Karimova nozima “Nizoli vazyatlarda o’smir xulq-atvorning psixologik xususiyatlari”
O`smirlardagi nizoli vaziyatlar psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi
Download 156.85 Kb.
|
KARIMOVA NOZIMA
2.2. O`smirlardagi nizoli vaziyatlar psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi
O’smirlar oiladagi noto’g`ri tarbiya, xususan nosog`lom munosabatlarning zarbasiga duchor bo’ladilar. Ushbu munosabatlarga nisbatan shaxsiy mulohaza, o’ziga xos “reaktsiya” zamirida ularning ruhiyati va ma`naviyatida turli xil kechinma, intilish, xohish, istak, hadiksirash hislari o’z ifodasini topadi. Ular uchun mashg`ulotlarning mustaqil shakllari yoqadi. Boshqa davr bolalariga nisbatan o`smirlarning fanlarni muvaffaqiyatli 8 o`zlashtirishlari, qiziqishlarini orttirishlari o`qituvchining o`quv materialini tushuntira olish mahoratiga bog`liq. Bilim o`rganish ehtiyojlari asosida astasekinlik bilan o`quv fanlariga nisbatan qat`iy ijobiy munosabat shakllanadi. Bu davrda o`qishning yangi motivlari yo`zaga keladi. Bu motivlar o`smirning hayotiy rejalari, kelajak kasbi va ideali bilan bog`liq bo`ladi. Aynan o`smirlik davridan boshlab, bolalar hayotiy ilmiy, badiiy bilimlarni kengaytirishga alohida ehtiyoj sezadilar va bunga harakat qiladilar. Bilimli bola tengdoshlari orasida hurmatga sazovor bo`ladi. Bilim o`smirlarga alohida bir quvonch bag`ishlaydi va uning tafakkur qilish layokatini rivojlantiradi. O`smirlarning o`quv materiallarini faqat mexanik xotiraga asoslanishlari halaqit berishlari mumkin. Bu davrda o`quvchilarga beriladigan o`quv materialining hajmi katta bo`lgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo`li bilan o`zlashtirishi qiyin. Buning uchun o`quvchi o`quv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim. Bu davrda bolalarning idroki, diqqati va tasavvurlari o`zgaradi. Lekin bu o`zgarish bolaning o`ziga va atrofdagilarga sezilmagan holda kechadi. Shu bilan birga bu davrda bolaning xotirasi, nutqi, tafakkur jarayonlari ham jadal rivojlanadi. Bu o`zgarishlar atrofdagilarga sezilarli darajada bo`ladi. O`smirlik davrida bolani anglashi va o`z-o`zini anglash darajasi kengayadi va unda boshqa odamlar, olam haqidagi bilimlari chuqurlashadi, o`yin faoliyati astasekin. kamayib, yangi faoliyatlar yo`zaga kela boshlaydi. Psixik rivojlanishning yangi bosqichi boshlanadi. O`smirlik davrida o`z faoliyatini nazorat etish rivojlana boshlaydi va o`zini-o`zi boshqarishga intilishi kuchayadi. Bir so`z bilan aytganda, o`smirlik davri psixik rivojlanishda keskin burilish davri hisoblanadi. G`azab, qo`rquv va shu kabi boshqa emotsiyalar insonni o`rab turgan muhitga moslashish funksiyalarini bajaradi. G`azab odamlarda ham, hayvonlarda kabi to`siqlarni yo’qotishga, maqsadga erishishdagi, dam olishdagi yoqimli taassurotlarni olishdagi va boshqa to`siqlarni yengishga yo’naltirilgan. Shuning uchun har qanday agressiyani ko`rsatish qonunbuzarlik hisoblanmaydi. G`azab - ma’lum bir holatdagi reaksiya va u odam uchun xatarli holatda kerak bo`ladi. Agar g`azab “kuchayib“ borsa, unda u sharoitdan ustunroq bo`ladi, 9 doimiy xavotirlanish bilan olib borilib, u normal hisoblana olmaydi. Normadagi stressorning uzoq muddatda ta’siri unga moslashishga olib keladi, bunda agressivlik, yuqori hayajon, qo`rquv va nevrotik simptomlarni kelib chiqishi o`zini boshqarish tizimining “buzilishi” hisoblanadi. B.Spok fikricha, bir yoshli bolaning onasiga go`dakka nisbatan yoqimsiz harakat qilgani uchun tipirchilashi yoki tushirib qoldirishi, ikki yoshli bolaning boshqa bolani urishi, uning qum o`ynayotgandan o`yinchog`ini tortib olgani uchun kurakchasi bilan boshiga tushirib qolishi oddiy hol hisoblanadi. Barcha g`azabning reaksiyalari holatli (ya’ni sharoitga qara b) va adekvatli, lekin ular buzilishiga “o`tib ketishi mumkin”. Har qanday buzilish o`zining boshlanishini aniq bir ko`rinish (situatsiya) dan oladi. Buzilishda g`azab ta’sirining «o`sib boorish» sharoitlari quyidagilardan iborat: - Ota-onalarning doimiy agressiv hatti-harakatlari, bolaga salbiy ta’sir qiladi, bularni qaytarib ularning agressivdiklarga „kasallanib“ qoladi (o`rganib qoladi). Bu degani bolaning o`zini emotsional boshqarish sistemasi uning otaonalari emotsional boshqarish tipida ko`riladi; - Bolani yaxshi ko`rmaslik ko`rinishi uyda himoyachining yo’qligi, xatar va atrofdagi olamni dushmanligi kabi sezgilar shakllanadi. - uzoq muddatli va tez-tez bo`lib turadigan frusratsiyalar, bunda ularning asosi bo`lib ota-onalar va qandaydir muhitlar sabab bo`ladi; ota-onalar tomonidan bolani kamsitish, haqorat qilish. Bu frustratsiyaning alohida bir ko`rinishi, bu bola shaxsini shakllantirishda juda muhim hisoblanadi, hatto diagnostika va korreksiya jarayonida alohida ko`rib chiqish zarur. Balkim, bular shaxsiy komplekslarini “ochib” berar, bunda har bir ota-ona shaxsini stabilizatsiya qilish kerak, psixologik yordam kerak. Bolalar muammosi doimo oilaviy muammo keltirib chiqaradi (ya’ni bir oila a’zosi qiyinchiligi bu barcha guruhnikidir). Bolaga alohida uni o`rab turgan odamlarga yordam bermasdan amaliy yordam berib bo`lmaydi. Bu yerda bola shaxsi rivojlanishi buzilishini to`g`rilash usullari ko`proq ko`rib chiqilsa, bu degani unga “yordam berish” mumkin emas degani, lekin katta odam shaxsi bilan ishlash jarayonining murakkabligi bilan belgilanadi. Bu muammo eslatmaslikni, lekin uzoq vaqt, jiddiy qarashni talab qiladi. To`rtinchidan, ota-onalarni, bolalarga tug`ilishgacha bo`lgan vaqt va uni tug`ilgandan keyin birinchi oylaridagi munosabatini bilib olish shart. Agar bola boshidan kutilmagan bo`lsa (bola “noiloj” yoki “tasodifan” tug`ilib qolgan holat), unda oldindan aniq kelishilgan ota-onalar bilan birga qarorga kelishi kerak (ya’ni, verballashtirilgan taxmin qilingan emas, “o`ylanilgan”). Misol uchun, bola unga kerak emas, kutilmagan bo`lsa ham, u haqda baribir qayg`urish kerak. Bolani tan olmaslik bahonasini o`rganib chiqish ota-onaga unga nisbatan munosabatini o`zgartirishi mumkin. Agar ota-onalar bola tug`ilishini hohlasalarda, unga nisbatan bo`lgan munosabatlarini u “agressiv”, quloq solmaydigan, chidab bo`lmaydigan holda bo`lgan vaqtdan o`zgartirgan bo`lsalar, unda ota-onalar g`ururini tushirmasdan, bola o`z xatti-harakati bilan faqat ularning (ota-onalarning) harakatiga javob berayotgannini ko`rsatib o`tish kerak. Agressiv bola bilan olib boriladigan korrektsion ishlar Agressiv xatti-harakatni umuman yomon deb hisoblab bo`lmaydi. Kritik (frustrasiya) holatda paydo bo`lganda u himoya funktsiyasini, ba’zida hal qiluvchi holatdan chiqib ketish funktsiyasini bajaradi. Ko`pincha bolada agressiv xattiharakat bolani o`tish davrida kuzatiladi. Bu shundan dalolat beradiki, bolani yashashi qiyinlashdi. Har qanday qiyin holatda bola yosh krizisi paytida qiyinroq o`tkazadi, shuning uchun undan xatti-harakatidan agressiv elementlarni ko`payishini kutish mumkin. Bu oddiy bolaga ham, emotsional buzilishdagi bolaga ham tegishlidir. V.V.Lebidinskiy va boshqalar ta’kidlab o`tdilarki, bolaning aniq agressivligi davrida, atrofdagilar bilan garmonik munosabatni u tomondan buzilishi qaysiki normal affekt rivojlanishida kuzatilgan, asosan yosh affekti va shaxsiy krizislar kechinmalari bilan to`g`ri keladi. Affektiv buzilish holatida agressiya odatiy hol, deyarli xulq-atvorning birlamchi formasi bo`lib qoladi. Biroq, bolaning xulqatvorning birlamchi formasi bo`lib qoladi. Biroq, bolaning xulq-atvoridagi agressiyaning borligi doim u bilan bo`lgan munosabatda katta qiyinchiliklar tug`dirsa-da, agressiv tendentsiyalarni faqatgina salbiy baholash mumkin emas. Shuni esda tutish kerakki, ular (tendensiyalar) bolaning affekt rivojlanishi davridagi aktivligini oshishi fonida qonuniy kattalashib beradi. Odatda bu psixokorreksion ishning ajralib bo`lmas bosqichidir, bulardan kattalarning yordami bilan o`tib, bola uni o`rab turgan reallik bila n yanada adekvat formalarni egallashi mumkin. Shuni aytib o`tish mumkinki, agressiya o`zining kelib chiqiishi dinamikasi bo`yicha ko`pincha bolani yaqin atrofdagilari bilan bo`lgan o`zaro munosabatlari usullaridan o`zgacha qiyinlashuv ko`rsatkichida ko`rinadi. Bolada agressiyani to`g`rilash, ya’ni korrektsiya qilish, uning sabablarini, kelib chiqishini bilishdan boshlash kerak. Agar agressiya emotsional-motivatsion sohada buzilish signali bo`lib hisoblanmasa, unda korreksion harakatlar uni (agressiyani) yo’qotishga qaratilgan bo`lmay, balki uni yumshatishga va boladagi agressiv xulqatvordan kelib chiqadigan yomon asoratlarni oldini olishga qaratilgan bo`lishi kerak. Bundan tashqari bu holatda ota-onalarni bolaning agressiv reaksiyalarini adekvat ravishda qabul qilishga tayyorlash kerak. Boshqa holatlarda, agar agressiya shaxsning emotsional-motivatsion sohasining buzilishida ko`rinsa, psixolog yoki tarbiyachilarning harakati bolaning agressiv harakatini mustahkamlanmasligiga yo’naltirilgan bo`lishi kerak. Korrektsion metodlarni qo`llash sabablari xarakteriga bog`liq bo`ladi. Metodini tanlash konkret holat va konkret bolani hisobga olish bilan o`tkaziladi. Buni quyidagi korreksion metodlarni ko`rib chiqishda hisobga olish kerak: Agressiv tenlentsiyalarni tan olmaslik, atrofdagilarni unga ahamiyat berishini bilmaslik; 2. Agressiv xatti-harakatga o`yin qo`yish va unga yangi ijtimoiy yondashishni tadbiq qilish, ma’noni emotsional to`ldirish. Bu bilan bola uchun agressiv tendentsiyalarni atrofdagilar bilan bo`lgan munosabatda asoratsiz kuchayishida qulaylik tug`iladi (misol uchun “qaroqchilar” o`yinida agressiv bolaga qaroqchi va boshqa rollarni berish maqsadga muvofiq). 3. Bolaning agressiv harakatini ta’qiqlash (bolaga agressiyani ko`rsatishga ruxsat bermaslik); 4. Psixologni o`yin holatida agressiv harakatlarni, qaysiki, ularning asosida ko`pincha qo`rquv yotadigan, o`ylab topish yoki “cho`zish” uchun aktiv ishtirok ettirish kerak; 5. Psixodrama affektiv keyingi katarsis-emotsional holatni yo’qotishi, yechimini Tayanish tushincha: Xavotir, xavf, ta’zyiq, emotsional holatlar, uyatchanlik, taqlika, stress, nevrotik xavotir, ob’yektiv havotir, kognitiv havotir, havotirlanishning oldini olish va korrektsiya qilish bosqichlari. Shaxs uchun turli narsalar xaqida tashvishlanish qobiliyati xosdir, bu esa uning hayotga befarq munosabatda emasligidan dalolat beradi. Biroq bu tashvishlanish ba’zida noadekvat shaklda bo`ladi, ya’ni shaxs asoslanmagan holda bu holatni boshdan kechiradi. Psixik holat sifatida xavotirlanish tushunchasining ko`p qirraliligi shundan kelib chiqadiki, turli xil tadqiqodchilar “Xavotirlanish” tushunchasini turli ma’noda qo’llaydilar. Ch.D.Spilberger (1968) fikriga ko`ra, xavotirlanish konsepsiyasining noaniqligi va ko`p qirraliligining asosiy sababi. Bu atama odamda ikki asosiy ma’noda foydalaniladi. Lekin ular bir-biri bilan bog`liq. Shu bilan birga turlicha tushunchalar sifatida qo’llanishadi. Ko’pincha “havotir” terminini yoqimsiz ichki emotsional bezalgan holat sifatida qaraladi. Bu holat esa zo’riqish, notinchlik, g`amginlikni his qilish tariqasida fiziologik jixatdan avtonom nerv sistemasining faollashuvi sifatida tavsiflanadi. Havotirlanish holati inson muayan qo`zg`atuvchini o`zida xavf, ta’zyiq, ziyon elementlari sifatida idrok qilishi natijasida kelib chiqadi. Havotirlanish holatini insonda vujudga kelishi mumkin bo`lgan stress darajasi funksiyasi dekvaqt va intensivligi bo`yicha o`zgarib boradi. Shuningdek, “havotirlanish” atamasi insonning bu holatini boshdan o`tkazish moyilligi kabi, nisbatan barqaror individual farqni ifoda etishi uchun ham ishlatiladi. Bunda xavotirlanish shaxs xislati ya’ni shaxs xavotirlanishi ko`rinishida bo`lib, u bevosita xulq-atvorida namoyon bo`lmaydi. Shaxs xislati sifatidagi shaxsiy xavotirlanish holati qanchalik tez-tez va intensiv ravishda yuzaga kelishiga qarab aniqlash mumkin. Xavotirlanish holati yorqin ifodalangan shaxs atrofimizni o`rab turgan dunyoni xavf-xatar, qo`rqinch, tahlika tariqasida idrok qilishiga moyilik bo`ladi. Emotsional holatga o`tuvchi xavotirla nish bilan shaxsning nisbatan barqaror xislati sifatidagi xavotirlanish o`rtasida konseptual farq mavjud. Bunday farqni Kettall va Sheyer (1961) ham o`z tadqiqotlarida aniqlab bergan edilar. Hozirgi davrgacha muommoning ushbu tomoniga yanada ko`proq e’tibor qaratib kelinmoqda. Xavotirlanishni holat hamda xususiyatga ajratish Kettall va Spilberger ishlarida yaqqol aks ettirilgan. Ushbu muammo I.G.Serazan ishlarida ham markaziy o`rinlardan birini egallaydi. Olimning fikricha bilimlarni nazorat qilish jarayonida namoyon bo`ladigan xavotirlanish bunday vaziyatda shaxsning xavotirni his qilish moyilligi kabi individual farqda o`z aksini topadi. Xavotirni holat va xususiyatga ajratish Bekning stressga nisbatan sezgirlik kabi shaxs xislati psixosamatik simptomlarining rivojlanishida muhim omil ekanligi haqidagi taxminida ham kuzatiladi. Bekning takidlashicha, xavotirlanish holati bilan bog`liq bo`lgan psixofiziologik buzilishlarning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Demak, ko`pchilik tadqiqodchilar aynan stress xavotirlanish holatini yuzaga keltiradi deb hisoblaydilar. Bundan tashqari xavotir va boshqa emotsional holatlarining faollashuvida kognetiv omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega. Xavotirlanish holatining yuzaga kelishidan xavfni kognetiv baholash birlamchi bo`g`in hisoblansa, xavfni kognetiv tarzda ortiqcha baholash bunday holatlarning intensivligi hamda vaqt jihatidan barqarorligini baholaydi Stress - xavfni idrok qilish xavotir holati. Vujudga kelgan xavotirlanish stress vaziyatlarini ortiqcha baholash jarayoni bilan kechadi. Vaziyatni ortiqcha baholash esa stress kechinmalarini yumshatish imkonini beruvchi muayyan mexanizmlarni tanlashga yordam beradi. Shuningdek, u xavotirlanishni hosil qiluvchi shaxsni vaziyat chegarasidan tashqariga chiqish, undan qochish mexanizmlarini faollashtiradi. Agar stressdan qochish yoki uni bartaraf etish imkoni mavjud bo`lmasa, xavotirlanish holatini kamaytirish vazifasini bajaruvchi psixologik himoya mexanizmlari ishga tushadi. Bu mexanizmning tarkibiy qismlari yengish, inkor etish proektsiya va shu kabilar xavotirni keltirib chiqaruvchi idrok etishini buzub ko’rsatadi. Xavotirlanish holati reaktsiyalarining quyidagi yo’nalishlarini hosil qiladi. Xavotirlanish holati kognetiv ortiqcha baholash himoya mexanizmlari. Psixolog Z.Freyd bo`yicha ob’yektiv havotir tushunchasi o`z ichiga tashqi dunyodagi xavfning real vaziyatini qamrab oladi. Bu vaziyat shaxs tomonidan tahlika xavf-xatardek idrok etiladi. Xavfni idrok etish esa, emotsional reaksiya hosil qiladi. Nevrotik xavotir obyektiv xavotirdan shu bilan farq qiladiki, xavfxatar manbai tashqi dunyoda emas, balki shaxsning o`zida, uning ichki dunyosida mavjud bo`ladi. Freydning ta’kidlashicha, bu xavf-xatar manbai bolalikda boshdan kechirilgan agressiv mayllardir. Xavotirlanishni jarayon sifatida tavsiflashda nafaqat stress va xavotir holatini aniq farqlang, shu bilan birga tahlika xavf-xatar tushunchasini psixologik reallik sifatida qarash ham ahamiyatlidir. Xavotir tushunchasi stress reaksiyalarini keltirib chiqaruvchi stimul sharoitlarni, emotsional reaksiyalarni hosil qiluvchi omillar, shuningdek, motor harakat o`zgarishlar bilan o`zaro munosabatini belgilash uchun qo’llanilishi lozim. Y.L.Xanin “stress” terminini muayyan vaziyatda qo`zg`atuvchining xususiyati bilan bog`liq bo`lgan obyektiv xavfning kuchli yoki uning tarqalish darajasini ifodalash uchun qo’llashni taklif etadi. “Stress” termini faqat muayyan psixologik va jismoniy xavf darajasi bilan xarakterlanuvchi atrof muhit sharoitlarini ifodalashda foydalaniladi. Obyektiv ravishda stress holatidek qabul qilinadigan sharoitlar ko`pchilik kishilar tomonidan tahlika xavf-xatar tarzida baholanadi. Bu vaziyatning subyektiv baholanishiga bog`liq bo`ladi. Ba’zida stress holatiga tegishli bo`lmagan vaziyatlar subyekt tomonidan tahlika xavf deb baholanishi mumkin. Stress tushunchasiga qarama-qarshi tahlika terminini shaxs tomonidan jismoniy yoki psixolgik xavf vaziyatini sub’ektiv baxolashda qo’llanilishi lozim. Vaziyatni tahlika xavf-xatar tariqasida baholash shaxsning individual xususiya tlari, qobiliyatlari, malakalar shaxs xislatlariga, shuningdek, o`xshash vaziyatlardagi holatini boshdan kechirish shaxsiy tajribasiga bog`liqdir. Xavotirlanish holati ko`proq mehnatning u yoki bu turlariga insonning yaroqliligining muayyan taraflarida ko`rinadigan bir omil hisoblanadi va uning qurshagan atrof voqeliklari tez o`zgaruvchan sharoitga moslashishida katta rol o`ynaydi. Bizning nazarimizda xavotirlanish holatining o`rganilish zarurati shundaki, kasb tanlash inson hayotida ahamiyatli bosqich hisoblanadi. Ushbu tanlashning to`g`riligi faqatgani shaxsning jismoniy sifatlari munosibligi bilangina emas, balki uning psixik xususiyatlari bilan aniqlanadi. Kasb tanlash holatining o`zi havotirlanish holatini keltirishi mumkin. Uning noto`g`ri tanlanganligi-insonning shaxsiy qobiliyatlari va sifatlariga nomunosibligi ushbu kasbning o`zlashtirilishida to`siq bo`ladi, kasbning uzoq muddatda egallanishi yoki uning o`zgarishida jamiyatga olib keladigan iqtisodiy zarar haqida aytilganda, ayrim holatlarda nevrotik buzilishlarga olib keladi. Taxminimizcha, havotirlanish - bu haydovchilik, harbiy va boshqa bir qancha kasblarga moslashishda asosiy faktorlardan biri hisoblanadi. Xavotirlanish holati asosan ishchining xulq atvorida, stress vaziyatlarda uning mehnat faoliyati va eksperimental sharoiti natijasida hikoya qilinadi. Xavotirlanish muammosini yechishda ikkiga bo`linib o`rganiladi. - xavotirlanish muammosini qamrab olish, uni yomon holatlardan oldini olish; - xavotirlanishni yo’q qilish. Xavotirlanishni oldini olish va korreksiya qilish 3 bosqichda amalga oshiriladi. 17 1. O`quvchiga o`zining hayajonini yashirishni, xavotirlanishni boshqarish bo`yicha harakat va metodlarni o`rganish. 2. O`quvchining funksional va operatsional imkoniyatlarini kengaytirish, undagi kerakli bilim, ko`nikmalarni shakllantirish. 3. O`quvchining shaxs xususiyatlarini qayta qurish, birinchi navbatda o`zo`ziga baho va motivatsiyasini o`zgartirish. Bir vaqtning o`zida o`quvchining otaonasi, o`qituvchilari bilan ham ish olib borish kerak, chunki ular ham korreksiyani o`zlariga tegishli qismini amalga oshirish uchun zarur. Xavotirlanishni korreksiya qilish usullari: Xavotirlanish belgilarini qayta interpritatsiya qilish. Ko`pincha o`quvchilarda xavotirlanishni birinchi belgilari namoyon bo`ladi. Insonning nimadir qilishga tayyor bo`lishi belgilari foydaliligini ularga tushuntirish kerak. Bu mashqlar o`quvchiga “aylanma g`ildirakdan chiqib ketishiga” yordam beradi. “Aniq emotsional holatga yo’llash”. O`quvchiga xayolan xavotirlanishi, his-hayajonini, emotsional holatini bitta musiqa yoki rang, peyzaj, qandaydir imo-ishora bilan bog`lash taklif qilinadi. Xotirjam, o`zini bo`sh ushlashni-boshqa musiqa bilan, ishonch, yengib chiqishni uchinchi musiqa bilan bog`lash taklif qilinadi. Qattiq hayajonda birinchisini, keyin ikkinchisini va oxirida uchinchi musiqani takror eslash tavsiya etiladi. 1. “Yoqimli xotiralar”. O`quvchiga butunlay tinch holatda bo`lgan vaqti bo`shashganlikni, ko`proq his qilishini tavsiya etiladi. 2. “Rollarni ishlatish”. Qiyin vaziyatda o`quvchiga taqlid uchun obrazni, masalan taniqli aktyor roliga kirishi va uning obraziga tushishni xayol qilishi tavsiya etiladi. Bu usul o`spirinlarga mos keladi. 3. Ovoz va imo-ishoralarni nazorat qilish. O`quvchiga qanday qilib ovoz yoki imo-ishoradan insonni emotsional holatini aniqlash mumkinligi tushuntiriladi. Ishonchli tovush va tinch imo-ishora insonni tinchlantirishi va unga ishonch berishi aytib o`tiladi. Bunda oyna oldida, tomoshabinlar oldida mashq qilish samara beradi. 4. “Kulish”. Yuz mushaklarini nazorat qilishni o`rgatish. O`quvchiga yuz 18 mushaklarini bo`shashtiruvchi bir qator mashqlar beriladi va nerv mushak zo`riqishdagi kulishning ahamiyati tushuntiriladi. 5. “Nafas”. Ritmik nafas olishning ahamiyati tushuntiriladi va nafas olish orqali zo`riqishni qoldirish mumkinligi ta’kidlanadi. M:nafas olishni nafas chiqarishga qaraganda 2 marta uzunroq, qattiq zo`riqish holatida chuqur nafas chiqarishni 2 marta uzunroq va undanda kuchli zo`riqishda chuqur nafas chiqarib nafasni 20-30 sekun d ushlab turish. 6. “Repititsiya”. Psixolog o`quvchida xavotirni keltirib chiqaradigan holatni yuzaga keltiradi. M: O`quvchi doska oldida javob bermoqda, psixolog esa jahldor o`qituvchining rolini ijro etadi va bu holatni kuzatadi. Psixolog rollarni ijro etayotganida bolani ogoh qilmay birdaniga gapirish ohangi, harakatlarini o`zgartirishi mumkin. Be’mani holatga olib kelish. Psixolog bilan muhokamada va boshqa tinch holatida o`quvchiga qattiq hayajon qo`rquvni o`ynash taklif qilinadi. Topshiriqni qayta bayon qilish. Xavotirlangan odamlar biron bir faoliyatni bajarish uchungina emas, balki tashqi tomondan ko`rinishi uchun ham xavotirlanishadi. Shu bilan ularga o`z xulqatvori maqsadini bayon qilishga o`rgatish lozim. O`zidan butunlay chalg`ib, m: doska oldida javob berayotib “Men yerning tortishish qonuni to`g`risida gapirish o`rniga men qanday qilib bo`lsa ham javob berishim kerak, men 5 olishim kerak” degan iboralar bilan almashtiriladi. Oldindagi qiyin sinovlarga bardosh berishni o`quvchiga o`rgatish kerak. Bu va boshqa usullar “ochiq xavotirlanish” sezadiganlar uchun ko`p natija beradi. O`quvchilar bilan ishlashda xavotirlanishning yashirin formasi uchraydi. (ko`pchilik bunday o`quvchilar men xavotirlanmayman deyishadi, ammo ular har doim omadsizlikni boshidan kechiradilar va boshqa odamlarning muomalasini ko`taradi.) Download 156.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling