Karimov Islom, O’zdjtu talabasi Ilmiy raxbar : Yunusova Soxiba O’zdjtu o’qiyuvchisi Annotatsiya


Download 64.5 Kb.
bet1/6
Sana17.06.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1552577
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Karimov Islom Konferensiya


Mentalitet o’zi bormi?
Karimov Islom, O’zDJTU talabasi
Ilmiy raxbar : Yunusova Soxiba O’zDJTU o’qiyuvchisi
Annotatsiya : Ushbu maqolamizda mentalitet o’zi nima?, u o’zi bormi? kabi savollarga javob va uning asl ma’nosi, uning san’at va madaniyatdagi, musiqadagi o’rni hamda mentalitet bizga kerakmi degan savollarga javob olishingiz mumkin.
Kalit so’zlar : mentalitet, madaniyat, san’at, musiqa, satsializm, kapitalizm, kamtarlik, odob, axloq, tarix.
Bir tomondan g’alatidek eshitilishi mumkin ammo, mentalitet so’zi barcha tillarda har xil ma’noda ishlatiladi. Misol uchun, ingliz, nemis, fransuz tillarida o’ylash fikrlash deb hisoblansa, rus, o’zbek tillarida jamiyat, odamlar degan ma’nolarni bildiradi. Aslida so’zning asosi lotin tilidagi mens (mentis) fikr, fikrlashdan olingan. Agarda bu maqolamiz mavzusining nomiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ingliz, nemis, fransuz, umuman deyarli barcha g’arb mamlakatlarida u xalqning ruhiy va intellektual holati sifatida, MDH davlatlarida bo’lsa muayyan jamiyatning ma’naviy, madaniy o’ziga xosligi sifatida qaraladi.
Mentalitet so’zi o’z ma’nosi ya’ni kollektiv fikrlash, umumiy e’tiqodlar, stereotiplar sifatida 19-asr o’rtalaridan boshlab ishlatila boshlagan. Shu sababdan qolgan sohalar, sotsiologiya, psixologiya, antropologiya va tarixda ushbu so’z boshqacha o’rin tutadi. Masalan, psixologiyada mentalitet madaniyat, tarbiya va shaxsiy tajriba kabi turli omillar ta'sirida bo'lishi mumkin bo'lgan shaxsning o'ziga xos fikrlashini, his qilishini va o'zini tutishini anglatadi. Sotsiologiya va antropologiyada mentalitet ma'lum bir guruh yoki jamiyatni tavsiflovchi umumiy munosabat, qadriyatlar va e'tiqodlarni tavsiflash uchun. Masalan, jamiyatning mentalitetiga din, an’ana, tarix va ijtimoiy me’yorlar kabi omillar ta’sir qilishi mumkin.
Ba’zi bir manbalarning ta’kidlashicha, mentalitet va dunyoqarash bir narsani bildirar ekan. Menimcha kruglozor individual tushuncha bo’lib odamning atrof-muhit haqidagi fikri, e’tiqodini anglatadi, haqiqatdan ham insonning shaxsiy qarashlarini butun boshli jamiyatniki bilan bir xil deb hisoblash noto’g’ri, lekin, mabodo shu chegaramizda joylashgan, bundan 40 yil ilgari birga og’a-ini bahodir bo’lib yashab kelgan qardoshlarimizning dunyoqarashini, o’zimizning dunyoqarashimizga nisbatan solishtirsak unchalik ham katta farq chiqmaydi. Misol uchun, ruslar ham yostiq ostida pulini asrab o’tiradi, biz bo’lsa ko’rpachani tagida.
Mentalitet bu "kollektiv tasavvur" deya taʼriflanadi. Ya’ni dunyoni va tabiatniidrok etish orqali mentalitet paydo bo‘ladi. Mentalitet - bu maʼlum bir guruh,etnos, xalq, millatga xos bo‘lgan, odat bo‘lib qolgan fikrlash tarzi.Mentalitet - turli qarashlar, qadriyatlar, xulq-atvor normalari, ideologiyalar,hayotiy ko‘rsatmalar va madaniy xususiyatlarning o‘zida aks ettiradi. Ushbu tasavvurlar to‘plami maʼlum bir odamlarining munosabatlari va his-tuyg‘ularida ifodalanadi va u ongsiz mulohaza yuritishni talab etmaydi.Mentalitet asrlar davomida shakllanib, inson ongida mustahkam o‘rnashibboradi. U odamning boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishi yoki boshqa etnik guruhga “kirishi” tufayli o‘zgarib qolmaydi. O‘zgarish faqat bir necha avloddan keyin sodir bo‘ladi.
Nimaga odamlarni gapiga qarab yashash mentalitetimizning sandig’ida katta bir burchakdan joy olgan?
Har doim g’arb va sharq jamiyatlarida ikki xil yashash tarzi hukm surgan. Yevropada tug’ilgan odam o’zining iqtidori, harakatlari bilan jamiyatning e’tiboriga tushishi osonroq bo’ladi. Chunki uni hech kim tanqid qilib hayotiga aralashmaydida. Ha o’zimizni yaqin sharqda bo’lsa, har doim kimdir qanaqadir o’zi o’ylab topgan chegaralar asosida boshqalarni o’sha ramkada yashashini xohlaydi. Umuman olganda sizda yaxshi fikrlash darajasi bo’ladimi, boshqami sizni baribir jamiyat o’z qobiqlari ostiga olib ketaveradi. Shu sababdan ham har bir diniy marosim, to’y, o’g’lizni armiyadan keganiga xudoyilar har doim odamlar bilan gavjum holda o’tadi. Agar siz yo’q bu mani prinsiplarimga to’g’ri kemiydi deb qimasez, jamiyatdan uzilgan, ajralib qolgan bir noodatiy mahluqqa qaragandek qarashadi. Bu holat shu darajada bizga singib ketganki, hatto maqollar ham ko’pchilikdan ajralmaslik haqida tildan-tilga o’tib kelyapti, masalan, maslahatli osh aynimas, Ayrilganni ayiq yer, bo’linganni bo’ri yer. (Madaniyat va ma’rifat kanali). Ho’sh bularga sabab nimada? Birinchidan, din tomonlama insonlar bir birga birodar ekanligi, hamjihatlikda barcha ishlarni amalga oshirishi kerakligi uqitirilgan. O’sha davrlarda, jamiyatning hayoti juda ham oddiy bo’lgan, asosiy marosimlar faqat diniy, hamjihatlikdagi tadbirlardan iborat edi. Ikkinchidan, bizni ota onalarimiz, doda buvilarimiz, sevgan sotsializm va kommunizm, aynan shu ikki siyosiy o’yinlar hayotimizga juda ham katta ta’sir o’ktazdi. Bu haqida ham sal keyinroq to’xtalamiz.

Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling