Kariyer ekskavatori elektr yuritgichi tizimlarini modernizatsiya qilishning samaradorliligi


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES


Download 260.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana29.03.2023
Hajmi260.33 Kb.
#1307414
1   2   3   4   5
Bog'liq
kariyer-ekskavatori-elektr-yuritgichi-tizimlarini-modernizatsiya-qilishning-samaradorliligi

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 6 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-6-1023-1027 
Academic Research, Uzbekistan 1024 www.ares.uz 
KIRISH 
Rivojlanib borayotgan mamlakatimizda kundan kunga yangi loyihalar hayotga 
tadbiq etilmoqda, ular orasida energiya resurslaridan tejamkorona foydalanish, ishlab 
chiqarish jarayonlariga energiya tejamkor uskunalarni tadbiq etish loyihalari katta 
ahamiyat kasb etgani holda, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda hamda ishlab 
chiqarish sifatini oshirib, yangi bosqichga olib chiqishda katta ahamiyat kasb etadi. 
Energiya tejamkor uskunalardan foydalanish energiyani tejash bilan bir qatorda 
ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini 
oshirib uning tannarxining arzon bo’lishiga ham asos bo’lib hizmat qiladi. Energiya 
tejamkor uskunalarni tadbiq etish loyihasini eng katta ishlab chiqarish tarmog’i 
hisoblangan sanoat korxonalariga tadbiq etish hamda u yerda qo’llaniladigan katta 
quvvatli uskuna va mexanizmlarni energiya tejamkor elektr qurilmalari bilan 
johozlash juda katta iqtisodiy samaradorlikka erishishga hizmat qiladi. Jumladan kon 
sanoat 
mashinalari 
ichida 
eng keng miqyosda qo’llaniladigan kariyer 
ekskavatorlarining elektr yuritmalarini energiya tejamkor qurilmalar bilan 
almashtirish va avtomatlashtirish orqali katta miqdordagi energiya tejamkorligiga 
hamda ishlash samaradorligini sezilarli oshirishga erishish mumkin.
 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish borasida amalga 
oshirilayotgan ishlarning qay darajada muhim iqtisodiy asosga ega ekanligini ushbu 
sohaga doir chiqarilgan prezident farmonlari orqali ham bilish mumkin. Jumladan 
O’zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2020-yil 19-iyunda imzolangan 
“Energiyadan oqilona foydalanish to’g’risida”gi O’RQ-628 sonli qarori bunga yorqin 
misol bo’la oladi. [1] 
Hozirda kon sharoitida qo’llaniladigan kariyer ekskavatorlarining ko’p qismi 
elektromexanik o’zgartkichli tizimda ishlaydi, bu uning foydali ish koeffitsenti past 
bo’lishiga hamda mexanik ishqalanish kuchliligi sababli mexanizmning ish muddati 
kam bo’lishiga va ta’mirlash harajatlarining oshishiga sabab bo’ladi. Bundan 
tashqari qurilma juda murakkab tuzilgan bo’lib uning ishlash tamoyili zamonaviy 
energiya resurslaridan foydalanish standartlariga mutlaqo mos kelmaydi. 
Ekskavatorning elektromexanik o’zgartgichli tizimida tarmoqdan qabul qilinayotgan 
elektr energiyasi dastlab mexanik energiyaga so’ng yana o’zgarmas tarkibdagi elektr 
energiyasiga aylantiriladi[2]. Bu jarayonda ishtirok etayotgan elektromexanik 
qurilmalarning qizishi, mexanik yo’qotilish, uzatmalardagi isrof hamda qo’shimcha 
qarshiliklardagi energiya isroflarini inobatga oladigan bo’lsak bu tizimning foydali 



Download 260.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling