Kampyuter injeniring


Download 110.09 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.06.2023
Hajmi110.09 Kb.
#1634753
Bog'liq
amaliy ish akademik 3docx



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VAZIRLIGI 
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT 
TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI 
 
 
 


 

“KAMPYUTER INJENIRING “ FAKULTETI
KI-14-22 GURUH TALABASINING 
AKADEMIK YOZUV FANIDAN 

AMALIY ISH-3 
Topshirdi Abrayev. SH 
Tekshirdi Yuldosheva . R 
 
 
 
 


 
MAHALLAMIZ KELAJAGI 
Reja; 
1. Mahalla tarbiya maskani. 
2. Mahalla mening taqdirimda. 
Mahalla azaldan tarbiya maskani, 
mehr-oqibat
, ahillik va totuvlik o‘chog‘i bo‘lib kelgan. 
Mustaqillikyillarida mahallaning nafaqat shakli, balki, mohiyati ham o‘zgardi, vakolat hamda 
vazifalari ko‘lami kengaydi. Bugungi kunda ushbu yo‘nalishda fuqarolar bilan ishlashning 
yangicha tizimi yaratilib, hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etilayotir. 
Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan mingdan ziyod mahallada ham bu borada keng 
ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 
“Qumqishloq” mahalla fuqarolar yig‘ini Toshloq tumanidagi namunali mahallalardan biri. 2 
ming 500 dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahalla mustaqillik yillarida zamonaviy 
qiyofa kasb etib, tobora chiroy ochmoqda. Keng va ravon ko‘chalar, ko‘rkam uy-joylar 
obodlikdan, orastalikdan nishona. Mahallada vaqtini bekor o‘tkazadigan kishini 
uchratmaysiz. Kimdir do‘ppi, adras to‘qish bilan mashg‘ul bo‘lsa, boshqasi tadbirkorlikni 
yo‘lga qo‘ygan. Tomorqadan yaxshi daromad olayotgan oilalar ko‘pchilikni tashkil etadi. 
– Mahalla ma’naviyat maskani, ahillik qo‘rg‘onidir, – deydi “Qumqishloq” mahalla fuqarolar 
yig‘ini raisi Muhammadjon Rustamov. – Oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni har 
tomonlama barkamol etib tarbiyalash, jamiyatda mehr-oqibat va totuvlik muhitini yanada 
mustahkamlashda mahallaning o‘rni tobora ortib bormoqda. Mahallamizda aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar 
ta’lim-tarbiyasi, oilalarni mustahkamlash, bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Bu vazifalarni amalga oshirishda mahalla qoshidagi komissiyalar hamda keksa avlod 
vakillari tajribasidan samarali foydalanilmoqda. “Oila – mahalla – ta’lim 
muassasasi” 
hamkorlik mexanizmi
, ayniqsa, yoshlar tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyatini 
oshirish, yoshlarni turli yot g‘oya va illatlardan himoyalashda muhim ahamiyat kasb 
etayotir. Davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida“Bola tarbiyasi – kelajak mevasi”, “Ilm 
ol, hunar o‘rgan”, “Tanlagan kasbing – sening kelajaging” kabi mavzularda o‘tkazilayotgan 
tadbir va tanlovlar ham samarali bo‘lmoqda. 
Darhaqiqat, yosh avlodga zamonaviy ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularni milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar ruhida, yuksak fazilat sohibi etib tarbiyalash katta mas’uliyat talab 
etadi. Ushbu mahallada bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovor. 
Jumladan, nuroniylar, ibratli oilalar vakillari, o‘qituvchilar, shifokor va huquqshunoslardan 
iborat “Ota-onalar universiteti” jamoat tuzilmasi yoshlar ongu shuurini milliy hayot 
tarzimizga zid va zararli g‘oyalar, “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan himoyalash, 
yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga xizmat qilmoqda. 
– Ochig‘ini aytish kerak, ayrim ota-onalarning nikoh va oila to‘g‘risidagi eskicha qarashlari 
tufayli hali hayotda o‘rin topmagan, ruhan va jismonan oila qurishga tayyor bo‘lmagan 


qizlarning turmushga berilishi ayanchli oqibatlarga olib kelmoqda, – deydi mahalla 
fuqarolar yig‘inining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha 
maslahatchisi Shahodat O‘sarova. – Bunday noxush holatlarning oldini olish maqsadida 
targ‘ibot ishlari izchil yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirlar doirasida ota-onalar va yoshlar bilan 
alohida suhbatlar tashkil etilib, farzandlarining ta’lim olishi, 
hunar egallashi zarurligi
, erta va 
yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlari atroflicha tushuntirilmoqda. 
Mahalla qoshida tashkil etilgan xotin-qizlar bilan ishlash hamda voyaga yetmaganlar
yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiyalar faoliyati ham bu boradagi tadbirlar 
samaradorligini oshirishga xizmat qilayotir. 
Mahalla yoshlari o‘rtasidagi “Mahalla — mening taqdirimda” Respublika ko‘rik-tanlovining 
hududiy bosqichlari “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam” shiori ostida bo‘lib o‘tmoqda. 
Bu haqdaO‘zA ma'lumot bermoqda. 
Tanlovning Andijon viloyati bosqichida 17 jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar “Oila – mahalla 
– ta'lim muassasasi” hamkorligining ahamiyati, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar va 
ma'naviy-ma'rifiy islohotlarga oid bilimi, mazkur tizimni takomillashtirish xususidagi 
taqdimotlari hamda “Mahalla mening taqdirimda” mavzusida insho yozish bo‘yicha 
bahslashdi.Xonobod shahrining Alisher Navoiy nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inining 
“Navoiy” jamoasi birinchi o‘rinni oldi. 
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyati bosh mutaxassisi Lutfiya Safarovaning 
aytishicha, tanlovning viloyatdagi 712 mahalla fuqarolar yig‘ini jamoalari o‘rtasida tashkil 
etilgan saralash bosqichlarida 2 ming 848 o‘quvchi faol ishtirok etdi. Viloyat bosqichida 1-
o‘rin Termiz shahar “Navro‘z” MFYning “Kelajak avlod” jamoasiga nasib etdi. Tadbir 
doirasida yoshlarning milliy hunarmandlik buyumlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 
Samarqand viloyatidagi tanlovda 16 jamoa o‘z mahallasining tarixi va bugungi hayoti
yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar, sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar 
haqidagi bilimlarini namoyon etdi. Milliy hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmasi o‘tkazildi. 
Bu borada boshqa jamoalardan ajralib turgan Ishtixon tumanidagi “Qoraqo‘yli” MFYning 
“Miyonqol” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 
Har bir hududdagi yakuniy bosqichda g‘olib jamoalarga diplom va esdalik sovg‘alari 
topshirilmoqda. 
. Yuksak ma’naviyatning yetakchi, asosiy tarkibiy qismlaridan biri bu – vatanparvarlikdir. 
Shu bois vatanparvarlik tushunchasiga turli tomondan yondashadilar va talqin qiladilar. 
Bizningcha, vatanparvarlik deganda, insonning o’z ona yurtini qadrlab shu ona yurt uchun, 
uning qanday sohasi bo’lmasin o’z kuchi va g’ayratini ayamasdan sarflashidir. Bu ta’rifda 
vatanparvarlikning barcha 
qirralari qamrab olinmasa ham
, ammo vatanni qadrlash so’zining 
o’ziga keng ma’noda yondashilsa ta’rif to’g’ri tushuniladi. 
Vatanparvarlik tushunchasini yanada kengroq tushunish uchun Furqat, Fitrat, Abdulla 
Qodiriy, Cho’lpon, Abdulla Avloniy, Usmon Nosir, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom, Erkin 
Vohidov, Abdulla Oripov asarlarini mukammal o’rganish lozimdir. 
Vatanparvarlik insonning qon-qoniga singgan bo’lishi lozim. Shu o’rinda I.A.Karimovning: 
“Yurtga, Vatanga muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari xalqimizning qon-qoniga singib 
ketgan azaliy xususiyatdir. Ana shu noyob azaliy fazilatlarni asrab-avaylash va yanada 
takomillashtirish farzandlarimizni ozod va demokratik O’zbekistonning munosib o’g’il-qizlari 
etib tarbiyalash masalasi ma’naviyat sohasidagi ishlarimizning asosiy yo’nalishini tashkil 
etmog’i kerak”, -degan so’zlari o’rinlidir. Har bir insonning o’z vatani bo’lgandagina u 
haqiqiy vatanparvar bo’la oladi. Vatanparvarlik, o’zi tug’ilib o’sgan yurtini, yerini, 


elinie’zozlash, uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’naviy taraqqiyoti haqida 
qayg’urish, g’amxo’rlik qilish, taraqqiyotga o’zining munosib hissasini qo’shish, o’z davlati, 
mamlakatining mustaqilligini saqlash uchun jon kuydirishi va kerak bo’lganda unga o’z 
hayotini bag’ishlashidir. 
Vatanparvarlik Vatan so’zi bilan chambarchas bog’langan bo’lib, Vatan, ana shu 
vatanparvarlikni paydo qiladi. Vatan so’zi arabcha so’z bo’lib, “ona yurt” ma’nosini bildiradi. 
Bu tushunchani ikki-keng va tor ma’nolarda tushunish mumkin. Kishi tug’ilib o’sgan uy, 
mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’noda tushunishdir. Agar, bir xalq vakillari 
doimiy 
holda yashagan
, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, uni 
keng ma’noda tushuniladi. 
Vatanparvar bo’lish bu – vatanni sevish, xalqiga munosib ish qilish, o’z vatanituprog’ini 
e’zozlash, qadriga yetish demakdir. Sababi, Vatan har bir shaxsning o’tmishi va buguni, 
kelajagidir. 
O’z Vatani va millati oldidagi burchini anglab yetish har bir shaxsning oliy maqsadi bo’lishi 
zarur. Avvalo, shu shaxs o’z Vatanining bir bo’lagi ekanini his etishi, bu bilan faxrlanishi 
lozim. Vatanda kamol topganligini unutmasligi, o’z o’rnida aynan Vatan undan mehr va 
oqibat kutajagini esda saqlashi tabiiy holda bo’lishi kerak. Shunday qilingandagina shaxs 
baxt-saodatga erishishi mumkin. 
Prezident Karimov.I.A. “O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” nomli asarida: “O’zbekistonning 
har bir asl farzandi o’zini ota yurtining ajralmas bo’lagi deb his etayapti va bundan 
faxranyapti. Istiqlol bergan eng katta boyliklardan biri ana shu desak yanglishmagan 
bo’lamiz”, - deb yozgan edi. Ha vatanparvarlik mustaqillik bilan chambarchas bog’langandir. 
Bular bir-birini to’ldirsagina shaxs ma’naviyati yetuk hisoblanadi. Ma’naviyat, xulqni 
yaxshilash va yuksak darajaga ko’tarish Vatan tuyg’usini mustahkamlash bilan 
hamohangdir. Zero, Vatan va xalq oldidagi vazifani anglash yuksak ma’naviyat belgisidir.
 
 

Download 110.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling