Karantin tadbirlarining o`rni va ahamiyati
Karantin ob’ektlar va ularning tarqalish yo‘llari
Download 60.4 Kb.
|
Karantin tadbirlarining o`rni va ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faol (Avtoxoriya) Passiv (Alloxoriya
- Laboratoriya usuli
Karantin ob’ektlar va ularning tarqalish yo‘llari:
karantindagi ob’ektlar (karantindagi zararli organizmlar) – o‘simliklar hamda o‘simlik mahsulotlariga iqtisodiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari, fitopatogen mikroorganizmlar va begona o‘tlar; Tarqalish yo‘llari (o‘simliklar misolida): Faol (Avtoxoriya) Passiv (Alloxoriya
O‘simliklar karantinining asosiy vazifalari, o‘simliklarning tashqi va ichki karantini bo‘yicha davlat tadbirlari tizimini amalga oshirishdan iborat bo‘lib, bu tadbirlar quyidagilarga qaratiladi: respublika hududini chet mamlakatlardan kirib kelib, xalq xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan karantindagi va boщqa xavfli zararkunandalardan, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlardan muhofaza etish. Karantindagi va boshqa xavfli zararkunandalarni o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlarni vaqtida aniqlash, ularning yoyilishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni yo‘q qilish, shuningdek respublikaning bu zararkunandalar, kasallik va begona o‘tlardan holi mintaqalariga ular kirib borishining oldini olish; qishloq xo‘jalik mahsulotlari va boshqa o‘simlik mahsulotlarnni etishtirish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, realizatsiya qilish va ulardan foydalanishda o‘simliklar karantiniga oid qoidalar va tadbirlarga rioya etilishi hamda ularning amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini olib borishdir. Karantin zararkunandalar ekspertizasining maqsadi qishloq xo‘jalik maxsulotlarining Respublikada uchramaydigan yoki karantin ob’ektlarni ifloslanganlik darajasini aniqlash va ularga qarshi karantin tadbirlarini qo‘llashdir. Bu bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi uchun karantin ob’ekti xisoblangan zararkunandalarni aniqlash va ularga qarshi karantin tadbirlarini o‘tkazish masalasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. O‘simliklar karantiniga doir tadbirlarning maqsadi o‘simliklar karantini ob’ektlarining xorijiy mamlakatlardan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini ob’ektlari tarqalgan hududidan O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini ob’ektlaridan xoli bo‘lgan hududlariga kirib kelishi natijasida zarar etkazilishi xavfining oldini olish, uni cheklash va bartaraf etishdan iborat. O‘simliklar karantiniga doir tadbirlar: tabiiy sharoitlardagi mavjud o‘simlik dunyosiga, qishloq xo‘jaligiga, o‘rmonlarga, dorivor, manzarali o‘simliklarga, shu jumladan ularning urug‘lari, ko‘chatlari va qismlariga (qalamchasi, piyozi, tugunagi, mevasiga va boshqalarga), shuningdek o‘simliklar karantini ob’ektlarini tashuvchi bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa o‘simlik mahsulotiga; tirik zamburug‘larga, bakteriyalar, viruslar, nematodalar, kanalar, hasharotlarga; hasharotlarning, o‘simliklar kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilarning kolleksiyalariga va ular etkazadigan zararlarning namunalariga, shuningdek gerbariylarga va urug‘larning kolleksiyalariga; xorijiy mamlakatlardan va O‘zbekiston Respublikasining o‘simliklar karantini ostida deb e’lon qilingan hududlaridan kirib kelayotgan o‘simliklarga, qishloq xo‘jaligi mashinalariga, erga ishlov berish qurollariga, idishlarning barcha turlariga, ayrim sanoat tovarlariga, qadoqlash vositalariga, shuningdek o‘simlik materiallaridan tayyorlangan buyumlarga, yaxlit toshlarga, tuproq namunalariga, transport vositalariga hamda boshqa o‘simliklar karantini ob’ektlarini tashuvchilarga; Download 60.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling