Karimova rovshana ismoil qizi


Download 85.11 Kb.
bet7/22
Sana29.04.2023
Hajmi85.11 Kb.
#1400600
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Markaziy Nodavlat radio kanallarining informatsion dasturlarni qiyosiy1

Yutuqlari 
Radiokanal ijodiy jamoasining mashaqqatli mehnati munosib e’tirof etilib kelinayapti. Keyingi o`n yilda ichida tajribali jurnalistlar Anvar Abduvaliev va Ahmadjon Buzrukov, Sultonposhsha Yoqubovalar «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan jurnalist», taniqli radio rejissyori Gulchehra G`iyosova «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi» unvonlariga sazovor bo`lishdi. Ustoz jurnalistlar Mahkam Rixsiev, Tal’at Soliev, Muxtor Murodovlar «Mehnat shuhrati», Muattar Usmonova «Sog`lom avlod uchun», Viktor Rudakov, taniqli diktor Ernazar Yorbekovlar «Do`stlik» ordenlari bilan taqdirlandi.
Radiokanal ijodkorlari orasida turli ijodiy tanlovlarning g`olib va sovrindorlari ham bor. Sharofiddin To`laganov, Azim Po`latov, Shuhrat Suyunov, Shohida Abdualimova, Gulbahor Davirova, Davlatmurod Mo`minov, Mavjuda Oppoqxo`jaeva, Obidjon Berdaliev, Saida Zokirova, Sahobiddin Xo`janovlar «Oltin qalam» milliy mukofoti tanlovi g`olib va sovrindorlaridir.
Iste’dodli jurnalistlar Rohila Yusupova, Hamidulla Qarchig`aev, Nozima Toshpo`latova kabi jurnalistlarimiz «Yilning eng faol jurnalisti» tanlovida birinchi o`rinni egallashgan. Tajribali jurnalist Berdirahmat To`xliev «Eng ulug`, eng aziz» tanlovi g`olibi bo`lgan.
Radiojurnalistlar Sayyora Alaberdieva, O`rol Pardaev, Parda Xolmatova, Feruza Siddiqova, Nilufar Po`latova, Abduxoliq Marayimovlar, radio rejissyorlar O`tkir Toshmurodov, Sadriddin Muhiddinovlar O`zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «MTRK SOVRINI» an’anaviy ko`rik-tanlovi g`olibligini qo`lga kiritishgan.
Shuningdek, radiokanalda faoliyat yuritayotgan yoshlar ham qator yutuqlarni erishayapti. Yosh jurnalistlar Jamshid Rasulov, Dilshoda Hamdamovalar «Yilning eng faol yosh jurnalisti» tanlovi g`oliblaridir.
Maqsadi va asosiy vazifalari
Hozirda «O`zbekiston» radiokanali dasturlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 8 noyabrdagi «Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmonida belgilab berilgan ustivor vazifalarni izchil bajarish, mamlakat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy hayotida ro`y berayotgan muhim voqealarni yoritish va tahlil qilishga, huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyatini shakllantirishga, aholining ta’lim va madaniy saviyasini oshirishga, milliy an’analarni, tarixiy va ma’naviy merosni saqlab qolishga, yoshlar va o`sib kelayotgan avlodni vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yo`naltirilgan.
Radiokanal eshittirishlari informatsion- tahliliy, ijtimoiy-siyosiy- iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy-badiiy, ko`ngilochar-musiqiy-dam olish yo`nalishlaridan tarkib topgan.
Ijodiy jamoa izchil ravishda ushbu yo`nalishdagi eshittirishlarning professional va badiiy saviyasini izchil oshirib bormoqda.
Radiodasturlar internet tarmog`i orqali on-layn tizimida dunyoga tarqatiladi.

Download 85.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling