Karimov Islom, O’zdjtu talabasi Ilmiy raxbar : Yunusova Soxiba O’zdjtu o’qiyuvchisi Annotatsiya


Download 64.5 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1552577
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Karimov Islom Konferensiya

Kamtarlik va tolerantlik
O’zbek millati, har doim o’zining kamtarligi hamda tolerantligi bilan dunyoga nom qozongan edi. Xalqimizning tolerantligiga yaqqol misol qilib, 2-jahon urushida Toshkent shahar Jalariq mahallasida yashovchi Shomahmudovlar oilasi urushdan yetim qaytgan 13 bolani va urush tugagach yana 3 bolani o'z tarbiyasiga olishganini keltirishimiz mumkin. Ular asrab olgan bolalar turli millat va davlatlarning farzandlari edi: Habiba- rus, Vova, Shuhrat- rus, Hamidulla- ukrain, Rafiq, Rahmatulla- tatar, Xolida- moldavan, Samug'- chuvash, Yo'ldosh, Ergash- yahudiy, Halima- qozoq, Qoravoy, Ne'mat, Muazzam, Hakima, Ulug'bek- o'zbek bo’lgan. Jamiyatimizdagi insonlar doimo ochiq ko’ngil bo’lishga o’rgangan, shu darajada qon qonimizga bu narsa singib ketganki, aynan o’zimizdan chiqqan savdogarlar eng yaxshilaridan bo’lishgan. Bu hodisaning ro’y berishiga menimcha Buyuk ipak yo’li sabab bo’lsa kerak, bankmas, Yevropa va Sharq mamlakatlarini bog’lab turuvchi qadimgi yo’l. Sababi bizni xududlarda dehqonlar, hunarmandlar ko’p, ular esa ko’proq tovar sotishi kerak, ko’proq sotishi uchun esa yaxshi muomilada bo’lish zarur, bo’lmasa moli yaxshi ketmiydi. Yaxshi muomaladan tashqari, o’zbekistonlik sotuvchilar tovarni narxidan arzonroqqa ham sotishgan, ya’ni o’ziga ziyon bo’lsa ham, klientga foyda bo’lsin deb. O’sha davrlardan beri savdo sohasidagi madaniyat bizda yaxshi rivojlanib kelmoqda.
Bilamizki, har doim xalqimiz uyatchanlik, kamtarlik bitta ishni ancha vaqt o’ylab keyin qilishga odatlangan. Shu sababdan ham jamiyatda ko’plab holatlarda shu xususiyatlarga tayangan holda ishlar amalga oshiriladi. Hattoki ushbu kamtarlik, uyatchanlik sabab bizni olimlar o’z maqolalari, izlanishlarida “men ushbu tadqiqotlarimda aniqladimki” deb emas, “biz ushbu tadqiqotlarimizda aniqladikki” holatida yozishadi, kamtarlikni kelib chiqishi esa, islom diniga borib taqaladi, bilamizki dinimizda har bir ishni amalga oshirganda bu ishni men qildim deb emas, Alloh ni bergan kuch quvvati evaziga erishdim deb qabul qilish to’g’ri hisoblanadi. Hozir siz aaa Inglizlar ham o’ta kamtar xalqku deyishingiz mumkin, biroq ularda bizdagi kabi kamtarlik asrlar davomida miyasiga quyib kelinmagan. Ammo ming afsuski mentalitetimzdagi ushbu ajoyib xususiyatlar hozirda yo’qolib borayapti. Shuncha davr mobaynida bizni dunyoga tanitgan xususuyatlar sekin astalik bilan yo’qolib ketmoqda, albatta liberallashish kerak, ammo bunday muhim jihatlarni yo’qotmagan holda.

Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling