Karimov Baxodir
Download 71.18 Kb. Pdf ko'rish
|
Karimov Baxodir
Karimov Baxodir Filologiya fanlari doktori 1966 yilning 7 fevralida Tozayormish qishlog‘ida ziyoli oilasida tug‘ildi. O‘zbek adabiyotshunosligining kenja avlodiga mansub iste’dodli olim va adib Bahodir Karimov qishloqdagi 30 - o‘rta maktabda ta’lim va tarbiya oldi. Otasi Nurmataka fizika o‘qituvchisi bo‘lishiga qaramasdan, adabiyotga ixlos qo‘ygani uchun o‘zbek mumtoz va zamonaviy shoirlarining ko‘pgina she’rlarini yod bilar va shogirdlariyu farzandlari davrasida ayta olardi. Oiladagi qizg‘in mutolaalar, qolaversa, maktabda tajribali muallimlarning adabiyot ilmiga qiziqtirishlari tufayli bo‘lsa kerak, Bahodir boshqa fanlardan ko‘ra adabiyotga ko‘proq mehr qo‘ydi. U she’rlarni qunt bilan yodlar, adabiy kechalarda faol ishtirok etar, ba’zan ayrim sahna asarlaridan parchalar qo‘yilganida bosh rollarni ham ijro qilardi. Adabiyot va san’atga benihoya hurmat va ixlos 1983 yilda o‘rta maktabni bitkazgan Bahodirni Toshkent Davlat (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekistan Milliy) universiteta o‘zbek filologiyasi fakultetiga kirish uchun imtihon topshirishga da’vat etdi. Biroq, baxtgaqarshi, u o‘sha yili konkursdan o‘ta olmadi. So‘ngra ikki yil harbiy xizmatda bo‘lib qaytgach, yana shu o‘zi ixlos qo‘ygan dargohga kirish uchun imtihon topshirib, talabalikka qabul qilinadi. Download 71.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling