Karimova nozima “Nizoli vazyatlarda o’smir xulq-atvorning psixologik xususiyatlari”
Tajriba sinov ishlari natijalarini tahlil qilish
Download 156.85 Kb.
|
KARIMOVA NOZIMA
3.2 Tajriba sinov ishlari natijalarini tahlil qilish.
O‘smirda boshqalarning va o‘zining psixologik kechinmalariga qiziqish paydo boiadi. O‘smirlik davridagi inqiroz — o‘smir kechinmalari, uning strukturasi, mazmunining qat’iy o‘zgarishi, buzilishidir. L.S.Vigotskiy 13 yoshni inqirozni sindiradigan nuqtasi deb atagan. Inqirozdan keyingi davrlar (14—15 yosh) ota-onalar va o‘qituvchilar tomonidan subyektiv yanada qiyinroq deb ataladigan yangi psixologik tuzilmalar shakllanadi. Inqirozning kechishi kattalarning o‘sayotgan boladagi o‘zgarishlarni sezuvchanligiga, tarbiya taktikasini mohirona o‘zgartirishiga, o‘smirning yangi ehtiyojlari, yangi qobiliyatlariga bog‘liq ravishda munosabatlarni o‘zgartirishiga bog‘liq.Sog‘lom o‘smirlarga ham kayfiyatning beqarorligi, depressiv kechinmalar, tez ranjish va boshqalar xos. 0‘smirlarda ko‘p uchraydigan «mos emaslik affekti» (arzimas narsaga ham kuchli reaksiya bildirish) o‘zini past baholash va intilish darajasining yuqoriligi orasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq.0‘smir intellektining o‘ziga xosligi va affektiv sohasi bilan bogliq ravishda o‘smirlar egotsentrizmining o‘ziga xos shaklini ajratishadi.0‘smir o‘ziga, o‘zida ro‘y berayotgan psixofizologik o‘zgarishlarga qiziqadi, u o‘zini zo‘r berib analiz qiladi, o‘z-o‘zini baholaydi. Unda boshqalar ham uning haqida o‘ylashi, uning tashqi ko‘rinishiga qiziqishi, fikrlari, xulq-atvori va hissiyotlariga qiziqadi, degan illyuziya paydo bo‘ladi. «Xayoldagi auditoriya» fenomeni egotsentrizm komponentlaridan biri bo‘lib, uni har doim tomoshabinlar kuzatadi, u esa har doim sahnaning o‘rtasida deb ishonadi. O‘smirlik egotsentrizmining boshqa komponenti bu shaxsiy afsonadir. Shaxsiy afsona - bu shaxsiy kechinmalarga asoslangan muhabbat, hasad, uyat kabi hislarning o‘ziga xosligiga ishonishdir. Bunday egotsentrizm cho‘qqisi o‘spirinlik davriga o‘tishga to‘g‘ri keladi, bunda tengdoshlari bilan o‘z hissiyotlarini bo‘lishish, ular bilan yaqin ishonchli munosabatlarni o‘rnatish orqali barham berish mumkin.Men konsepsiyasi- o‘z-o‘zini anglashning yangi darajasi sifatida katta o‘smirlik davrida yangi markaziy tuzilma hisoblanadi.0‘z-o‘zini anglashning yangi darajasini shakllanishi (o‘zi haqidagi tasavvur, Men konsepsiyasi) o‘z imkoniyatlari va xususiyatlarini, o‘zining boshqalarga o‘xshashligi va betakrorligini,o‘zini shaxs sifatida bilish ehtiyojidan kelib chiqadi. 0‘smirlarning o‘zi bilan bog‘liq kechinmalari ko‘pincha salbiy bo‘ladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga, kattalarning bahosi va tasavvurlari interiorizatsiyasi qilinishiga bog‘liq.Ko‘pincha o‘smirlar o‘zlariga salbiy baho beradilar, kamchiliklarining uzun ro‘yxatiga faqat bitta ijobiy xislat qo‘shiladi. Bu o‘smirning o‘ziga «tashqaridan» qarashiga bog‘liq, kattalarning salbiy bahosi ortib boradigan va ijobiy baho kamdan kam ko‘rsatiladigan tasavvurlari interiorizatsiya qilinadi.0‘smirga o‘zini baholashning shaxsiy mezonlarini ishlab chiqishga, o‘zini «ichdan» ko‘rishga va o‘z yutuqlarini baholashga, shaxsining kuchli tomonlariga suyanishga o‘rgatmoq lozim. O‘smirlik davrining oxiriga kelib kuchli o‘z-o‘zini anglash ro‘y beradi. Kattalarning bahosiga taqlid qilish yo‘qolib, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini ko‘rsatish, o‘z-o‘zini tasdiqlatish, o‘z-o‘zini namoyon qilishga intilish kuchayadi.0‘z oldiga kelajakda bajariladigan topshiriqlarni qo‘yishi o‘smirning o‘qish faoliyatiga yangicha ma’no beradi, o‘z-o‘zini namoyon qilish, o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘tiladi. Ilk o‘spirinlik davriga (15—18) o‘tishdagi inqiroz insonning shaxsiy taraqqiyot subyekti sifatida shakllanishi muammosi bilan bog’liq. 18—21 yoshlarda ijtimoiy-psixologik va shaxsiy o‘z-o‘zini belgilash tugallanadi. Tadqiqotda ilgari surilgan nazariy masalalar hamda amalga oshirilgan amaliy tajribalar uning natijasini aniqlashni taqozo etadi. Yakuniy tajriba-sinov ishlari 2012-2013 yillarda Qarshi tumanidagi 25–o‘rta umumta’lim maktabida olib borilib, unda jami 8 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi va 63 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Shundan 32 nafari tajriba guruhi o‘quvchilari va 31 nafari nazorat sinfi o‘quvchilari edi. Shakllantiruvchi tajriba bosqichida ham tajriba-sinov ishlari ta’kidlovchi tajriba jarayonida foydalanilgan metodlar yordamida muallif tomonidan ishlab chiqilgan mezonlar asosida olib borildi. Amaliy ishlarda maktab tarbiyaviy ishlarini texnologiyalashtirishning darajalari, ularning amaliy faoliyatda namoyon bo‘lish holatlari aniqlandi. Bu holat quyidagicha izohlanadi: 1. Mavjud nazariy-pedagogik bilimlarning o‘qituvchilar tomonidan o‘zlashtirilishining pastligi. (Ayniqsa, zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida nazariy bilimlarning yetishmasligi) 2. Tarbiyaviy ishlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar samaradorligining yuqori darajada emasligi. 3. O‘qituvchilarga tarbiyaviy ishlarni texnologiyalashtirishga oid nazariy, amaliy va metodik yordamning zaruriyati mavjudligi. Tajriba-sinov ishlarining asosiy bosqichida, sinf rahbarlari bilan birgalikda (tajriba sinfida) ko‘pgina texnologiyalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etdik. Tadbirlar tahlilining ko‘rsatishicha, texnologiyalashtirilgan tadbir natijasida o‘quvchilarda quyidagi sifat (xislat)larning barkamol shaxs qiyofasida aks etishi muhim ekanligi qayd etildi: - vatanparvarlik va milliy g‘urur, iftixor tuyg‘usiga egalik; - davlat ramzlari (gerb, bayroq, madhiya)ga nisbatan chuqur hurmat bildirish; - millat va jamiyat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish hamda ularning taqdiri uchun mas’uliyatli bo‘lish; - ona tabiatga nisbatan mehr-muhabbat; - ajdodlar xotirasiga hurmat, milliy qadriyatlarning ahamiyatini chuqur anglash va ularni asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yetkazishga g‘amxo‘rlik qilish; - halol, rostgo‘y, mehr-shafqatli bo‘lish; - g‘ayratli, tashkilotchi va tashabbuskor bo‘lish; - faoliyatda qat’iyatli, xushmuomala va tartibli bo‘lish; - mustaqil va o‘z nuqtai nazarini erkin ifodalay olish; - muomala madaniyatini egallay olish; - vaqtdan unumli foydalana bilish. Bundan tashqari o‘quvchilar bilan “Ona tabiat qo‘yniga” sayohat mashg‘ulotini ham tashkil etdik. Bunda o‘quvchilar “Tabiatdagi bahoriy o‘zgarishlar”, “Tabiatning ham joni bormi?”, 59 “Qushlar nima deydi?”, “Gul go‘zallik ramzimi?”, “Tabitani asrash uchun nima qila olaman?” kabi savollarga javob oldilar. Sayohatdan so‘ng o‘quvchilarning tasurotlari davra suhbati asosida xulosalandi. Sayohatdan o‘quvchilarning taasurotlari bir olam bo‘ldi. Ayniqsa, ularning ona tabiatga nisbatan munosabatlari tubdan o‘zgardi, desak adashmaymiz. Bolalar o‘z javoblarida tabatning ham joni bor ekanligi, unga ozor bermaslik lozimligini qayta-qayta takrorladilar. Tajriba-sinov ishlarining asosiy qismi bahor oylariga to‘g‘ri kelganligi bois boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan “Navro‘zi olam”, “Gullar bazmi”, “Qushlar bayrami” kabi tadbirlarni tashkil qildik. Ushbu tadbirlarni yil boshida sinf rahbari bilan kelishgan holda uning ish rejasiga kiritdik. Har bir tadbirni boshlanishdan bir oy oldin tadbir yuzasidan material to‘plashga kirishdik. Tadbir ishlanmasini tuzishda albatta uni texnologiyalashtirishga alohida ahamiyat qaratdik. Bu borada o‘qituvchilarning fikr-mulohazalarini ham inobatda oldik. Ayniqsa, tadbirni tashkil etishda o‘quvchilarning yosh xususyaitlari va ularning imkoniyatlari darajasini alohida yodda tutdik. O‘quvchilar bajara oldigan rollar, turli boshqotirma va boshqa o‘yinlarni ularning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda tanladik. Shuni alohida yodda tutish kerakki, tadbir jarayonida ko‘plab pedagogik texnologiya shakllaridan foydalanish mumkin, ammo tadbirlar ommaviy shaklda o‘tishini hisobga olganda ko‘proq guruhlarda ishlash metodlarini tanlash maqsadga muvofiq. Biz yuqoridagi boblarda ta’kidlaganimizdek, tarbiyaviy tadbirlarda pedagogik texnologiyalarni qo‘llash o‘quvchilarda faollik, ishchanlik, qiziquvchanlik, maqsad sari intilish, o‘zgalar fikrini hurmat qilish, guruh sha’nini himoya qilish kabi ko‘nikmalarni shakllantiradi. Shubhasiz biz tashkil etgan tadbirlarda ham o‘quvchilarda ushbu ijobiy sifatlar shakllanganligi kuzatdik. Yuqorida qayd etilgan sifatlar tajriba-sinov ishlari davrida tajriba guruhiga biriktirilgan respondent-o‘quvchilar tomonidan muvaffaqiyatli tashkil etilishiga erishildi. Mazkur fikrni tajriba-sinov ishlarining yakuniy bosqichi natijalari ham tasdiqlaydi. Tajriba natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar respondent-o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etilgan so‘rovlar, testlar, ertaliklar, sayohat natijalarilarni tahlil etish asosida hosil qilindi. Test so‘rovi natijalarini tahlil etish chog‘ida quyidagi ko‘rsatkichlar qo‘lga kiritildi: Download 156.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling