Karimov abdulaziz


Download 116.4 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi116.4 Kb.
#221562
Bog'liq
1-mustaqil ish


KARIMOV ABDULAZIZ

Mustaqil ish

Mavzu: 1. Iqtisodiy fikr, g‘oya, qarash, ta‘limotlarning paydo bulishi va rivojlanishining tarixiy jarayoni.

Eng avvaldan insonlar qanday qilib o’z ehtiyojlarini tabiiy resusrlardan foydalangan holda yoki mahsulot qishlab chiqarish uni sotish ayirboshlash kabi masalalar ustida bosh qotirishgan va aynan mana shu paytlardan iqtisodiyot rivojlana boshlagan. Iqtisodiyotni rivojlantirihsga katta hissa qo’shgan olimlar va manbalar quyidagilar: Ksenofont, Platon, Aristotel shuningdek, qadimgi



Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo muttafakkirlari Qur’oni Karim, Hadislar, Qobusnoma, boboka-lonlarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nosir Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek asarlarida insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, shuning uchun ularni yaratish maqsadida mehnat qilish lozimligi boz-boz uqtirilgan.





Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Tarxan ibn Uzlag al – Farobiy. 160 dan ortiq asarlar yaratgan.

Shular jumlasidan birinchi nazariyani olib kirgan inson bu Aristotel. U tovarning ikki tomonini (xususiyatini) ko‘rsatib, ayriboshlash nisbatini asoslaydi, pulning kelib chiqishi va vazifalariga o‘zining qarashlarini bayon qiladi.

Yana bir inson bu Abu Ali Ibn Sino (980-1037) U “Kapital” tushunchasini birinchilardan bo’lib olib kirgan va hayotning to‘qqizta omili: er, havo, olov, insonning asab tizimi, «hayot sharbati», tana qismlari, qalb, kuch, aqliy faoliyatni ajratib ko‘rsatgan. Bu o‘rinda ham iqtisodiy ham jismoniyham ruhiy ham ahloqiy tavsiflar ajoyib tarzda birlashtirilgan.

Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‘oyalari «Vaqfiya» (1482) va «Mahbub-ul-qulub» (1500) asarlarida bayon etilgan. U mahsulotni uch qismga bo‘lib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o‘zining va oilasining ehtiyoj lariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy qatlamlarini o’rgandi. Shunday qilib jahon bozori paydo bo’layotganda “siyosiy iqtisod” shaklandi.

Siyosiy iqtisod grekcha so‘zdan olingan bo‘lib «politikos» - ijtimoiy, «oykos» - uy, uy xo‘jaligi, «nomos» - qonun degani. Ya’ni uy yoki ijtimoiy xo‘jalik qonunlari ma’nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615 yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.

Birinchi paydo bo’lgan oqimlardan bittasi bu “merkantalism” hisoblanadi. Bu oqim tarafdorlari odam-larning, jamiyatning boyligi (puldan, oltindan iborat boylik) savdoda, asosan tashqi savdoda–muomala jarayonida paydo bo‘ladi, ko‘payadi, savdoda band bo‘lgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntiradi. Boshlang‘ich merkantalizm (XIV asr oxiri-XVI asr o‘rtalari) monetar tizim deb nomlanib, uning asosiy sharti-pul (oltin, kumush) ni mamlakatda ushlab qolish hisoblangan. Vaqt o‘tishi bilan merkantalistlar bu tadbir o‘z-o‘zicha mamlakatning boyligini oshirmasligini tushunishgan. Keyingi merkantalizm (XVII asr-XVIII asr boshlari) tashqi savdo rivojlanishi va faol savdo balansiga ega bo‘lishda pulni tashqariga chiqarishni taqiqlash iqtisodiy rivojlanishga to‘siq bo‘lishini anglashgan. Keyingi merkantlizmning Angliyadagi asosiy nazariyachisi Tomas Men (1571-1641) hisoblanib, shu oqim nuqtai nazdida davlatning ichki va tashqi siyosati asoslanadi. Merkantalizm konsepsiyasi asosan proteksionizm siyosatiga tayanadi, ya’ni davlatning iqtisodiyotni boshqarishda qatnashishi, eksportning importdan yuqori bo‘lishi va boylikni ko‘paytirishni ta’minlashi zarurligiga e’tibor qaratadi.



Keyingi oqim bu «Fiziokratlar» merkantilistlardan farqli o‘laroq, boylik qishloq xo‘jaligida yaratiladi va ko‘payadi, degan g‘oyani olg‘a surdi. Fiziokratiya grekcha so‘zdan olingan bo‘lib tarjimasi “tabiat hukmronligi” degan ma’nono anglatadi. Bu maktab dastlab XVIII asr o‘rtalarida vujudga kelib, keyin Italiya, Angliya va Germaniyada keng yoyilgan. Fransiyada fiziokratlar g‘oyasining asoschisi Fransua Kene (1694-1774) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning yagona tarmog‘i hisoblanadi, unda tabiiy yo‘l bilan qo‘shimcha “sof mahsulot” vujudga kelib, xalqning boyligini ko‘paytirib boradi degan qarashni ilgari suradi. F.Kene birinchi bo‘lib ijtimoiy takror ishlab chiqarish modeli – mashhur “iqtisodiy jadvalni” yaratadi. Kene dehqonchilikda barcha sinflar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun xom-ashyo, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik ishlab chiqarilishi natijasida milliy iqtisodiyotda sinflar o‘rtasida tovar va pul oqimi harakatda bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Olingan sof daromadni ular yer mulkdoriga renta shaklida beradi. Fiziokratlar butun sof daromad mulkdorlar sinfiga tegishlii bo‘lishi sababli, mazkur daromadga soliq kiritib, uni yer mulkdorlaridan undirib olish zarur deb hisoblaydi.

Va yana keyingi oqim bu XVII-XVIII asrda Angliyada iqtisod fanining klassik maktabi namoyondalari bo‘lmish A.Smit, V. Petti, D. Rikardolar tomonidan boylik faqatgina qishloq xo‘jaligidagina emas, balki butun moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarida yaratilishini isbotlab berdi hamda ular boylikning umumiy shakli tovar va pulda mujassamlashgan qiymat deb hisoblaydi. Qiymatning o‘zini tovar ishlab chiqaruvchi xodimlar mehnati vujudga keltiradi. Shundan kelib chiqib, ular boylikning onasi yer, otasi mehnat, degan qat’iy ilmiy xulosaga keldi. A.Smit (1723-1790) iqtisodiy fanning predmeti jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va turmush favovonligini o‘stirishni o‘rganish deb hisoblaydi. U o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot» (1776 y.) nomli asarida klassik maktab rivojlanishining yuz yillik davrini umumlashtirib tovar ishlab chiqarish va ayriboshlashga alohida soha sifatida qarashlarini asosladi, ular ob’ektiv qonunlar asosida rivojlanishi va davlat tomonidan tartibga solishga muhtoj emasligini ko‘rsatadi.A.Smit moddiy ishlab chiqarishda nima ishlab chiqarilsa jamiyatning boyligi deb hisoblaydi. Boylikning o‘sish shart-sharoitlarimehnat taqsimoti va uning unumdorligi ortishidir. A.Smitning alohida nazariy qarashlari izdoshi Adam Smit D.Rikardo hisoblanadi. .Rikardo kapitalizmga ishlab chiqarishning mutloq ratsional tizimi, foyda normasi esa – kapitalizm jo‘shqinligining rag‘batlantuvchisi sifatida qaraydi. Uning nazariy qarashlarining xarakterli belgisi – qiymat qonuni yahlit iqtisodiy nazariy fani shakllanadigan asos deb tan olinishidir. D.Rikardo mazkur fanning asosiy vazifasi daromadlar taqsimlanishini boshqaradigan qonunlarni ochishda deb biladi.

K. Marks ta’limotida asosiy o‘rinni bazis va ustkurma konsepsiyasi egallaydi – unga ko‘ra ijtimoiy borliq (hayot) kishilar ongini belgilaydi. Uning nazariyasida kapitalizm tizim sifatida daromadlar taqsimotini bozor prinsiplari buzilishiga olib kelishi to‘liq bandlikni ta’minlay olmasligi, kolonial ekspluatatsiya va urushlarga tortishi qayd qilinadi. K. Marks fikricha kapitalning jamg‘arilish jarayoni sinfiy kurashning keskinlashishi va kapitalizmning barbod bo‘lishi bilan tugaydi.



XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab «marjinalizm» deb atalgan oqim vujudga kelib, shakllana boshladi. U inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “keyingi”, “qo‘shilgan” degan ma’noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem Bavrek va boshqalar) bo‘lib, ular tomonidan keyingi qo‘shilgan tovar nafliligining, mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi.

Shunday qilib biz bir nechta iqtisodni o’sishiga katta hissa qo’shgan olimlarni va oqimlarni sanab o’tdik. Bu tarixni o’rganish orqali biz iqtisodni yanada chuqurroq tushunishni va boshqarishni o’rganamiz. Aslida bunday odamlar va oqimlar juda ko’p.
Download 116.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling