Karimov feruz raimovich integrallarni taqribiy hisoblashda optimal kvadratur formulalar
Download 368.91 Kb.
|
Mag dissertasiya Feruz new org
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA VA TAKLIFLAR
3-bob bo`yicha qisqacha xulosa
Dissertatsiyani uchinchi bobida davriy funksiyalarni integrallash va effektiv interpolyatsion kvadratur formulalar qurish o`rganildi. Effektiv kvadratur formulalar qurish metodlari o`rganilib chiqildi va shular asosida integrallarni taqribiy hisoblash uchun algoritm va dasturlar tuzilgan. XULOSA VA TAKLIFLAR Integrallarni taqribiy hisoblash uchun formula qurish hisoblash matematikasi va sonlar nazariyasining bir sinf masalasini tashkil qiladi. Bunday masalalarni yechish bilan juda ko`p taniqli matematiklar shug`ullanishgan, shuning uchun ham juda ko`p formulalar ularning nomlari bilan ataladi bularga Nyuton, Eyler, Gauss, Chebishev, Markov formulalarini misol keltirish mumkin. Integrallarni taqribiy hisoblashda integral ostidagi funksiya bir o`zgaruvchili bo`lsa unda kvadratur formula quriladi, agar integral ostidagi funksiya ikki va undan ortiq o`zgaruvchili bo`lsa unda kubatur formula quriladi. Kubatur formulalar qurish bilan birinchi bo`lib Sobolev shug`ullangan. Ushbu magistrlik dissertasiyasida ham interpolyatsion kvadratur va kubatur formula qurish uchun birinchi kvadratur va kubatur formulani xatolik funksionalini ko`rinishini aniqlash, xatolik funksionalini normasini hisoblash masalalari ko`rib chiqilgan. Dissertasiyani I-bobida interpolyatsion kvadratur formulalar ko`rib chiqilgan, ularni xatoliklari tahlil qilinib, effektivligi ko`rib chiqilgan va umumlashgan kvadratur formular uchun algoritm va dastur tuzilib misollarda qo`llanilgan. Dissertasiyani ikkinchi bobida interpolyatsion kvadratur formulalar ko`rib chiqilgan, ularni xatoliklari tahlil qilinib, effektivligi ko`rib chiqilgan va interpolyatsion kubatur formular uchun algoritm va dastur tuzilib misollarda qo`llanilgan. Dissertasiyani uchinchi bobida esa davriy funksiyalarni integrallash va effektiv interpolyatsion kvadratur formulalar qurish o`rganildi. Dissertasiyani bajarish davomida quyidagi natijalar olindi. Kvadratur formulalarni o`rganildi. Kubatur formulalarni o`rganildi. Kvadratur va kubatur formulalar uchun algoritm va dasturlar yaratildi. Optimal va effektiv interpolyatsion kvadratur formulalar qurish o`rganildi. Download 368.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling