Kapitali 89 919,41 mlrd soʻm (1-yanvar, 2022) Aktivlari
Download 97 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kapitali 89 919,41 mlrd. soʻm (1-yanvar, 2022) Aktivlari
2008-yili Oʻzbekiston banklarining umumiy aktivlaridagi OʻMBning ulushi 40% ortiq boʻlgan. Shu yilning oʻzida bank mamlakatning qariyb 20% korxonalariga, jumladan deyarli 40% qoʻshma korxonalarga xizmat koʻrsatdi. 2018-yili bank aktivlarining hajmi 56,524,57 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-5 722,02 mlrd soʻmni, sof foydasi-506,56 mlrd soʻmni tashkil etdi (Batafsil maʼlumotlar 2018-yil uchun elektron yillik hisobotda berilgan). 2019-yili bank aktivlari hajmi 66 604,99 mlrd soʻmni, hususiy kapitali- 13 141,07 mlrd soʻmni, sof foydasi- 1 043,65 mlrd soʻmni tashkil etdi. 2020-yili bank aktivlari hajmi 79 861,14 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-13 873,10 mlrd soʻmni, sof foydasi-905,42 mlrd soʻmni tashkil etdi. 2021-yili bank aktivlari hajmi 89 919,41 mlrd soʻmni, hususiy kapitali-14 768,71 mlrd soʻmni, sof foydasi-983,33 mlrd soʻmni tashkil etdi. OʻMB mamlakatdagi eng yirik investitsion bank hisoblanadi. Bankning keng koʻlamli infratuzilmasi Oʻzbekistonda iqtisodiy islohotlarni faol qoʻllab-quvvatlovchi moliyaviy va sanoat sektorining rivojlanishiga yordam beradi. Bank respublikaning strategik muhim boʻlgan korxonalarining aksiyadorlari tarkibiga oʻz kapitali bilan kirishi orqali iqtisodiyotning turli sektorlaridagi korxonalarga investitsiya kiritish, ularni modernizatsiya qilish, texnologik va texnik jihatdan qayta qurollash jarayonlarida ishtirok etadi. Kapitali bo’yicha malumot
Moliyaviy barqarorlik[tahrir | manbasini tahrirlash] OʻMB „Moodyʻs Investors Service“, „Standard and Poorʻs“, „Fitch Ratings“ va „AKRA“ kabi xalqaro agentliklarning reytingiga ega boʻlgan mamlakatning kredit-moliya instituti hisoblanadi. Yetakchi xalqaro reyting agentliklarining yuqori bahosini olish va tasdiqlash masalasi OʻMB uchun dolzarb va muhim boʻlib qoladi. 2018-yilning 24-dekabrida Standard and Poorʼs xalqaro reyting agentligi tomonidan uzoq muddatli kredit reytingi "V+" darajasidan "VV-" darajasigacha oshirildi, bu esa Oʻzbekiston Respublikasining suveren reytingiga teng. Xalqaro reytinglar bo’yicha malumot
Download 97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling