Kamyob metallarni gravitatsion boyitishning ahamiyati. Gravitatsion usulda boyitish qurulmalari haqida ma`lumot texnologik qism


Download 70.4 Kb.
bet5/7
Sana26.02.2023
Hajmi70.4 Kb.
#1232968
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
gravitatsiya

Texnalogik qism.
Og’ir muhit aralashmasini tayyorlash quyidagicha olib boriladi: aralashma zarrachalarini maydalash, yanchish, tasniflash va maxsus aralashtirgichda suv bilan aralashtirish hamda og’ir muhitda saralash uskunasiga yuborish.
Og’ir muhit aralashmasini uzoq muddat ishlatish uning tarkibini boyitilayotgan mahsulot zarrachalari bilan ifloslanishiga olib keladi. Aralashmaning dastlabki xususiyatini tiklash uchun regeneratsiya qilinadi va jarayonga qaytariladi. Regeneratsiya jarayonida aralashmani boyitish mahsulotlaridan ajratiladi va zarrachalar yuzasidan aralashmani yuvib tushuriladi. Agar og’ir muhit aralashmasi magnit xususiyatiga ega bo’lsa,boyitish stolida yoki flotatsiya mashinasida tozalanadi.
Foydali qazilmalarni moddiy tarkibining har xilligi va aralashmaning fizika-mexanik xossalari, yuqori sifatli ajralishga ega bo’lish zaruriyati va boshqa omillar ko’p turdagi og’ir muhit saralagichlarini yaratishga sabab bo’ldi. Ular quyidagi asosiy belgilari bilan farqlanadi:

  1. qo’llaniladigan og’ir muhit aralashmasi bilan: suv aralashmali va havo aralashmali;

  2. minerallarning ajralish sharoiti bilan: statik va markazdan qochma;

  3. og’ir fraktsiyani bo’shatish usuli bilan: gidravlik va mexanik;

  4. ajraladigan boyitish mahsulotlari soni bilan: ikki mahsulotli va uch mahsulotli.

Yirik donador (o’lchami 6 mm dan katta) mahsulotlarni boyitishda statik sharoitda ajratish asosida ishlaydigan saralagichlar qo’llaniladi.
Mayda donador (o’lchami 6-1 mm) mahsulotlarni boyitishda dinamik sharoitda ajratish asosida ishlaydigan saralagichlar - siklon va sentrifugalar qo’llaniladi.
Mahsulotlarni spiral orqali bo’shatadigan barabanli saralagich rangli va qora metall rudalarini va nometall foydali qazilmalarni boyitishda qo’llaniladi.
Saralagichning barabani tashqi joylashgan roliklarda turadi va yurituvchi yordamida bir daqiqada 3; 4 va 6 marta tezlikda aylanadi.Barabanga yon tomonda joylashgan qopqoqlarning biri orqali aralashma yuklanadi. Bosh mahsulot yuklanadigan va yengil zarralar bo’shatiladigan tomon tuynugi diametri og’ir fraktsiya bo’shatiladigan tomon tuynugi diametridan kata bo’ladi.




Download 70.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling