Kapitalistik jamiyat
|
– xususiy mulkning asosini sanoat korxonalari tashkil etadigan, shuningdek, rivojlangan bozor iqtisodiyoti va yuqori sanoat ishlab chiqarishiga asoslangan jamiyat
|
Karavella
|
– XV–XVII asrlarda Yevropada keng tarqalgan yelkanli kema.
|
Ekspeditsiya
|
– maxsus belgilangan maqsad bilan uyushtiriladigan sayohat.
|
Burjuaziya
|
– kapitalistik jamiyatda mehnat qurollari va ishlab chiqarish
vositalariga egalik qiluvchi va ulardan daromad oluvchi hukmron sinf
|
Kapital
|
– bu mulk, yollanma mehnatdan foydalanib, qo‘shimcha qiymat olish vositasi.
|
Gildiya
|
– bu o‘z a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi.
|
Proletariat
|
– bu ishlab chiqarish quroli va vositasidan mahrum bo‘lgan
yollanma ishchi.
|
Absolutizm
|
– bu davlatni boshqarish shakli. Unda monarx hokimiyati mutlaqo cheklanmagan.
|
Puritanlar
|
– XVI asrning ikkinchi yarmida kalvinizm asosida Angliyada shakllangan xristian dini mazhablaridan biri.
|
|