Mavzu №7 elektr qizitish qurilmalari va elektr isitish. Elektr kaloriferi, elektr isitish qurilmalari, elektr quritgich va boshqalar reja
Download 161.95 Kb.
|
Mavzu №7 elektr qizitish qurilmalari va elektr isitish. Elektr k
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr kaloriferi
MAVZU №7 ELEKTR QIZITISH QURILMALARI VA ELEKTR ISITISH. ELEKTR KALORIFERI, ELEKTR ISITISH QURILMALARI, ELEKTR QURITGICH VA BOSHQALAR Reja: 1. Elektr qizitish qurilmalari. 2. Elektr kaloriferi. 3. Quvurlarni isitish, beton va tuproqni qizdirish qurilmalari. Elektr isitish qurilmalari quyidagilarda qo‘llaniladi: bo‘yalgan, shimdirilgan mahsulotlarni quritish; qurilish ishlaridagi xonalarni quritish; turli texnologik maqsadlar uchun gazlarni isitish; xonalarni isitish; plastik va yopishqoq materiallar bilan suyuqlikli konteynerlarni isitish, shuningdek qattiq jismlar va qurilmalarni isitish uchun - presslar, o‘ramlar; texnologik quvurlarni isitish; betonlarni, tuproq va yo‘l qoplamalarini isitish. Elektr isitish va elektr bilan isitishda turli xil elektr isitish moslamalaridan foydalaniladi. Bularga elektr isitgichlar, fenlar, turli radiatsion isitish asboblari, elektr qozonlari, elektr issiqlik saqlash qurilmalari, betonni isitish, yo‘l yuzalari va boshqalar kiradi. Elektr kaloriferi (elektr isitgich). Bu elektr isitiuvchi aparat bo‘lib, isituvchi element va vintilatordan iborat. Ular havo va turli gazlarni texnologik jarayonlarda isitish uchun mo‘ljallangan. Intensiv issiqlik almashinuvini ta’minlovchi majburiy konveksiyali elektr isitgichlar erkin konvektiv usuli bilan elektr isitish qurilmalarining sirtlariga nisbatan bir necha marta kam isitish yuzasiga ega. Qizdirish elementlarining yuqori bo‘lmagan temperaturalarida (500 K) isitgichlarda izolyatorlarga osilgan ochiq simli spiral ishlatiladi. Bunday isitgichlar katta bo‘lmagan gidravlik qarshilikka ega. Isitgichlarda rivojlangan isitish yuzasiga ega bo‘lgan oddiy va qovurg‘ali quvurli elektr isitgichlardan qo‘llaniladi. Quvurli qovurg‘ali isitgichli isitgich havoni isitish, shamollatish, sun’iy iqlim tizimlarida va quritish qurilmalarida 400 K gacha havoni isitish uchun mo‘ljallangan. Korpus va quvurli isitish elementlaridan tashkil topgan. CHiquvchi havoning belgilangan harorati avtomatik ravishda isitgichdan havo chiqishida datchiklari o‘rnatilgan elektr kontaktli termometrlar bilan saqlanadi. Havoni yuqori haroratga (1200 K) qizdirish uchun metall quvurlar shaklidagi qizdirish elementlari bo‘lgan isitgichdan foydalaniladi; havo ularning ichida o‘tib qizdiriladi. Quvurlar orasidagi bo‘shliqni sopol bloklari bilan to‘ldiriladi. Alohida quvurlar oxirgi uchastkalarda bir-biriga ulanadi. Download 161.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling