Karamdoshlarni ertagi, kechki va o’rtagi muddatlarda yetishtirish hamda urug’idan yetishtirish texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari. Karamdan mo’l hosil yetishtirish uchun karam ekilgan yerning nami dala nam sig’imiga nisbatan 80 % dan kam bo’lmasligi kerak. Karam o’simligini necha marta sug’orish va sug’orish muddati ko’chat o’tkazilgan vaqt hamda tuproq sharoitiga, jumladan, yer osti suvlarining kanday chuqurlikda joylashganiga qarab belgilanadi. ertagi karam 1 m gacha, 5-6, 2 m dan chuqur bo’lsa 9 marotaba sug’oriladi. O’rtagi karam, 1 m gacha 6, 1-2 m 8, 2 m dan chuqur 11, kechki karam 1 m gacha 7, 1-2 m 9, 2 m dan chuqur 13 marta sug’oriladi. Karam o’simligi ko’chat o’tkazish, ildiz va karam bosh o’rash vaqtida suvni, ayniqsa ko’p talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |