Karimov Islom, O’zdjtu talabasi Ilmiy raxbar : Yunusova Soxiba O’zdjtu o’qiyuvchisi Annotatsiya
Download 64.5 Kb.
|
Karimov Islom Konferensiya
Sotsializm va kapitalizm ta’siri.
Uzoq 75 yillik siyosat qamrovi bizni hayotimizga qattiq ta’sir qilishi turgan gap. Ayniqsa u endigina ma’lumot qabul qilishning osonlashayotgan vaqtiga to’g’ri kelsa. Ha sezganingizdek videodagi eng muhim nuqtaga yetib keldik. Sotsializm o’z nomi bilan jamiyatga qaratilgan siyosat turi. Sotsializm mentalitetga ta’sir etadigan muammolari haqida gapirish ancha mushkul ish, sababi u olib keladigan zararlar keyinchalik o’zini namoyon qiladi, xuddi muzdek suv ichganingizda srazi kasal bo’p qomaganingiz kabi, oldingi mentalitetni paydo qilovchi omilning ham minuslari vaqt o’tib sezila boshlaydi. Sovet tuzumi idealogiyasiga ko’ra, jamyatdagi har qanday shaxs bir xil hayot tarzida yashashi kerak, hech kim boy bo’lib ketishi kerakmas, hattoki aqliy daraja ham bir xil bo’lishi umuman hamma narsada xalq bir xil bo’lishi kerak, xuddi robotlar kabi. Aynan shu sabablar tufayli ham hammaga bir xil propaganda qurolini ishlatishgan. SHundan keyin deyarli barcha mustamlaka mamlakatlar aholisi bir xil dunyoqarash bilan tarbiya ko’ra boshlashdi, yaxshi o’qi, diplom ol shunda davlat ishida ishlaysan sekin sekin ko’tarilasan, mana shunaqa hayot haqiqiy avtoritet hisoblangan. Shuning uchun ham ko’pchilik MDH davlatlaridagi aholi bilan gaplashsangiz ulardagi mentalitet ham huddi bizdagi kabi ekanligini tushunib yetasiz. SSSR vaqtida xalq yaxshigina boqimandalikka o’rganib qolgan, har xil davlat tomonidan qilib beriladigan servislar, tekinga qanaqadir bayramlar va hokazo. Nimaga endi davlat shunaqa ishlarni qilgan, xalqni o’ziga bersa bo’masmidi? Deyishingiz mumkin, lekin sotsializm va kommunizmda butun boshli tadbirkorlik, san’at, meditsina va hatto uydagi buyumlar ham davlatniki hisoblangan. Shu sababdan ham bizda oldinlari topilgan pul ko’rpacha tagiga yashirilib ming so’mlik jigulini sotib olish uchun yig’ilgan. Ha ho’p, bildik nimaga pulni bu tarzda saqlashligini, ha nimaga unda sotib olgan buyumlarimizni ham shunaqa avaylab ishlatganmiz, nimaga ularni hali ham dodalarimiz buvilarimiz tashlab yubormaslik kerak deyishadi? Sababi juda ham oddiy, barcha ishlab chiqarish davlat tomonidan tashkillashtirilgan, faqat davlat ishlab chiqargandan va import kam bo’lgandan keyin nima bo’ladi? Tovarlar kam miqdorda magazinlarga yetib boradi, xalq uchun bir dona topilgan non ham oltinga teng ravishda baholanilishiga sabab bo’ladi. Shu sababdan ham, bizni ajdodlarimiz har bir narsani avaylab asrashgan, va nonni ulug’lab yuborishgan, shuni ham unutmaslik kerakki dinda ham nonni hurmat qilishga da’vat qilingan hadislar bor. Kapitalizmda esa umuman boshqacha xalq o’z yeguligini o’zi topadi, agarda talantli bo’lsa jamiyatdan yordam kutmay tezroq amalga oshirishga harakat qiladi. Ya’ni endi yuqoridagi siyosatga umuman teskari, individualizmga asoslangan siyosat turi. Kapitalitik ruhda o’sgan odamlarga e’tibor berilsa ular ko’proq egoizmga tayangan holda o’z yo’llarini tanlashadi, ya’ni kommunizmda yashaydiganlarga o’xshab ha deb odamlarga foyda bo’lsin, manfaatimiz tegsin emas, ko’proq o’zimga foyda bo’lsin degan maqsadda yashashadi. Download 64.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling