 
muzeylar aholi hordiq chiqaradigan, o‘quvchi va talaba-yoshlar uchun madaniy-
ma’rifiy tadbirlar, dars mashg‘ulotlari o‘tkaziladigan ma’naviy maskanga aylanib 
bormoqda. Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga 
ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o`tmishimiz, tariximiz aks 
etgan. O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov : “Tarixsiz – 
kelajak yo`q “,- deganlaridek, tariximizni bilish, uni o`rganish bizning oliy va sharafli 
burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi. 
Muzey-qo‘riqxona xodimlari viloyatdagi korxona va tashkilotlar, ta’lim 
muassasalarining o‘z muassasalari tarixiga oid materiallar jamlangan muzeylarni 
tashkil etishga ham uslubiy yordam ko‘rsatib kelmoqda. Muzeyqo‘riqxona qoshida 
faoliyat ko‘rsatayotgan “Gid-ekskursovodlar tayyorlash markazi”da har yili yuzlab 
yoshlar mazkur soha bo‘yicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lib, muzeylar, tarixiy 
obidalarda sayyohlarga xizmat ko‘rsatmoqda. O‘tgan yili markaz tomonidan tarixiy 
obidalar va muzeylar ekspozitsiyalari bo‘yichatayyorlangan ekskursiya matnlari kitob 
shaklida chop etildi. “Muzeyda ekspozitsiyalar, doimiy va ko‘chma ko‘rgazmalar 
tashkil etish” bo‘yicha uslubiy qo‘llanma nashr qilindi. Muzeylarda konseptual 
dasturlar asosida amalga oshirilayotgan bunday ishlar xalqimiz, avvalo, yoshlarning 
yurtimiz tarixi va madaniyatiga oid bilimini boyitish, tarix va kelajak o‘rtasidagi 
ko‘prikni mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz. O‘zbekistonda hozirgi kunda 
350 dan ortiq muzey va muzey faoliyati bilan bog‘liq ko‘rgazma muassasalari 
mavjud. Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ularning 90 tasi davlat 


muzeylaridir. “Xususan, Madaniyat vazirligi tizimida 79 ta (shundan 32 tasi filial) 
muzeylar faoliyat ko‘rsatmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida. Bundan tashqari, 
O‘zbekistonda uchta yirik — Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida muzey-
qo‘riqxonalar mavjud bo‘lib, ular tarkibida 38 ta muzey ishlab turibdi. Madaniyat 
vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston muzeylari fondida xalq tarixi bilan 
bog‘liq 2,4 milliondan ziyod nodir eskponatlar saqlanmoqda. Temuriylar Tarixi 
Davlat Muzeyi. Temuriylar Tarixi Davlat Muzeyi 1996 – yilda O’zbekiston 
Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan, Amir Temur 
tavaluddining 660 yilligi nishonlanishi arafasida ochildi. 2007 – 2011 – yillar 
oralig’ida esa "Temuriylar davriga oid qo’lyozmalarni O’zbekiston hududi va uning 
tashqarisida o’rganinsh" keng qamrovli loyihasi amalga oshirildi va natijada 
Temuriylar sulolasiga tegishli bo’lgan yodgorliklar dunyoning turli burchaklaridan 
yurtimizga qaytib olib kelindi. Hukumat taqdim etgan rasmiy ma’lumotlarga ko’ra 
hozirda, muzey fondida 5000 dan ziyod tarixiy yodgorliklar saqlab kelinmoqda. 
Muzeyning eng asosiy eksponati bu – xalifa Usmon Qur’on kitobining ko’chirma 
nusxasidir. O'zbekiston Tarixi Davlat Muzeyi. Markaziy Osiyoning eng qadimiy 
muzeylaridan biri bo’lgan - O’zbekiston Tarixi Davlat Muzeyiga 136 yil ilgari asos 
solingan. Muzey kompozitsiyasi ibtidoiy jamoa davridan boshlab yangi tarixgacha 
bo’lgan davrlarga oid jami 250 ming eksponatni o’z ichiga. O’zbekiston tarixining 
turli davrlariga tegishli bo’lgan 60 ming arxeologik, 80 mingdan ziyod numizmatik va 
16 ming etnografik yodgorliklar muzeyning to’rt qavatli binosi bo’ylab joylashtirib 
chiqilgan. “Buyuk allomalar muzeyi” — Davlatimiz rahbari taklifi bilan muzey 
shunday nomlandi. Qo‘qonda shahar musiqali drama teatri, “Buyuk allomalar 
muzeyi” va teatr, san’at va madaniyat xodimlari uchun yangi uyjoy binosini o‘z 
ichiga olgan ansambl barpo etildi. I. V. SAVITSKIY NOMIDAGI SAN‘AT 
MUZEYI. I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyi - 
respublikadagi yirik muzeylardan; Nukus shahrida 1966 yilda tashkil topgan, 1984 
yildan N.V.Savitskiy nomi bilan ataladi. Muzeyga I.Savitskiyning sa'y-harakati va u 
to‘plagan qoraqalpoq xalq amaliy san'ati asarlari negizida asos solingan. Muzeyning 
umumiy maydoni 6,9 ming kv.m. Muzey xalq amaliy san'ati, qadimiy va o‘rta asrlar 
Xorazm san'ati, 1920-30-yillar o‘zbek va rus tasviriy san'ati, qoraqalpoq zamonaviy 
rang-tasviri va haykaltaroshligi, ilmiy-ma'rifiy bo‘limlar, kutubxona (10 ming dona 
asar), fond hamda ta'mirlash usta-xonasiga ega. Fondida 85 mingdan ortiq eksponat 
mavjud (2004). Iqtisodiyot terminologiyasini, umuman, boshqa soha 
terminologiyalarini ham boyitishda ona tili imkoniyatlaridan foydalanish haqida gap 
ketganda quyidagi uch holatga e’tibor berish zarur bo‘ladi: 1. Muayyan bir tilda, 
shuningdek, o‘zbek tilida ham iqtisodga oid tushunchalarni aniq ifodalovchi qator 
leksemalar qadim-qadimdan qo‘llab kelinmoqda. O‘zbek adabiy tili boyligining bir 
qismi o‘laroq, bunday so‘zlar keyinroq, konkret terminologik tizim vujudga kela 
boshlashi bilan iqtisod fanining maxsus tushunchalarini ifodalash uchun jalb qilina 
boshlangan edi. Masalan, haq, bitim, pay, garov, dallol, pul, so‘m, sug‘urta, savdo, 
omonat, g‘amlama va boshqalar. Sohaviy terminlar va ularning qo’llanish 



Download 121.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling