Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari


Qurilish iqtisodiyotini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari


Download 339.2 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.12.2020
Hajmi339.2 Kb.
#157269
1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. 2-maruza


 

2.3. Qurilish iqtisodiyotini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari 

 

Ko‘rib chiqilgan masalalar qurilish iqtisodiyotini isloh qilishning butun milliy 

iqtisodiyot nuqtai nazaridan qaragandan majburiy chora emas, balki ob’ektiv zarurat 

va  hatto  davr  talabidir,  degan  xulosa  chiqarishga  imkon  beradi.  Iqtisodiyotning  u 

yoki  bu  tarmog‘i  “oqsayotgan”  bo‘lsa,  xo‘jalikni  boshqarishda  bozorga  xos 

bo‘lmagan usullarni qo‘llayotgan bo‘lsa, bunday iqtisodiyotni bozor iqtisodiyoti deb 

bo‘lmaydi. Iqtisodiyotni (tarmoq iqtisodiyotini ham, milliy iqtisodiyotni ham) faqat 

boshqaruvning barcha pog‘onalarida, hamma joyda bozor mexanizmlari amal qilgan 

taqdirdagina  bozor  iqtisodiyoti  deb  atash  mumkin.  Bunga  erishmaguncha  bozor 

iqtisodiyoti haqida jiddiy gapirish mumkin emas. 

Afsuski, bugungi kunda qurilish majmuasining ahvoli aytarlik yaxshi emas, 

bu  tarmoq  ilgari  ham  ob’ektlarning  qurilishi  haddan  tashqari  “uzoq  vaqtga 

cho‘zilishi”,  bitmagan  qurilishlar  soni  ko‘payishi,  kapital  qo‘yilmalarning  son-

sanoqsiz ob’ektlarga taqsimlanib  ketgani, yo‘qotishlar,  ishlab  chiqarishga bog‘liq 

bo‘lmagan harajatlar va boshqalar tufayli har doim ham yaxshi ko‘rsatkichlarga ega 

bo‘lavermas edi. 

Bugungi  kunda  esa  kapital  qurilishni  jonlantirish  va  uning  samaradorligini 

oshirish  uchun  boshqacha  chora-tadbirlar  kerak  bo‘lmoqda.  Shu  maqsadlarda 

«Kapital  qurilishda  iqtisodiy  islohotlarni  yanada  chuqurlashtirishning  asosiy 

yo‘nalishlari  to‘g‘risida»  O‘zbekiston  respublikasi  Prezidentining  farmoni 

(06.05.2003  y.,  №  PF-3240)  e’lon  qilindi.  Unda  asosiy  yo‘nalishlar  sifatida 

quyidagilar ko‘zda tutilgan: 

1)  pudratchi  qurilish  tashkilotlari  va  qurilish  industriyasi  korxonalarini 

xususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, qurilish 

boshqaruv tuzilmalarini ixchamlash va monopoliyadan chiqarish

2)  xususiy  qurilish  firmalarini  tashkil  qilishni  rag‘batlantirish,  qurilish 

sohasida  o‘rta  va  kichik  korxona  va  tashkilotlarni,  bozor  infratuzilmasini 

rivojlantirish; 

3) kapital qurilishda pudrat va loyiha ishlari bozorini shakllantirish, qurilish 

faoliyatida  shartnoma  munosabatlarining  rolini  kuchaytirish,  barcha  joylarda 

buyurtmalarni  joylashtirishda  tenderlarni  joriy  qilish,  qurilishni  asosan 

foydalanishga tayyor holda («qulf-kalit»gacha) topshirish shartlari asosida amalga 

oshirish; 

4) investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslashlarni tayyorlash darajasini 

oshirish, ularni shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tartibini takomillashtirish, 

qurilishning moddiy-texnik bazasini yangilash; 

5)tarmoqni boshqarishning barcha bo‘g‘inlarida institutsional o‘zgarishlarni 

amalga oshirish, qurilish majmuasining boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, bir-

ikki bo‘g‘inli boshqaruv tizimlariga o‘tish; 


6)qurilish  pudrat  tashkilotlarida  brigada  pudratini  joriy  qilish,  to‘lovni 

ishlarning  tugallangan  bosqichlarida  amalga  oshirish  asosida  ishlab  chiqarish  va 

mehnatni tashkil qilishning me’yorlari va mexanizmlarini takomillashtirish; 

7)qurilish-montaj ishlarining tannarxini kamaytirish, muddatlarini qisqartirish 

va sifatini oshirish. 

Bu choralar qurilishda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning 2005 yilga 

mo‘ljallangan muayyan Dasturi bilan mustahkamlangan bo‘lib, shu maqsadlarda uni 

amalga oshirish yuzasidan maxsus hududiy va vertikal komissiyalar tashkil qilingan. 

Quyida  ko‘rsatilgan  ob’ektlarning  texnik-iqtisodiy  asoslashlari  Vazirlar 

Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi: 

a)xorijiy  investitsiyalar  va  kreditlar  jalb  qilingan  holda  hukumat  kafolati 

asosida amalga oshirilayotgan ob’ektlar, loyihaning qiymatidan qat’i nazar;  

b)  respublika  investitsiya  dasturiga  kiritilgan,  har  yili  davlat  budjeti  bilan 

birga tasdiqlanadigan ob’ektlar. 

Investitsiya  loyihalarining  texnik-iqtisodiy  asoslashlari  va  boshqa  kerakli 

hujjatlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tasdiqlagunga  qadar 

belgilangan  tartibda  tegishli  ekspertizadan  o‘tishi  lozim.  Investitsiya  va  qurilish 

loyihalarining tanlov asosida tanlab olinishi qurilish majmuasini tashkil qilish va uni 

boshqarishdagi eng muhim nuqtalardan biriga aylanib bormoqda. 

U ayniqsa quyidagi hollarda keng qo‘llanilmoqda: 

  loyihalash, injenerlik-tadqiqot ishlari, konstruktorlik ishlari va hokazo; 



  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish  bino  va  inshootlarini,  korxoalarni 

qurish va texnik qayta jihozlashda, shu jumladan “qulf-kalit” qilib topshirishda

  komplekt  texnologik  asbob-uskunalar  va  boshqa  mehnat  vositalarini 



yetkazib berishda; 

  loyihani boshqarishda, maslahat xizmati ko‘rsatishda, nazoratda. 



Tanlovlarning  (tenderlarning)  samarasini  oshirish  maqsadida  va  pudrat 

bozorida  raqobatchilikni  kuchaytirish  maqsadida  bu  bozorda  maxsus  qoidalar  va 

talablarga  rioya  qilingan  holda  xorijiy  loyihalash  va  qurilish  kompaniyalarining 

qatnashishi  ko‘zda  tutilmoqda.  Ya’ni  qurilish  majmuasi,  butun  iqtisodiyot  kabi, 

avvalgi  “yopiq”  holatini  yo‘qotib,  mamlakatdagi  qonunchilik  doirasida  xorijiy 

investorlar uchun ochiq bo‘lib bormoqda. 

Shu  munosabat  bilan  investitsiya  loyihalarini  ekspertiza  qilishning  va 

ekspertlarning  malakasi,  roli  kuchayib  bormoqda.  Ekspertlar  kerakli  professional 

ma’lumotga,  tajribaga  va  kasbiy  intuitsiyaga  ega  bo‘lishlari  lozim.  Xorijiy 

amaliyotda  ekspertlarning  xulosasi,  odatda,  qayta  ko‘rib  chiqilmaydi  va  hatto 

muhokama qilinmaydi. 

Bizning 


sharoitlarda 

ekspertlar 

sifatida 

boshqaruv 

organlarining 

mutaxassislari,  olimlar,  tadqiqot  va  loyihalash  tashkilotlarining  xodimlari,  turli 

sohadagi rahbarlar qatnashishi mumkin. Ekspertlarning vazifasi tashabbus-mantiqiy 

tahlil  qilish  va  loyihada  amalga  oshirilgan  hisob-kitoblarni  tekshirib  ko‘rishdan 

iborat. Ekspertlarning xulosasi loyihaviy ishlanmalar uchun tenderda qatnashishga 

asos bo‘la oladi. 



 

2.4 Qurilishni shartnoma asosida tashkil etish 

Qurilish  ob’ektlarini  foydalanishga  tayyor  holda  pudrat  usulida  qurish 

muntazam 

ishlab 

turuvchi 



qurilish 

tashkilotlari 

(firmalari) 

tomonidan 

buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar assida amalga oshiriladi. Bu qurilishning 

asosiy  va  eng  keng  tarqalgan  usulidir.  Bugungi  kunda  kapital  qurilish  sohasidagi 

barcha  pudrat  ishlarining  taxminan  80  foizi  shu  usulda  amalga  oshiriladi.  Uni 

amalga  oshirish  uchun  “Kapital  qurilish  pudrat  shartnomasi”  asos  bo‘lib  xizmat 

qiladi. 

 

Ob’ektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat 



shartnomasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentabrdagi 395-sonli qarorining 

3-ilovasida ishlab chiqilgan va amaliyotga kiritilgan. 

Shartnomada quyidagi tariflar qo‘llaniladi: 

ijro hujjatlari - naturada bajarilgan ishlar yoki ishlarni bajarish uchun mas’ul 

bo‘lgan  shaxslar  tomonidan  ularga  kiritilgan  o‘zgarishlarning  ushbu  ishchi 

chizmalarga muvofiqligi to‘g‘risidagi yozuvlar bilan birgalikda ob’ekt qurilishiga 

ishchi  chizmalar  turkumi,  sertifikatlar,  texnik  pasportlar  va  o‘rnatilgan  asbob-

uskunalarning sifatini va ishlarni bajarishda qo‘llanilgan materiallar, konstruksiyalar 

va  detallarning  sifatini  tasdiqlovchi  boshqa  hujjatlar,  berkitiladigan  ishlar 

tasdiqlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, ayrim mas’uliyatli konstruksiyalarni 

oraliq davrda qabul qilinishi  to‘g‘risidagi  dalolatnomalar,  montaj  qilingan  asbob-

uskunalarning yakka tartibdagi sinovi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, ishlarni bajarish 

daftarlari hamda qurilish normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar; 



qurilish  maydoni  -  mazkur  shartnoma  (kontrakt)  doirasida  barcha  ishlarni 

bajarish  davrida  dalolatnoma  bo‘yicha  Buyurtmachi  tomonidan  Pudratchiga 

berilgan  yer  uchastkasi.  Ob’ektning  qurilish  maydoni  chegarasi  ajratib  qo‘yiladi 

yoki bosh rejaga muvofiq belgilanadigan boshqa belgilar bilan belgilab qo‘yiladi; 



vaqtinchalik  inshootlar  -  Pudratchi  tomonidan  qurilish  maydonida 

o‘rnatiladigan  va  ishlarni  bajarish  uchun  zarur  bo‘lgan  har  qanday  tipdagi 

vaqtinchalik binolar va inshootlar; 

berkitiladigan ishlar - sifati va aniqligini keyingi ishlar bajarilgandan keyin 

aniqlash  mumkin  bo‘lmagan,  keyinchalik  bajariladigan  ishlar  va  konstruksiyalar 

bilan berkitiladigan ishlar; 

shartnoma narxini bo‘lib chiqish - ishlarning har bir bosqichi va (yoki) turlari 

qiymatini aniq belgilagan holda shartnoma bo‘yicha ob’ektning umumiy qiymatini 

bosqichlarga taqsimlash. 

Pudratchi  shartnoma  shartlariga  ko‘ra  loyihada  ko‘zda  tutilgan  ob’ektni 

foydalanishga tayyor holda qurish bo‘yicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini 

oladi, Buyurtmachi esa pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar 

yaratish, ularni qabul qilish va to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi. 

Ishlar  qiymati  uzil-kesil  hisoblanadi  va  keyinchalik  qayta  ko‘rib  chiqilishi 

mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno: 

qurilish  qiymatini  ko‘paytirishga  yengib  bo‘lmaydigan  kuch  (fors-major) 

holatlari sabab bo‘lganda; 

ishlar hajmi buyurtmachi tomonidan o‘zgartirilganda; 

ob’ektning qurilishi bir yildan ortiqqa o‘zgartirilganda. 


Qurilish muddati bir yildan ortiq bo‘lganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga 

shartnomaviy  narxlarni  aniqlashtirish  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 

amalga oshiriladi. 

Pudratchining majburiyatlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: 

barcha ishlarni shartnomada ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajmda 

va muddatlarda o‘zining kuchlari yoki jalb qilingan kuchlar bilan bajarish  hamda 

ishni buyurtmachiga shartnoma shartlariga muvofiq topshirish

qurilish  maydoniga  zarur  qurilish  materiallari,  buyumlar,  konstruksiyalar, 

asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini yetkazib berish, ularni 

qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash; 

qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish

buyurtmachini  pudrat  shartnomalari  tuzilishi  davomida  subpudratchilar  bilan 

shartnomalar  tuzilishi,  shartnoma  mavzusi,  subpudratchining  nomi  va  manzili 

to‘g‘risida xabardor qilish; 

qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof muhitni, 

o‘tqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish bo‘yicha zarur tadbirlar 

bajarilishini ta’minlash, shuningdek yoritish chiroqlari o‘rnatish; 

qurilish tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish; 

mazkur  shartnoma  bo‘yicha  ob’ektni  foydalanishga  qabul  qilib  olish 

to‘g‘risidagi  dalolatnoma  imzolangan  kundan  boshlab  bir  oy  muddatda  qurilish 

maydonini  o‘ziga  tegishli  qurilish  mashinalari  va  asbob-uskunalari,  transport 

vositalari,  anjomlar,  priborlar,  inventarlar,  qurilish  materiallari,  buyumlar, 

konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan bo‘shatish; 

qurilish maydoni qo‘riqlanishini ta’minlash; 

Pudratchi  shartnoma  bo‘yicha  barcha  ishlarning  o‘z  kuchlari  bilan  va 

subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda ob’ektning foydalanishga 

tayyor holda topshirilishi uchun buyurtmachi oldida to‘liq mulkiy javob beradi. 

Buyurtmachining majburiyatlari asosan quyidagilardan iborat:  

shartnoma  imzolangan  kundan  boshlab  uch  kun  muddatda  shartnomaga 

muvofiq ishlarni bajarish uchun yaroqli bo‘lgan qurilish maydonini ob’ekt qurilishi 

va  qurilish  tugallangungacha  bo‘lgan  davrda  dalolatnoma  bo‘yicha  pudratchiga 

berish; 


ishlar  bajarilishi  ustidan  doimiy  arxitektura-qurilish  nazoratini  va  mazkur 

shartnomada  qayd  etilgan  pudratchi  tomonidan  qabul  qilingan  majburiyatlar  va 

boshqa  funksiyalarga  rioya  etilishini  nazorat  qilish,  pudratchidan  tugallangan 

ishlarni qabul qilib olishni ta’minlash; 

pudratchining barcha murojaatlarini o‘n kun muddatda ko‘rib chiqish va qaror 

qabul qilish; 

moliyalashtirish  jadvaliga  binoan  pudratchiga  avans  berish  va  joriy 

moliyalashtirishni amalga oshirish; 

shartnoma  imzolangan  kundan  boshlab  2  oy  davomida  pudratchiga  ishlarni 

qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ijro hujjatlari ro‘yxatini taqdim etish; 

Pudratchi  shartnomaga  ilova  qilinadigan  moliyalashtirish  jadvaliga  muvofiq 

birinchi avans to‘lovi tushgan kundan boshlab ishlarni bajarishga kirishadi. 

To‘lovlar va hisob-kitoblar bo‘yicha quyidagi shartlar belgilanadi: 


Buyurtmachi pudratchiga shartnoma bo‘yicha ishlar umumiy joriy qiymatining 

30 foizi miqdorida, ikki oyga teng ulushlarga (oyiga 15 foizdan) bo‘lgan holda avans 

o‘tkazadi; 

Joriy  moliyalashtirish  bajarilgan  ishlar  sifati  tekshirilgandan  keyin,  berilgan 

avansni  hisobga  olgan  holda,  ishlarni  bajarish  va  moliyalashtirish  jadvallariga 

muvofiq  ob’ektning  umumiy  shartnomaviy  joriy  qiymatining  50  foizigacha 

doirasida amalga oshiriladi. 

Ob’ektning shartnomaviy joriy qiymatining qolgan 50 foizi uchun buyurtmachi 

va  pudratchi  o‘rtasidagi  uzil-kesil  hisob-kitob  qurilish  tugallangandan  keyin  va 

ob’ekt qabul komissiyasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilingandan keyin 

ikki bosqichda; 

ob’ekt  qabul  komissiyasi  tomonidan  qabul  qilingan  kundan  boshlab  bir  oy 

mobaynida - ishlar qiymatining kamida 45 foizi miqdorida; 

shartnomada  belgilangan  kafolatli  muddat  tamom  bo‘lgandan  keyin  -  ishlar 

qiymatining  5  foizigacha  miqdorida,  biroq  moliya  yili  tugamasdan  amalga 

oshiriladi. 

Pudratchi  ob’ekt  foydalanishga  topshirilgunga  qadar  shartnoma  bo‘yicha 

ob’ektga mulk huquqini o‘zida saqlab qoladi. Ob’ekt buyurtmachiga topshirilgunga 

qadar  ob’ektning  tasodifiy  yo‘q  qilinishi  va  shikastlanishi  xavfi  pudratchining 

zimmasida bo‘ladi.  

Buyurtmachi shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga qabul qilgan majburiyatlarni 

shartnoma  kuchga  kirgan  kundan  boshlab  o‘ttiz  kun  mobaynida  bajarmagan 

taqdirda, pudratchi bu haqda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buyurtmachini 

yozma  ravishda  xabardor  qilgan  holda,  shartnomaga  o‘zgartirishlar  kiritish  yoki 

shartnomani  bir  tomonlama  tartibda  bekor  qilish  huquqiga  egadir.  Bunda 

buyurtmachi  pudratchi  tomonidan  bajarilgan  ishlar  uchun  haq  to‘lashdan  ozod 

qilinmaydi. 

Buyurtmachi qurilish maydonida o‘z vakilini  - texnik auditorni tayinlaydi, u 

buyurtmachining  nomidan  bajarilayotgan  ishlar  sifati  ustn  Respexnik  nazoratni 

amalga oshiradi, shuningdek pudratchi  tomonidan  foydalaniladigan  materiallar  va 

asbob-uskunalarning  shartnoma  shartlariga  va  ish  hujjatlariga  muvofiqligini 

tekshirib boradi.  

Agar  Buyurtmachi  ishlarning  borishi  va  sifatidan  yoki  pudratchining 

qaydlaridan qoniqmasa, u holda ishlarni bajarish daftarida o‘z fikrini bayon qiladi. 

Pudratchi  daftarda  buyurtmachi  tomonidan  asosli  ravishda  ko‘rsatilgan 

kamchiliklarni  3  kun  muddatda  bartaraf  etish  chora-tadbirlarini  ko‘rish 

majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. 

Qurilishi tugallangan ob’ektni qabul qilib olish shartnomani imzolash sanasida 

amalda bo‘lgan belgilangan tartibga muvofiq mazkur shartnomada nazarda tutilgan 

barcha majburiyatlar tomonlar tarafidan bajarilgandan keyin, shuningdek qurilishi 

tugallangan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilib olishning belgilangan qoidalariga 

binoan amalga oshiriladi. 

Qabul  qilib  olingan  paytdan  boshlab  ob’ekt  Buyurtmachining  mulkiga 

aylanadi. 



Mavjud  nuqsonlar  va  ularni  bartaraf  etish  muddatlari  pudratchi  va 

buyurtmachining ikki tomonlama dalolatnomasida qayd etiladi. 

Agar  pudratchi  bajarilgaiy  investorlar  sonlar  va  chala  ishlarni,  jumladan 

uskunalarning  kamchiliklarini  dalolatnomada  ko‘rsatilgan  muddat  ichida  bartaraf 

etmasa,  u  holda  buyurtmachi  kafolat  summasini  pudratchidan  ushlab  qolish 

huquqiga ega. 

Buyurtmachi quyidagi hollarda shartnomani bekor qilish huquqiga ega:  

shartnoma  kuchga  kirgandan  keyin  qurilishning  boshlanishi  Buyurtmachiga 

bog‘liq  bo‘lmagan  sabablarga  ko‘ra  pudratchi  tomonidan  bir  oydan  ko‘p  vaqtga 

kechiktirilganda; 

ishlarni  tugatishning  shartnomada  belgilangan  muddati  pudratchining  aybi 

bilan  bir  oydan  ortiq  muddatga  ko‘paygan  holda,  pudratchi  tomonidan  ishlarni 

bajarish jadvaliga rioya etilmaganda

pudratchi  tomonidan  shartnoma  shartlari  qurilish  me’yorlari  va  qoidalarida 

nazarda tutilgan ishlarning sifati pasayishiga olib keladigan darajada buzilganda. 

Pudratchi quyidagi hollarda shartnoma

ni bekor qilish huquqiga ega:  



ishlarning  bajarilishi  pudratchiga  bog‘liq  bo‘lmagan  sabablarga  ko‘ra 

buyurtmachi tomonidan bir oydan ortiq muddatga to‘xtatib qo‘yilganda; 

buyurtmachi tomonidan moliyalashtirish shartlari bajarilmaganda. 

ob’ektni  foydalanishga  tayyor  holda  qurishga  doir  mazkur  pudrat  shartnomasini 

tuzdilar. 

 

2.5 Kapital qurilishda tanlov savdolari 

O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilish, shuningdek ilgari to‘xtatib 

qo‘yilgan ob’ektlar qurilishini davom ettirish bilan bog‘liq ishlar va xizmatlarning 

butun  kompleksini  bajarish,  tovarlar  xarid  qilish,  asbob-uskunalar  sotib  olish 

Vazirlar  Mahkamasining  2003  yil  3  iyuldagi  302-son  qaroriga  asosan  tanlov 

savdolari (tenderlar) orqali amalga oshiriladi. Uni tashkil etish va o‘tkazish tartibi 

va shartlarini esa ushbu Qarorda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi hududida 

kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risidagi Nizom» belgilaydi. 

Nizom tanlov savdolarini o‘tkazishning barcha tashkiliy bosqichlarini belgilab 

beradi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

  Umumiy qoidalar 

  Tanlov savdolari qatnashchilari 

  Tanlov savdolari shakllari 

  Talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari 

  Tanlov savdolarini o‘tkazishga tayyorgarlik 

  Tanlov hujjatlarining tarkibi, tuzilishi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash 

tartibi 

  Ofertalarni taqdim etish 

  Tanlov savdolarini o‘tkazish va ularni yakunlash 

                                                           

 Ушбу схемани матннинг электрон версияси ор=али слайд шаклида диапроектор ор=али намойиш этиш 



мумкин.     

   2-илова 



  Tanlov  hujjatlarini  ekspertizadan  o‘tkazish  hamda  tanlov  savdolarini 

tashkil etish va o‘tkazish tartibi monitoringi  

  Narxlarga tuzatishlar kiritish va sug‘urta  

  Tanlov savdolarini tashkil etish va o‘tkazish xarajatlari 

  Tanlov savdolari qatnashchilarining javobgarligi 

 

1.Umumiy qoidalar 



Nizom  talablari  O‘zbekiston  Respublikasi  hududida  markazlashtirilgan 

manbalar  (davlatning  kapital  qo‘yilmalari),  davlat  boshqaruv  organlari  va  davlat 

korxonalari  mablag‘lari  hisobiga  tovarlar,  ishlar  va  xizmatlar  xarid  qilishda 

majburiy  hisoblanadi.  Boshqa  manbalar  hisobiga  amalga  oshiriladigan  qurilish 

ob’ektlari uchun Nizom talablari tavsiya xususiyatiga ega bo‘ladi.  

Nizom, agar xorijiy kreditlar va grantlar berish shartlariga ko‘ra o‘zgacha tartib 

belgilangan bo‘lsa, tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridiga joriy etilmaydi. 

Tanlov  savdolari  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  qaror  buyurtmachi  tomonidan  faqat 

tanlov  savdolari  predmeti  tegishli  hujjatlar  (kredit  shartnomasi,  bank 

ma’lumotnomasi, qurilishlarning aniq ro‘yxati, davlat boshqaruv organi qarori va 

boshqalar) bilan tasdiqlangan moliyaviy resurslar bilan ta’minlangan taqdirda qabul 

qilinadi. 

Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalanilgan: 

boshlang‘ich narx - buyurtmachi tomonidan yoki uning buyurtmasi bo‘yicha 

jalb  etilgan  tashkilot  tomonidan  aniqlanadigan  tanlov  savdolari  predmetining 

hisoblab chiqilgan qiymati; 

baholovchi  guruh  -  ofertani  baholash  uchun  tanlov  komissiyasi  tomonidan 

tashkil etiladigan vaqtinchalik organ; 



baholovchi komissiya - erkin savdoda xaridni amalga oshirishda buyurtmachi 

tomonidan tashkil etiladigan doimiy yoki vaqtinchalik organ; 



baholash  mezonlari  -  talabgorlarni  tanlash  hamda  ofertani  baholash  va 

savdolar g‘olibini aniqlash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar; 



buyurtmachi  -  investor  yoki  tovarlar,  ishlar  va  xizmatlar  xaridini  amalga 

oshirish uchun belgilangan tartibda investor tomonidan belgilangan yuridik shaxs; 



talabgorning  malakasini  oldindan  aniqlash  -  tanlov  savdolarida 

qatnashishga qo‘yish uchun talabgorlarni tanlash; 



investor  -  tovarlar,  ishlar  va  xizmatlar  xaridiga  o‘z  mablag‘larini  yoki  qarz 

olingan mablag‘larni (budjetdan moliyalashtirishda - nazarda tutilgan mablag‘larni) 

qo‘yuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 

kapital  qurilish  -  yangi  qurilish,  korxonalarni  kengaytirish,  rekonstruksiya 

qilish,  zamonaviylashtirish  va  texnika  bilan  qayta  jihozlash,  ob’ektlar  va  asosiy 

vositalarni mukammal ta’mirlash, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish; 

tanlov  savdolarida  ishtirok  etishga  buyurtmanomalarni  ta’minlash  - 

oferent  tomonidan  buyurtmachining  talabiga  ko‘ra  ular  bo‘yicha  dastlabki 

majburiyatni bank beradigan bank kafolati, topshiriq, zaxira akkreditivlar, cheklar 

shaklidagi  tanlov  savdolari  shartlarida  nazarda  tutilgan  istalgan  majburiyatning, 

yoxud ta’minlashning boshqa turlarida ta’minlanishi; 


talabgor  -  ofertasi  savdo  tashkilotchisi  tomonidan  ro‘yxatdan  o‘tkazilgunga 

qadar  taklif  etilgan  shartlarda  tanlov  savdolarida  qatnashish  niyatini  bildirgan 

yuridik yoki jismoniy shaxs; 


Download 339.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling