Kanalizatsiya trubalarining ishdan chiqishi natijasida chiqindilardan iborat


Download 128.83 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.11.2020
Hajmi128.83 Kb.
#154570
Bog'liq
Fuqarolik huquqi


Kazus 1 

  

Kanalizatsiya  trubalarining  ishdan  chiqishi  natijasida  chiqindilardan  iborat 



oqava  suv  M.  Erkinovning  meros  qilib  qoldiriladigan  yer  uchastkasiga  umrbod 

egalik  qilish  huquqi  asosida  tegishli  bo‘lgan  2  gektar  yer  uchastkasini  bosdi. 

Halokat  natijasida  tomorqadagi  ekinlar,  mevali  daraxtlar  shikastlandi,  kartoshka 

saqlanayotgan  yerto‘la  (podval)  oqova  suv  ichida  qoldi.  Bu  halokatdan  sezilarli 

zarar  ko‘rgan  shaharcha  aholisi  yetkazilgan  zararni  qoplash  to‘g‘risida  javobgar 

uy-joy ekspluatatsiya xizmati ustidan daʼvo qo‘zg‘atdi.  

  

Sud  majlisi  davomida  aniqlanishicha,  uy-joy  ekspluatatsiya  xizmati  yuridik 



shaxs emasligi, avariya bo‘lgan kanalizatsiya tizimi uchastkasi avariyadan bir hafta 

ilgari  kapital  ta’mirlanganligi  aniqlandi.  Bunda  kapital  taʼmirlash  ishlarini  3-son 

qurilish brigadasi shartnoma asosida bajargan. 

  

Vaziyatga huquqiy baho bering.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



  

Kazusga  javob  berishdan  avval,  yuridik  shaxs  va  zarar  tushunchasi  haqida 

so‘z yuritsak, maqsadga muvofiq bo‘ladi. 

  

Yuridik  shaxs  –  o‘z  mulkida,  xo‘jalik  yuritishida  yoki  operativ 

boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari yuzasidan 

ushbu  mol-mulk  bilan  javob  beradigan,  o‘z  nomidan  mulkiy  yoki  shaxsiy 

nomulkiy  huquqlarga  ega  bo‘la  oladigan  va  ularni  amalga  oshira  oladigan, 

majburiyatlarni  bajara  oladigan,  sudda  da’vogar  va  javobgar  bo‘la  oladigan 

tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga 

ega bo‘lishlari kerak. 

  

Zarar deganda, huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun 

qilgan  yoki  qilishi  lozim  bo‘lgan  xarajatlari,  uning  mol-mulki  yo‘qolishi  yoki 

shikastlanishi  (haqiqiy  zarar),  shuningdek  bu  shaxs  o‘z  huquqlari  buzilmaganida 

odatdagi  fuqarolik  muomalasi  sharoitida  olishi  mumkin  bo‘lgan,  lekin  ololmay 

qolgan daromadlari (boy berilgan foyda) tushuniladi. 

  

Yuqoridagi  kazusda  3-son  qurilish  brigadasi  tomonidan  yaqinda  (7  kun) 



ta’mirlangan  kanalizatsiya  quvurlarining  yorilishi  natijasida,  fuqaro  Erkinovni 

meros  qilib  qoldiriladigan  yer  uchastkasiga  umrbod  egalik  qilish  huquqi  asosida 

tegishli  bo‘lgan  2  gektar  yer  uchastkasiga  zarar  yetkazildi.  Kazusga  javob 

beradigan bo‘lsak, muammoli vaziyatlarni aniqlab olamiz. 



  

Kanalizatsiya  trubalarining  ishdan  chiqishi  natijasida  chiqindilardan 

iborat oqava suv M. Erkinovning meros qilib qoldiriladigan yer uchastkasiga 

umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan 2 gektar yer uchastkasini 

bosdi.  Fuqarolik  kodeksining  14-moddasida:  “Agar  qonun  yoki  shartnomada 

zararni kamroq miqdorda to‘lash nazarda tutilmagan bo‘lsa, huquqi buzilgan shaxs 

o‘ziga  yetkazilgan  zararning  to‘la  qoplanishini  talab  qilishi  mumkin”,  –  deb 

belgilab  qo‘yilgan.  Kazusdan  kelib  chiqib  aytishimiz  mumkinki,  fuqaro  M. 

Erkinovga  yetkazilgan  zarar  kam  miqdorda  to‘lash  nazar  tutilmagan  miqdorga 

teng.  Shuning  uchun  Erkinovga  yetkazilgan  zarar  qoplab  berilishi  lozim.  

Fuqarolik  kodeksining  1017-moddasiga  ko‘ra  Tovarning  (ishning,  xizmatning) 

konstruktiv, retsepturaviy yoki boshqa nuqsonlari oqibatida, shuningdek tovar (ish, 



xizmat) to‘g‘risidagi ma’lumot noto‘g‘ri yoki yetarli emasligi oqibatida fuqaroning 

hayoti,  sog‘lig‘i  yoki  mol-mulkiga  yoxud  yuridik  shaxsning  mol-mulkiga 

yetkazilgan zarar sotuvchi yoki tayyorlovchi (ijrochi) tomonidan, ularning aybidan 

va jabrlanuvchi ular bilan shartnoma munosabatlarida bo‘lgani yoki bo‘lmaganidan 

qat’i  nazar,  qoplanishi  lozim.  Demak,  bu  vaziyatda  mulkiga  zarar  yetkazilgan 

Erkinovning zarari qoplab berilishi lozim. 

  

Sud  majlisi  davomida  aniqlanishicha,  uy-joy  ekspluatatsiya  xizmati 

yuridik  shaxs  emasligi,  avariya  bo‘lgan  kanalizatsiya  tizimi  uchastkasi 

avariyadan bir hafta ilgari kapital ta’mirlanganligi aniqlandi. Bunda kapital 

taʼmirlash  ishlarini  3-son  qurilish  brigadasi  shartnoma  asosida  bajargan. 

Demak,  kanalizatsiya  quvurlarining  yorilishiga  uy-joy  ekspluatatsiya  xizmati 

javobgar  bo‘lsa-da,  zararni  mazkur  tashkilot  emas,  balki  3-son  qurilish  brigadasi 

qoplab  beradi.  Fuqarolik  kodeksining  1018-moddasi  2-qismiga  ko‘ra,  ishning 

(xizmatning)  nuqsoni  oqibatida  yetkazilgan  zarar  ishni  bajargan  yoki  xizmatni 

ko‘rsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim. Shundan kelib chiqadigan 

bo‘lsak,  yetkazilgan  zarar  kanalizatsiya  quvurlarini  ta’mirlagan  3-son  qurilish 

brigadasi  tomonidan  to‘lab  beriladi.  Chunki  kanalizatsiya  quvurlarini  ta’mirlash 

bo‘yicha  shartnoma  aynan  shu  qurilish  brigadasi  bilan  tuzilgan  va  u  tomonidan 

amalga  oshirilgan  xizmat  sifatsizligi  uchun  fuqarolarning  mulklariga  zarar 

yetkazilgan.  Fuqarolik  kodeksining  1019-moddasiga  binoan,  tovarning  (ishning, 

xizmatning)  nuqsonlari  oqibatida  yetkazilgan  zarar,  agar  u  tovarning  (ishning, 

xizmatning)  belgilangan  yaroqlilik  muddatlari  mobaynida  yetkazilgan  bo‘lsa, 

qoplanishi  lozim,  mabodo  yaroqlilik  muddati  belgilanmagan  bo‘lsa,  tovar  ishlab 

chiqarilgan  (ish,  xizmat  qabul  qilib  olingan)  kundan  boshlab  o‘n  yil  mobaynida 

qoplanishi lozim. 

  

Xulosa  qilib  aytadigan  bo‘lsak,  yuqoridagi  vaziyatda  kanalizatsiya 



quvurlarining  yorilib  ketishi  natijasida  fuqaro  M.  Erkinovga  kam  bo‘lmagan 

miqdorda  zarar  yetkazildi.  Ushbu  zarar  3-son  qurilish  brigadasining  ayb-nuqsonli 

xizmatni amalga oshirishi natijasida kelib chiqdi. Shu sababli zarar ushbu qurilish 

brigadasi tomonidan to‘lab berilishi lozim.  



 

Download 128.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling