Karer elektr qurilmalarida quvvat koeffitsienti
Download 69 Kb.
|
1 2
Bog'liqkarer elektr qurilmalarida quvvat koe
Statik kondenstorlar kon korxonalarida reaktiv quvvat kompesatsiyasi vositasi sifatida eng ko’p tarqalishga sabab bo’ldi. Uning asosiy afzalligi shundaki – uncha ko’p bo’lmagan (100 kvar.ga0,3-0,45 kVt ) aktiv quvvatning isrof bo’lishi; kondensatorlarning belgilangan quvvatini oshishi yoki kamayishi timoli; o’ta oddiy va arzon ekspluatatsiya; tarmoqning har qanday nuqtasidan o’rnatish imkoniyati; aylanuvchi qismlarning va ishlashda shovqin yo’qligi.
Amalda eskpluatatsiya qilishda reaktiv quvvatning markazlashgan, guruhli va induvidual kompensatsiyasi bilan farqlashadi.markazlashgan kompensatsiyalashda kondensatorni GPP binosiga o’rnatishadi.Bunday holatda reaktiv quvvatdan karьerni quvvatlovchi LEP va elektr stantsiya yukdan bo’shatiladi. Guruhli kompensatsiyalashda kondensatorlar alohida yirik elektr tarmoqlari boshida bo’ladi va tarmoqqa olib keluvchi reaktiv quvvatdagi yukni tushiriladi.Induvidual kompensatsiyalashda kondensatorlarni elektr qabul qilgichlar qisqichiga ulashadi. Bunday holatda elektr ta’minotning barcha tarmoqlari reaktiv quvvat yuki tushiriladi. Sinxron dvigatellar (SD) asinxron dvigatellarga taqqoslaganda bir qator ustunliklarga ega va aynan: o’ta yuqori k.p.d., olib borilgan kuchlanishdan aylanuvchi momentni kam bog’liqligi, valga yuklanishdan aylanish chastotasini mustaqilligi, kompensatsiyalovchi qurilma sifatida SDdan foydalanish imkoniyati. SDning kompensatsiyalovchi kobiliyati rotorda qo’zg’atish tokini o’zgarishida yoki nominalga teng o’zgarmagan qo’zg’atish toki faol yuklamasini pasayishi rostlanashi mumkin. Sinxron kompensatorlar (SK) yengil konstruktsiyadagi maxsus sinxron dvigatellarni ifoda etadi, ular valga yuklamasiz ishlaydi. Ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan reaktiv quvvat qo’zg’atish tokini rostlash bilan o’zgaradi. SKni qayta qo’zg’atishda reaktiv quvvat yuzaga keladi, to’la qo’zg’atilmaganda-iste’mol qilinadi. Sanoatda 5000 dan 160000 gacha quvvatli kvar.dagi SKlar ishlab chiqarilmoqda. SKni katta (10000 kvar va undan ko’p) quvvatlarda kompensatsiyalovchi qurilma sifatida rayon nimstantsiyalari va yirik korxonalarda qo’llashadi. Reaktiv quvvatdagi statik manbalar (RQM) katta quvvatdagi nimstantsiyalarda o’rnatishadi. RQMning asosiy elementlari - boshqariladigan reaktorlar va boshqarilmayotgan kondensatorli batareyalar. Ular ravon va amaliy inertsiyasiz reaktiv quvvatni hosil qilishni boshqarishga imkon beradi. Download 69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling